Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
to‘rtinchi bo‘lim – “Ekologiya sohasidagi jinoyatlar” uchun Jinoyat
kodeksi Maxsus qismida birinchi marta alohida bir bo‘limda javobgarlik belgilandi. Buni esa Jinoyat kodeksimizning alohida sifat belgisi deyishimiz mumkin. Bu bo‘lim quyidagi tartibda tashkil topgan: atrof- 1 Якубов А.с Предпосылки уголовно-правовой реформы в Республики Узбекистан Т., 1994. С.-47 54 muxitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar (14 bob); beshinchi bo‘lim – “Xokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar” boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (15 bob), odil sudlovga qarshi jinoyatlar (16 bob); oltinchi bo‘lim - “Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar” jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (17 bob), transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (18 bob), giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar (19 bob), jamot tartibiga qarshi jinoyatlar (20 bob); yettinchi bo‘lim – “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar” bo‘ysunish va harbiy shaxsga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar (21 bob), harbiy xizmat o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar (22 bob), harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar (23 bob), harbiy mansabdorlik jinoyatlari (24 bob); sakkizinchi bo‘lim - «Atamalarning huquqiy manosi»da ayrim kiritilgan atamalarning huquqiy ma’nosi ochib berilgan. Maxsus qism moddalari «xususiy moddalar» deb ham nomlanadi. Chunki ularda ko‘zda tutilgan jinoyat turlarining belgilari va unga muvofiq jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanadigan jazo choralari ham o‘z aksini topgan. Maxsus qism normalari – ijtimoiy xavfli qilmishning belgilarining ifodalanuvchi dispozitsiya, jazani turi va o‘lchamini belgilovchi sanksiyadan iborat. Dispozitsiyada alohida jinoyatlar va shu jinoyatlarning ta’rifi beriladi. Jinoyat huquqiy normalarda dispozitsiyaning quyidagi to‘rt turi: oddiy, tasvirlov, blanket va havolaki dispozitsiya nazarda tutiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling