Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


  Jinoyat obyektining turlari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

2. 
Jinoyat obyektining turlari 
Jinoyat obyektining turlari 
Umumiy obyekt 
Maxsus obyekt 
Bevosita obyekt 


120
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning obyekti: umumiy, maxsus, 
bevosita obyektlarga ajratiladi. 
Umumiy obyekt deyilganda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlarning yig‘indisi 
tushuniladi. 
Jinoyat kodeksi 2-moddasida muhofaza obyektlari sifatida shaxs, 
uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy 
muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligi ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning hammasi 
birgalikda umumiy obyekt hisoblanadi. 
Jinoyatning umumiy obyekti tushunchasi jinoyatning ijtimoiy-siyosiy 
mohiyatini ochib beradi. Umumiy obyekt barcha jinoyatlar uchun bitta, 
zero har qanday jinoyat u yoki bu ijtimoiy munosabatga zarar yetkazib, 
Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga 
ham ziyon yetkazadi, shuning uchun ijtimoiy munosabatlarning bir 
guruhiga emas, balki barchasiga ta’sir etadi. 
Maxsus obyekt jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy-siyosiy 
va iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘xshash yoki yaqin bo‘lgan 
ijtimoiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan obyektlar guruhidir. 
Maxsus obyekt jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan umumiy 
obyektga kiruvchi bir-biriga yaqin yoki o‘xshash ijtimoiy munosabatlarni 
o‘z ichiga oladi. Bu ijtimoiy munosabatlar guruhiga obyektlarni erkin va 
pala-partish ravishda kiritmasdan ularning o‘xshashligi (bir turdagiligi)ga 
qarab ajratiladi. 
Maxsus obyekt Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi jinoyat huquqiy 
normalarni klassifikatsiya qilish asosida aniqlashadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi xuddi shu tartibda, ya’ni 
maxsus obyektni hisobga olgan holda tuzilgan. 
Maxsus obyektni to‘g‘ri aniqlash ijtimoiy xavfli harakatning 
xususiyati va ahamiyatini, uning qo‘riqlanayotgan ijtimoiy munosabatlar 
tizimidagi o‘rnini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek,, obyekt 
jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini aniqlashga yordam 
beradi. 
Jinoyat huquqi Maxsus qismi tizimida boblarning joylashuvi tartibi, 
avvalo, jinoyat obyektining ahamiyati va jamiyat uchun bo‘lgan 


121
qimmatiga bog‘liq qonun chiqaruvchi organ tomonidan. Maxsus qism 
boblarining ma’lum tartibda qonun bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy 
munosabatlarning ahamiyati jihatidan joylashtirilishi bu munosabatlarni 
qo‘riqlashning muhimligini ta’kidlayd. 
Jinoyat qonunining rivojlanish tarixida birinchi marta 1994 yil 22 
sentabrda qabul qilingan amaldagi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tizimida 
insonning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati va hokazolarni qo‘riqlashga ustivor 
ahamiyat berildi, ya’ni fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinligi, 
hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati birinchn o‘ringa qo‘yilgan. 
Jinoyat kodeksining birinchi bo‘limi “Shaxsga qarshi jinoyatlar” deb 
ataladi. 
Maxsus qismda ikkinchi o‘rinda tinchlik va xavfsizliqqa qarshi 
jinoyatlar va uchinchi o‘rinda iktisodiyot sohasidagi jinoyatlar va boshqa 
guruhdagi jinoyatlar muayyan ketma-ketlik asosida joylashtirilgan. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling