59
ahamiyatga egadir.
Bu sharhlash autentik sharhlash deb ham yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi shunday vakolatga ega bo‘lgan
organdir. Qonunni sharhlashning bu turi qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
Bunday sharhlash yangi qonunni vujudga keltirmaydi, balki,
amaldagi
qonunlarni tushuntiradi.
Sud tomonidan yoki kazual sharhlash sud tomonidan aniq bir jinoiy
ishni ko‘rishda amalga oshiriladi va shu ish
uchun majburiy ahamiyatga
ega bo‘ladi. Sud tomonidan qonunni sharhlashga O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Sudi Plenumining qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi
qarorlarini misol keltirishimiz mumkin. Oliy Sud Plenumi sudlov
amaliyotini o‘rganish va
umumlashtirish natijasida, shuningdek, sud
idoralarining, prokuratura va boshqa qonunni qo‘llaydigan idoralarning
so‘rovlariga javob sifatida ham u yoki bu
qonuni tushunish va tadbiq
etishning to‘g‘riligiga oid tushuntirishlar berishga xaqlidir. Bu
ko‘rsatmalar ularni qo‘llovchi organlar uchun majburiy hisoblanadi.
Masalan, “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”, “Kontrabanda va
bojxona qoidalarini buzish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
xaqida” gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi
Plenumi qarorlari ham sud
sharhi hisoblanadi. Bu sharhlash
normativ sharhlash deb ham yuritiladi.
Ilmiy yoki doktrinal sharhlash ilmiy
muassasalar, huquqshunos
olimlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari tomonidan
qonunga berilgan sharhlardir. Ushbu sharhlash turini biz ilmiy
maqolalarda, monografiyalarda uchratishimiz mumkin.
Doktrinal
sharhlash majburiy bo‘lmasada, lekin jinoyat qonunini to‘g‘ri tushunish va
to‘g‘ri qo‘llashda muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga u
qonunchilikni
takomillashtirish, fanning taraqqiyotiga hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: