Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

fuqarolik prinsipiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilinishi 
belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar 
to‘g‘risida»gi qonunining 29-moddasiga ko‘ra normativ-huquqiy 
hujjatlarning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik 
shaxslarga, agar O‘zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida 
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslarga, chet el fuqarolariga 
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tadbiq etiladi.
Fuqarolik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
hududiylik prinsipi bo‘yicha amal qilishini to‘ldiruvchi va rivojlantiruvchi 
prinsip hisoblanadi.
Fuqarolik prinsipiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar respublika hududidan tashqarida jinoyat sodir etganda 


66 
ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan javobgarlikka 
tortiladi. Buning uchun ular o‘sha davlat sudining hukmi bilan 
javobgarlikka tortilmagan bo‘lishlari lozim. 
Jinoyat kodeksi 12-moddasi 3-qismida jinoyat qonunining hudud 
bo‘yicha amal qilishi universallik prinsipiga asoslanishini belgilab 
qo‘yilgan. Unga ko‘ra chet el fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston 
hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 
O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat 
halqaro shartnomalar va bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina 
O‘zbekiton Respublikasi Jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka 
tortiladilar.
Jinoyat kodeksi 12-moddasi 1-qismida qator shartlar mavjud. Bu 
shartlar fuqarolik prinsipining quyidagi elementlarini ifodalaydi: 
1) alohida belgilangan subyektiv tarkib; 
2) ushbu prinsipning amal qilish hududi; 
3) jinoiy javobgarlikka tortish asosi
4) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq 
javobgarlikka tortishni istisno qiluvchi holatlar. 
Fuqarolik prinsipi subyektiv tarkibning belgisi jinoyat qonunining 
qonunda ko‘rsatilgan shaxslar toifasiga, yani respublika fuqarolari va 
respublika hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 
nisbatan amal qilishini anglatadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling