Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- SANKSIYA Nisbiy muayyan Mutloq muayyan Alternativ Havolaki
- Kumulyativ sanksidaya
Havolaki sanksiya jazoning turi va miqdorini aniqlamasdan,
kodeksning boshqa moddasi sanksiyasini qo‘llash lozimligini ko‘rsatadi. Amaldagi Jinoyat kodeksida sanksiyaning bu turi mavjud emas. NOTA BENE! Sanksiya – Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan jinoyat uchun belgilangan jazo turi va SANKSIYA Nisbiy muayyan Mutloq muayyan Alternativ Havolaki 57 miqdorini belgilovchi qismi; sanksiyaning og‘irligiga qarab turli jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasini taqqoslash mumkin. Mutlaq mayyan sanksiyada bitta jazo chorasi ko‘rsatilgan sanksiya bo‘lib, unda jozoning turi va aniq miqdori ko‘satiladi. Ko‘pchilik davlatlarning Jinoyat kodeksida ushbu sanksiya turi mavjud emas, xususan bizning Jinoyat kodeksimizda ham. Kumulyativ sanksidaya asosiy jazo chorasi bilan birga qo‘shimcha jinoyat huquqiy ta’sir chorasi ham belgilanadi. Masalan, O‘zR Jinoyat kodeksi 266-moddasida “Transport vositalarining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish” uchun muayyan huquqdan mahrum qilish hamda ozodlikdan mahrum etish sanksiyalari belgilangan. Sanksiyaning yuqoridagi turlarini belgilanishi sudga qaysi jazo turini belgilashni va uning miqdori qanday bo‘lishini ko‘rsatib beradi. Sanksiyaning tuzilishi dispozitsiyaning xususiyatiga bog‘liq: jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, jazo ham shuncha og‘ir bo‘ladi; aniq bir jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi qancha yuqori bo‘lsa, sanksiyaning doirasi ham shuncha keng bo‘ladi. Jinoyat huquqiy norma davlat organi orqali taminlanadigan, uning qoidalari buzilgan hollarda jinoiy javobgarlikka tortish va jazo chorasini qo‘llash holatini vujudga keltiruvchi jinoyat qonuni bilan belgilangan yurish-turish qoidasidir. Jinoyat huquqiy normani jinoyat qonuni moddasidan farqlash lozim. Jinoyat qonuni normasi – bu yurish-turish qoidasi, jinoyat qonuni moddasi esa- bu uning ifodalanish shakli. Jinoyat huquqi normasi faqat jinoyat qonuni bilan belgilanadi, huquqqa xiloflilik ta’qiqlangan ijtimoiy xavfli qilmishning huquqiy ifodasi hisoblanadi. Jinoyat huquqi normasi har doim muayyan yurish-turish qoidasini belgilaydi: odam o‘ldirmaslik, o‘g‘irlik qilmaslik kabilar. Qonunda bu talablarning qo‘yilganligi shaxslarning ijtimoiy xayotda turli vaziyatlarda qanday harakat qilishi kerakligini belgilaydi. Jinoyat qonunining ixtisoslashtirilishi birinchidan, boshqa huquq sohalaridan farqli ravishda ijtimoiy munosabatlarni himoya qilish orqali tartibga solinadi, ikkinchidan, jinoyat huquqi sanksiyasiga ko‘ra boshqa huquq sohalarida mavjud bo‘lmagan javobgarlik va davlatning majburlov chorasi bo‘lgan jazoni qo‘llaniladi. Jinoyat huquqi normasi barcha fuqarolarga yoxud muayyan doiradagi shaxslar (mansabdar shaxslarga, harbiy xizmatchilar)ga nisbatan qo‘llaniladi. 58 Jinoyat qonunining amal qilishi u qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlanadi. Xuddi shu paytdan boshlab jinoyat qonunining tartibga soluvchi funksiyasi harakatga keladi. Jinoyat Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling