Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
-BOB: JINOYATNING OBYEKTIV TOMONI
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
6-BOB: JINOYATNING OBYEKTIV TOMONI
1.Jinoyatning obyektiv tomoni tushunchasi Jinoyatning obyektiv tomoni ijtimoiy-xavfli qilmishning tashqi tomoni bo‘lib, jinoyatning qanday sodir etilganligini ko‘rsatadi. Aynan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni bir jinoyatni ikkinchisidan ajratish imkonini beradi, chunki bitta obyektga qilingan tajovuz ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyati va darajasiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘g‘rilik yashirin sodir etilsa, talonchilik ochiqdan-ochiq, bosqinchilik esa jabrlanuvchining badaniga shikast yetkazilishiga olib kelgan hujum qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Jinoyatning obyektiv tomoni asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasi va bandlarida ko‘rsatiladi. Aynan moddaning dispozitsiyasida jinoyatning obyektiv tomoni ta’riflanadi yoki ko‘rsatiladi. Har qanday jinoyat turli harakat, ayrim hollarda esa harakatsizlik orqali sodir etiladi. Masalan, qasddan odam o‘ldirish ko‘pchilik hollarda faol harakat orqali sodir etiladi (pichoq urish, quroldan o‘q otish, qandaydir narsa bilan qattiq jarohat yetkazish, bo‘g‘ish va hokazolar), ammo xuddi shunday o‘lim harakatsizlik (onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan ovqatlantirmasligi, yordamga muhtoj holda yotgan shaxsni yordamsiz qoldirish va boshqalar) natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ya’ni har qanday ijtimoiy xavfli qilmish harakat yoki harakatsizlik natijasida sodir etilishi mumkin. Ayrim hollarda jinoyatning oxiriga yetkazilgan deb topilishi uchun qandaydir aniq oqibat yuzaga kelishi kerak (moddiy tarkibli jinoyat), boshqa hollarda sodir etilgan ijtimoiy xavfli “qilmishning o‘zi” (oqibatning kelib chiqishi talab qilinmaydi, formal tarkibli jinoyat) uchun javobgarlik belgilanadi. Ko‘rinib turibdiki, aynan jinoyatning obyektiv tomoni qilmishning moddiy yoki formal tarkibli jinoyat ekanligini farqlash imkonini beradi. Bundan xulosa qilib, har qanday jinoyatning obyektiv tomoni qilmishdan iboratdir, desak xato bo‘lmaydi. Ijtimoiy xavfli qilmish har qanday jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisidir. Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli qilmishdan tashqari ijtimoiy xavfli oqibat va ro‘y bergan oqibat bilan qilmish o‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjud ekanligi hisoblanadi. Formal tarkibli jinoyatlar uchun qilmishning o‘zi yetarli va oqibatning ro‘y berishi talab qilinmaydi. 128 Ayrim hollarda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, sharoit, foydalanilgan vosita va qurollar ham ta’sir etadi. Ayrim hollarda bu holatlar jinoyatning zaruriy belgisi, boshqa hollarda esa javobgarlikni og‘irlashtiridigan holat bo‘lishi mumkin. Jinoyat obyektiv tomonining yuqorida aytilgan fakultativ belgilari, agar jinoyatning zaruriy belgilari bo‘lmasa yoki aybdor javobgarligini og‘irlashtirmasa, jazo tayinlashda hisobga olinishi mumkin. Demak, ta’kidlab o‘tish lozimki, moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgilari quyidagilardan iborat: 1)ijtimoiy-xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik); 2)ijtimoiy-xavfli oqibat; 3)ijtimoiy-xavfli qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish. Formal tarkibli jinoyatlarning zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli qilmish(harakat yoki harakatsizlik)dir. Moddiy va formal tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining fakultetiv belgilari jinoyat sodir etish joyi, vaqti, sharoiti, vositasi, usuli va hokazolardir. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling