Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
5.
Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 13–moddasi 1-qismiga ko‘ra qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan paytda amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanadi. Jinoyat qonunini vaqt bo‘yicha amal qilishini to‘g‘ri belgilash quyidagi: a) qonunning amal qilish vaqtini aniqlash zarurligi; 68 b) jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash kabi shartlarga asoslanishi kerak. Amalga kiritilgan va o‘z kuchini yo‘qotmagan qonun amalda deb hisoblanadi. Har bir aniq holatda jinoyat sodir etilgan paytda amaldagi jinoyat qonuni kuchga kirganligini aniqlash muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlarini qabul qilish va ularni kuchga kirishi, amalda bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasining “Qonun loyihalarining umumhalq muhokamasi to‘g‘risida”gi va “Normativ- huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining “Qonun loyihalarining umumhalq muhokamasi to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra qonun loyihalarini umumhalq muxoqamasiga qo‘yish tashabbusi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan organlar va shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo‘mitalari va komissiyalariga tegishlidir. Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi. Qonun loyihalari umumhalq muhokamasi uchun umumhalq muhokamasiga qo‘yish xaqida qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay “Halq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida elon qilinadi. Ular maxsus nashrlarda va ommaviy axborot vositalarida ham chop etilishi mumkin. Qonun loyihasining umumhalq muhokamasi ixtiyoriylik, tenglik, oshkoralik, hamma uchun ochiqlik va erkin fikr bildirish prinsiplari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunining 26-moddasiga ko‘ra:“O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, shuningdek,, mahalliy davlat xokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasman elon qilingandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi”. Normativ huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Hammaning e’tibori uchun elon qilinmagan qonun asosida hech kim sudlanishi, jazoga tartilishi yoki mol-mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, «Halq so‘zi» va «Norodnoye slova» gazetalari, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari elon qilinadigan rasmiy manbaalar hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqa izoh berilmagan bo‘lsa, muddatsiz amal qiladi. Qonun amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun 69 belgilanishi mumkin. Bunday holda hujjat (yoki uning qismi) qaysi muddatga yoki qanday xodisa yuz bergunga qadar o‘z kuchini saqlab qolishi ko‘rsatilishi zarur. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga yoki xodisa yuz berguniga qadar hujjatning amal qilishini yangi muddatga, boshqa xodisa yuz bergunga qadar uzaytirish to‘g‘risida yoki hujjatga muddatsiz tus berish xaqida qaror qabul qilishi mumkin. Normativ huquqiy-hujjat (qismi)ning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: • normativ huquqiy-hujjat (qismi) mo‘ljallangan muddat tugaganda yoki hodisa boshlanganida; • normativ huquqiy-hujjat (qismi) qonunda belgilangan tartibda konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilganida; • normativ huquqiy-hujjat (qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganida; • normativ huquqiy-hujjat (qismi) qonunda nazarda tutilgan hollarda bekor qilinganida. Jinoyat kodeksi 13-moddasi 1-qismida harakat yoki harakatsizlikning sodir qilish vaqti jinoyat tomomlangan vaqt deb hisoblangan bo‘lsa, ijtimoiy qilmish bajarilgan vaqt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Bu qoida formal tarkibli jinoyatlarga nisbatan amal qiladi. Agar Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan deb hisoblangan bo‘lsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi. Bu qoida esa moddiy tarkibli jinoyatlarga nisbatan amal qiladi. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar (masalan, dizertirlik) uning to‘xtatilishi, ya’ni jinoyatchining ushlanishi bilan tamom bo‘lgan hisoblanadi. Davomli jinoyatlar (masalan, qalbaki hujjatdan foydalanib bir necha marta davlat yoki jamoat mulkini talon taroj qilish) oxirgi marotaba sodir qilingan jinoiy harakat amalga oshirilgan vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi. Demak, davomli jinoyatlar uchun javobgarlik jinoyat to‘xtatilgan yoki oxirgi jinoyatlarning tamom bo‘lgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun asosida hal qilinadi. Ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyatlar bajaruvchi jinoyatning obyektiv tomonini bajargan vaqtidan boshlab tugallangan hisoblanadi O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunining 27-moddasiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganligidan keyin 70 yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan tadbiq etiladi. Qonun, u amalga kiritilgunga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan, agar bu hollar qonunda bevosita nazarda tutilgan bo‘lsa, tadbiq etilishi mumkin. Agar qonun xatti-harakatlar sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab bo‘lmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab bo‘lgan xatti-harakatlar uchun jismoniy shaxslarning javobgarligini belgilash yoki kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud jismoniy shaxslarga moddiy zarar keltirsa, bunday qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas. Jinoyat kodeksi 13-moddasi 2-qismida jinoyat qonunini orqaga qaytish kuchi tushunchasi va prinsipi ifodalangan. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling