Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra jinoyat ma’lum bir 
darajada ijtimoiy xavfli bo‘lgan boshqa huquqbuzarliklardan ko‘ra 
jamiyatga ko‘proq zarar yetkazishi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy xavflilik darajasi – jinoyat va huquqbuzarlik bir xil bo‘lib 
qolganida (ularni ajratish imkoni bo‘lmaganida) jinoyatlarni boshqa 
huquqbuzarliklardan farqlovchi asosiy mezon hisoblanadi. Aynan ijtimoiy 
xavflilik barcha huquqbuzarliklarning moddiy-ijtimoiy tarkibi va belgisi 
hisoblanadi. Masalan, yo‘l harakati qoidalarini buzish ham jinoyat (Jinoyat 
kodeksi 266-moddasi), ham ma’muriy huquqbuzarlik (Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 125, 128-moddalari) hisoblanadi. 
Qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilovchi subyektiv 
holatlar –aybning shakli, motivi va maqsad hisoblanadi. 
Ijtimoiy xavflilik xususiyati – tajovuz obyektini belgilab berib, jinoiy 
huquqbuzarliklar sirasiga kiruvchi qilmishlarni aniqlash imkonini beradi. 
Ijtimoiy munosabatlar tizimiga asoslangan kishilik jamiyatiga jinoiy 
qilmishlar bilan birga boshqa huquqbuzarliklar ham zarar yetkazadi. 
Shuning uchun jinoyatlar, shuningdek,, boshqa huquqbuzarliklar ham 
ijtimoiy xavfli hisoblanadi, lekin ular natijasida yetkazilgan zararning 
miqdori har xil bo‘lishi mumkin. Shu sababdan ham ijtimoiy xavflilik 
faqat jinoyatga taalluqli belgi emas. 
Demak, jinoyatlar boshqa huquqbuzarliklardan ijtimoiy xavflilik 
darajasi va xususiyati bilan farq qilib, jinoyat tufayli boshqa 
huquqbuzarliklarga nisbatan ko‘proq zarar yetkaziladi (ayb g‘ayriijtimoiy, 
motivizatsiya o‘zgarmas, sodir etish usuli esa o‘ta shavqatsizlik bilan 
amalga oshiriladi). Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarlikdan farqlashda 
ijtimoiy xavflilikning asosiy elementi shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlariga yetkazilgan zararning miqdori hisoblanadi. Masalan, harbiy 
sohadagi huquqbuzarliklarni jinoyatlardan ajratish qiyin bo‘lib, bunda 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasining dispozitsiyasida 
jinoyatlarning sodir etilgan vaqt, joy va vaziyat asosiy mezon sifatida 
ko‘rsatiladi. Masalan, harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik 
bilan bir kecha-kunduzdan o‘n kecha-kunduzgacha tashlab ketilgan bo‘lsa, 
qilmish Jinoyat kodeksi 287-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi, 


98 
agar bunday muddat bir kecha-kunduzgacha bo‘lsa, u intizomiy 
huquqbuzarlik hisoblanadi. 
Qonunda jinoyatlarni huquqbuzarliklardan farqlovchi subyekiv 
belgilar: aybning shakli, maqsad va motivining o‘zgarmasligi kabi 
holatlarni belgilab qo‘yilgan. Masalan, qasddan badanga yengil shikast 
yetkazish jinoyat bo‘lsa, (Jinoyat kodeksi 109-moddasi), ehtiyotsizlik 
orqasida badanga yengil shikast yetkazish fuqaroviy huquqbuzarlik 
hisoblanadi (Fuqarolik kodeksi 1003-, 1004-moddalari).
Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarliklardan farqlovchi yana bir belgi – 
ularning huquqqa xiloflilik xususiyati hisoblanadi. 
Jinoyatlar uchun javobgarlik ham jinoyat qonuni bilan tartibga 
solinadi. Bu uni boshqa huquqbuzarliklardan farqlaydi. Boshqa 
huquqbuzarliklar sodir etilganida, o‘sha huquq sohasiga tegishli normalar
ya’ni qonunlar emas, balki qonun osti normativ hujjatlardagi qoidalar ham 
buziladi. 
Faqat jinoyat sodir etilganida sudlanganlikni vujudga keltiruvchi 
jinoiy jazoni qo‘llash mumkin, boshqa huquqbuzarliklarning huquqiy 
sanksiyalari esa hech qachon “sudlanganlik”ni keltirib chiqarmaydi
Bundan tashqari, jinoiy jazo davlatning majburlov choralarini qo‘llash 
orqali amalga oshiriladi. 
Barcha qilmishlar ham huquqbuzarlik deb tan olinmaydi. Qonun 
chiqaruvchi bu borada shaxs, jamiyat va davlat uchun ko‘proq xavfli 
bo‘lgan xatti-harakatlarni huquqbuzarlik sifatida baholanadi. Shaxs 
tomonidan sodir qilingan qilmish uchun javobgarlik Jinoyat kodeksida 
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydi. 
Qilmish jinoyat qonunida huquqqa xilof deb e’lon qilinganidan 
boshlab jinoyatga aylanadi, davlat esa o‘z navbatida bunday qilmishlarga 
qarshi jinoyat huquqiy vositalar bilan kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Demak, jinoyatlar faqat jinoyat qonuni bilan taqiqlanadi va jazo 
qo‘llash tahdidini keltirib chiqaradi. Shuningdek,, boshqa 
huquqbuzarliklar (ma’muriy, intizomiy, fuqaroviy) uchun belgilangan 
sanksiyalar jinoyat qonuni sanksiyalari kabi og‘ir emas. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksiga ko‘ra, fuqarolarga solinadigan jarima miqdori eng kam oylik ish 
xaqining besh baravaridan oshmasligi kerak, Jinoyat kodeksida esa jarima 
eng kam ish xaqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorida 
belgilangan. 
Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarliklardan farqlashning moddiy 
mezoni huquqbuzarlik oqibatida yuzaga kelgan zarar hajmi hisoblanadi. 


99 
Jinoyatlar hamma vaqt ham boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan 
jamiyatga ko‘proq zarar yetkazadi, jinoyatchilarning aybi xavfliroq, motivi 
o‘zgarmas, qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ni sodir etish usuli esa 
qo‘polroq, ya’ni xavfliroq hisoblanadi. 
Jinoiy oqibatlarni belgilashda qonun chiqaruvchi tomonidan har xil 
atama va tushunchalar ishlatilgan. Masalan, Jinoyat kodeksining 
“sog‘liqqa qarshi jinoyatlar” bobida – “ziyon”, “hayot va sog‘liq uchun 
xavfli jinoyatlar” bobida – “shikast”, “boshqaruv tartibiga qarshi 
jinoyatlar” bobida esa – “ko‘p miqdorda zarar, jiddiy ziyon” kabilar. 
Zarar murakkab xususiyatga ega bo‘lgan holatlarda, masalan, odil 
sudlovga qarshi, davlat va ekologiya xavfsizligiga taxdid soluvchi 
jinoyatlarda “og‘ir oqibatlar” atamasi bilan izoxlanadi. Boshqa huquq 
sohalarida esa bunday atama va so‘zlarni uchratish qiyin yoki ular mavjud 
emas. 
Aynan yetkazilgan zararga qarab huquqbuzarlik jinoyat deb topilishi 
mumkin. Bunday zarar bo‘lmaganida shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish 
uchun asos mavjud bo‘lmaydi. 
Sodir etilgan jinoyatlarning yarmidan ko‘pida yetkazilgan moddiy 
zarar moliyaviy va jismoniy zarar miqdori bilan o‘lchanadi. Ayrim 
hollarda zararning miqdori Jinoyat kodeksi normalarida aniq ko‘rsatilgan 
bo‘ladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 175, 180-182, 185, 205-209 – 
moddalarida sodir etilgan qilmishni jinoyat deb hioblash uchun ko‘p 
miqdorda yoki jiddiy zarar yetkazilishi talab qilinadi. 
Obyekti bir xil bo‘lgan jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklarning, 
har ikkisida ham – shaxs, ularning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat 
manfaatlari, mulk obyekti hisoblanadi, ularni bir-biridan farqini 
ko‘rsatuvchi asosiy belgi “yetkazilgan zarar” miqdori hisoblanadi. 
Fuqaroviy huquqbuzarlik jarima va zararni qoplash ko‘rinishidagi 
jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlangan, shaxsiy va shaxsiy nomulkiy 
huquqlar bilan bog‘liq mulkiy munosabatlarning buzilishidir. Jinoyatlarni 
fuqaroviy huquqbuzarliklardan turli shakldagi mulkka yetkazilgan zarar 
bilan bog‘liq mulkka qarshi va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar ajratib 
turadi.
Jinoyatlarni huquqbuzarliklardan farqlashga misol sifatida oila-nikoh 
munosabatlari sohasida ota-onalar va bolalarning majburiyatlarini keltirish 
mumkin. Oila kodeksiga ko‘ra ota-onalar o‘zlarining voyaga yetmagan 
yoki muomalaga layoqatsiz voyaga yetgan, ammo yordamga muhtoj 
farzandlarini boqishga majbur. Mehnatga layoqatli voyaga yetgan 
farzandlar ham o‘zlarining mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-


100
onalariga g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Bunday majburiyatlarning buzilishi 
Jinoyat kodeksi 122, 123–moddalarida nazarda tutilgan jinoiy 
javobgarlikni keltirib chiqaradi. 
Mansabdor shaxs tomonidan o‘z mansab vakolatidan foydalangan 
holda sodir etilgan g‘ayriqonuniy qilmish shaxsning huquq va manfaatlari, 
jamiyat va davlat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon 
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, bunday qilmish jinoyat deb, agar bunday 
oqibat mavjud bo‘lmasa, unda bunday qilmish intizomiy huquqbuzarlik 
deb hisoblanadi. 
O‘zboshimchalik shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga ko‘p 
miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, jinoyat deb 
(Jinoyat kodeksi 229-moddasi), bunday oqibat mavjud bo‘lmasa, 
ma’muriy huquqbuzarlik deb (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksning 200-moddasi) topiladi. 
Soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ancha 
miqdorda sodir etilsa, jinoyat (Jinoyat kodeksi 184-moddasi), ancha 
miqdordan kam bo‘lgan miqdorda sodir etilsa, soliqqa oid huquqbuzarlik 
hisoblanadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling