NOTA BENE!
Biror qilmishni sodir etgan shaxs uchun yangi qonuni kuchga kirguniga
qadar, shuningdek, jazoni o‘tayotgan va o‘tab to‘rganlar uchun ayni
vaqtda, avval sudlangan bo‘lsalar, ularga nisbatan ham yangi qonunga
ko‘ra ish yuritiladi, ya’ni yangi qonun qilmishning jinoiyligini bekor
qilishi, jazoni yengillashtirishi yoki boshqacha tarzda jinoyatni sodir
etganlar holatini yaxshilashi mumkin.
Qilmishning jinoiyligini bekor qilish deganda jinoyat qonunida
javobgarlik belgilangan qilmishni jinoyatlar qatoridan chiqaradigan
qonunning qabul qilinishi tushuniladi. Bu qonun kuchga kirgan kundan
boshlab, shunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan tergov
idoralari va sudlardagi jinoyat ishlari to‘xtatilishi lozim. Jazoni
o‘tayotganlar ilgari sudlangan hollarda ular sudlanmagan deb topiladilar.
Quyidagilar jazoni yengillashtiruvchi qonun hisoblanadi:
a)
yangi qonunda sanksiya nazarda tutilib, jazolardan biri
yengilroq bo‘lsa;
b) yangi qonunda jazoning eng ko‘p qismi yoki eng kam qismi
kamaytirilgan bo‘lsa, yengilroq jazo turi nazarda tutilgan bo‘lsa;
c)
yangi qonunda qo‘shimcha jazo nazarda tutilmagan bo‘lsa;
d) moddiy zarar qoplanganida mahkumni jamiyatdan ajratilishi
(ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq)ni nazarda tutmaydigan jazo
choralaraini qo‘llash.
Yangi jinoyat qonunining qattiq yoki yumshoqligini baholashda
nafaqat normaning sanksiyasi, balki, boshqa holatlar ham shaxsning
ahvolini yengillashtiradigan yoki og‘irlashtiradigan holat deb baholashga
xizmat qilishi mumkin. Masalan, shartli ravishda jazodan ozod qilish
shartlarining o‘zgarishi, sudlanganlik muddatining tugashi yoki olib
tashlanishi shartlarining o‘zgarishi, shartli hukm qilishda sinov
muddatining qisqarishi, jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish
71
muddatining o‘zgarishi va boshqalar, shaxsning ahvolini boshqacha
Do'stlaringiz bilan baham: |