Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jinoiy huquqqa xiloflilik
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Jinoiy huquqqa xiloflilik qilmishga ijtimoiy xavflilik darajasini
berib, aynan shu daraja orqali qilmish “jinoyat” xususiyatiga ega bo‘ladi. Aynan ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflilik belgilari birgalikda qilmishning jinoiyligi va u uchun jinoiy javobgarlik asosini belgilovchi omil hisoblanadi. Formal jihatdan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsa ham, lekin jinoyat qonunida belgilanmagan ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat deb hisoblanmaydi. Shuning uchun har doim ham ijtimoiy xavflilik qilmishni jinoyat deb belgilash uchun yetarli asos bo‘la olmaydi. Bu borada huquqqa xiloflilik belgisining ustunligini Jinoyat kodeksi 14- moddasi 1- qismidagi jinoyat tushunchasiga berilgan ta’rif ham izoxlab beradi. Shuning uchun ham “huquqqa xiloflilik” belgisi - “jinoyatning formal belgisi” deb ataladi. NOTA BENE! Huquqqa xiloflilik jinoiy qilmish tufayli huquqiy normalarning buzilishini ifodalaydi. Huquqqa xiloflilik shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan normalarning buzilishi demakdir. Shunday qilib, “huquqqa xiloflilik” o‘rniga “qonunga xiloflilik” tushunchasi ham ishlatilishi mumkin. Lekin jinoyat belgilarini aniqlashda ko‘proq “huquqqa xiloflilik” tushunchasi qo‘llaniladi. Sababi: birinchidan, qonunga xiloflilik faqat qonunda ko‘rsatilgan normalarni o‘z ichiga olsa, huquqqa xiloflilik qonun osti me’yoriy hujjat normalarini ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi blanket dispozitsiyalari xaqida gap ketganda huquqqa xiloflilik belgisi ko‘proq to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin; ikkinchidan, huquqqa xiloflilik tushunchasi jinoyatni boshqa huquqbuzarliklardan farqlash uchun jinoyat huququning boshqa huquq sohalari bilan bog‘liqlikda bo‘lishini ifodalaydi; Uchinchidan, har qanday huquqqa xilof hatti-harakat qonunning buzilishiga olib keladi. 1 1 Vetrov N.I. «“Ugolovnoe pravo”. Obshaya chast: Uchebnik dlya vuzov. – М.: Yuniti – DANA, Zakon i pravo, 1999. – S. 54 85 Demak, yuqoridagi fikrlarni inobatga olib quyidagicha xulosa qilish mumkin: a) jinoiy huquqqa xiloflilik – jinoyatning formal-yuridik belgisidir; b) bu belgi ijtimoiy xavflilik va aybning mavjudligi belgilarini keltirib chiqaradi; c) huquqqa xiloflilik bevosita qonuniylik prinsipidan kelib chiqadi; d) huquqqa xiloflilik Jinoyat kodeksi Umumiy qismidagi holatlarni e’tiborga olgan holda jinoyat huquqi normalarida ko‘rsatilgan qilmishlarni sodir etishni taqiqlashdan iborat; e) bu belgi har doim jinoyatning ijtimoiy xavflilik belgisi bilan bog‘liq bo‘ladi; f) huquqqa xiloflilik qonun chiqaruvchi tomonidan qilmishga jinoyat huquqiy baho berilishini ifodalaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling