Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Huquqqa xiloflilik – ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat qonuni 
bilan taqiqlanganligini ifodalaydi. Bu belgi qonuniylik prinsipining 
qonunda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, demak jinoyatning o‘zi yo‘q”,- degan 
qoidasidan kelib chiqadi. (“Nullum crimen sine cupla”). 
Huquqqa xiloflilik jinoyatning yuridik belgisi bo‘lib, keng ma’noda: 
birinchidan, jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli va aybli 
qilmishlarning taqiqlanganligini; 
ikkinchidan, jazo qo‘llash tahdidini bildiradi
1

Bundan tashqari, bu belgi “Jinoyat qonunining analogiya bo‘yicha 
qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, - degan qoidani ham o‘z ichiga oladi.
Demak, jinoiy huquqqa xiloflilik deganda, jinoyatlarning jinoyat 
huquqiy normalarda ko‘rsatilgan jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlanishi 
tushuniladi. 
Qilmishni jinoyat huquqiga xilof deb topish asoslari bo‘lib: 
a) 
bunday qilmishning ijtimoiy xavfliligi – (jinoiy huquqqa 
xiloflilikning asosiy mezoni); 
b) u yoki bu qilmishga aynan jinoyat-huquqiy vositalar bilan ta’sir 
etishning umumiyligi (bir xil maqsadni ko‘zlashi) hisoblanadi. 
Ma’lumki, ijtimoiy xavflilik jinoyatning obyektiv tomonini aks 
ettirib, u jamiyatga, fuqarolarga zarar yetkazadi. Lekin qonun jinoyat 
tufayli zarar yetkazilgan shaxslarning manfaatini ximoya qilib, ijtimoiy 
xavfli qilmishga huquqqa xiloflilik maqomini beradi va bu bilan davlat 
huquqqa xilof qilmishlarga qarshi choralarni ko‘radi. 
Demak, ijtimoiy xavfli qilmish huquqqa xilof deb e’lon qilingan 
vaqtdan boshlab u amaliy jihatdan “jinoyat” maqomini oladi va ma’lum bir 
oqibatlarga olib keladi. 
Shunday qilib, huquqqa xiloflilik ma’lum bir ijtimoiy xavfli 
qilmishga qarshi kurashish - davlatning mutlaq vakolati ekanligidan darak 
beradi. Ya’ni qilmishni huquqqa xilof deb topish, uning davlat tomonidan 
1
" Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Тom 1: Uchenie о prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. 
dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznesovoy i kond. yurid. nauk. dosenta I.М. Тyajkovoy. - М: Izd. Zersalo, 
1999. – S. 128, 129.. 


83 
ijtimoiy xavfliligini rasman belgilanishini bildiradi. Qilmishning jinoyat 
qonuni bilan taqiqlanishi uning ma’lum darajada ijtimoiy xavfli deb 
topilganligini anglatadi. Shuning uchun ham qonunda qilmishning jinoyat 
deb belgilanishi uning huquqqa xiloflilik xususiyatini ko‘rsatadi. 
“Shaxsning unday yoki bunday xulq-atvori, uning shaxsiy va ijtimoiy 
mavqeidan qat’i nazar, g‘ayriqonuniy deb topilgunga qadar jinoiy 
javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.”
1
 
Jinoyatning huquqqa xiloflilik belgisining mohiyati shundaki, 
huquqqa xilof qilmish(harakat yoki harakatsizlik)ga u yoki bu vakolatli 
mansabdor shaxslar ( huquqni muxofaza qiluvchi organlar xodimlari) 
tomonidan qanday baho berilishidan qat’i nazar, bunday qilmish uchun 
qonunda javobgarlik belgilanmaguncha formal jihatdan ijtimoiy xavfli deb 
hisoblanmaydi. 
Jinoyat kodeksining 65-moddasida qilmish yoki shaxsning ijtimoiy 
xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod 
qilinishi belgilab qo‘yilgan. Bunday holatda, “qilmishning va shaxsning 
ijtimoiy xavfliligi yoki ularning o‘z ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi faqat 
qonun bilan belgilanadi”,- degan xulosaga kelish kerak. 
Qilmish yoki shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‘qolishiga ta’sir 
qiluvchi holatlarga ahamiyatli voqealar, jinoyat sodir etish vaqti bilan 
qiyoslaganida hayotiy sharoitlarning o‘zgarib ketishi va shu kabilarni 
kiritish mumkin. Ijtimoiy xavflilik xususiyati yo‘qolishi bilan o‘z-o‘zidan 
qilmishning jinoiy huquqqa xiloflilik belgisi ham mavjud bo‘lmaydi va 
huquqqa xiloflilikning boshqa biron bir moddiy belgisi yuzaga kelishi 
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ayrim 
moddalarida muayyan qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan 
keyin yana sodir etilsa, jinoyat deb hisoblanadi. Masalan, qasddan badanga 
yengil shikast yetkazish (Jinoyat kodeksi 109-moddasi), pornografik 
narsalarni tayyorlash yoki tarqatish (Jinoyat kodeksi 130-moddasi), tuxmat 
(Jinoyat kodeksi 139-moddasi), xaqorat qilish (Jinoyat kodeksi 140-
moddasi) va xokazolar. Bunday qilmishlar birinchi marta sodir qilinsa, 
jinoiy qilmish darajasidagi ijtimoiy xavfli tus olmaydi. Ammo bunday 
qilmish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, ijtimoiy xavfli 
tus oladi va jinoyat deb hisoblanadi.
Huquqqa xiloflilikni belgilashda Jinoyat kodeksining faqat Maxsus 
qismi normalariga tayanmasdan, Umumiy qism institutlari ham e’tiborga 
olinishi shart. Umumiy qism normalari Maxsus qism normalarini 
1
Kovalev М.I. «Ponyatie prestupleniya v sovetskom ugolovnom prave». – Sverdlovsk, 1987. S. 77-79. 


84 
mustahkamlab, Maxsus qism normalarining buzilishi Umumiy qism 
normalarining buzilishiga olib keladi. 
Jinoyat tushunchasini izoxlashda ijtimoiy xavflilik va huquqqa 
xiloflilik jinoyatning asosiy va bir-biriga aloqador belgilari ekanligini 
ko‘rish mumkin. Jinoyatda ijtimoiy xavflilik belgisining mavjud emasligi 
o‘z navbatida huquqqa xiloflilikning mavjud emasligini bildiradi, ya’ni 
faqat jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli deb topilgan qilmishlargina 
huquqqa xilof hisoblanadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling