Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Uzoqqa cho‘zilgan, davomli, murakkab tarkibli jinoyatlar sodir
etilgan joyni aniqlash ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular bir necha davlat hududlarida bajarilgan hollarda paydo bo‘ladi. Jinoyat kodeksining 11-moddasi 2-qismi “g” bandiga muvofiq agar O‘zbekiston hududida boshqa qilmishlar bilan qo‘shilib yoki muqobil ravishda yagona murakkab jinoyatni vujudga keltirgan harakatlarning faqat bir qismi bajarilgan, boshlangan, tugatilgan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa, u holda jinoyat O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan deb hisoblanishi lozim. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning joyini aniqlashda bajaruvchining jinoiy xatti-harakatni amalga oshirgan joyi inobatga olinishi kerak. Shu boisdan agar tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirgan, ayni paytda bajaruvchi muayyan jinoyat tartibini qisman yoki to‘la O‘zbekiston hududida bajargan bo‘lsa, u holda, bunday jinoyatni sodir etilgan joyi O‘zbekiston Respublikasi deb topilib, barcha jinoyat ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuninag binoan javobgar qilinishi lozim. Tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi o‘z vazifalarini O‘zbekiston hududida bajargan bo‘lsa-yu, lekin, bajaruvchi 65 jinoyatni mazkur hududdan tashqarida sodir etgan hollarda ham masala xuddi shunday hal qilinadi. Jinoyat kodeksi 11-moddasi 4-qismiga muvofiq, shuningdek, “Chet el davlatlarining diplomatik va konsullik vakolatxanalari to‘grisida”gi Nizomga ko‘ra, quyidagilar jinoyat yurisdiksiyasidan, ya’ni shaxsiy immunitetdan foydalanadilar va daxlsiz hisoblanadilar: 1) diplomatik vakolatxonalar boshliqlari (elchi, ishonchli vakil); 2) maslahatchilar; 3) savdo vakillari va ularning o‘rinbosarlari; 4) harbiy-dengiz va harbiy havo attashelari; 5) sekretar–arxivariuslar; 6) ularning oila a’zolari va ular bilan birga yashovchilar. O‘zbekiston Respublikasida jinoiy yurisdiksiyadan cheklangan darajada konsullik xizmatidagi mansabdor shaxslar, diplomatik vakolarxonalar xodimlari, shuningdek, halqaro tashkilotlarning vakillari va mansabdor shaxslari, parlament va hukumat delegatsiyalarining azolari foydalanadilar. Hududiy daxlsizlik huquqidan foydalanuvchi shaxslar doirasi manfaatdor taraflarning kelishuviga muvofiq kengaytirilishi mumkin. Hududiy daxlsizlik huquqi shuningdek,, diplomatik vakolatxonalarning hududi, xizmat va turar joylariga ham taalluqli hisoblanadi. Ammo bu huquq diplomatik vakillik funksiyalardan g‘araz maqsadlarda foydalanish huquqini bermaydi. Jinoyat kodeksining 12-moddasi jinoyat qonunida nazarda tutilgan Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling