Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoyat sodir etish vositalari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoyat sodir etish vositalari aybdorning ijtimoiy xavfli qilmish 
sodir etish vaqtida jinoyat obyektiga ta’sir etish uchun foydalangan 
predmet yoki qurollar, elektr toki, radiatsiya, ultratovush vositalari bo‘lishi 
mumkin. Jinoyat sodir etish qurollari deyilganda, aybdor jinoyatni sodir 
etish oldidan tayyorlangan va foydalangan har qanday predmet, masalan, 
sovuq qurollar, transport vositalari, asbob-uskunalar va hokazolar bo‘lishi 
mumkin. 
Ko‘pchilik hollarda aybdorlar qurol va vositalardan jinoyat izini 
yashirish va jinoyatning sodir etilishini osonlashtirish uchun 
foydalanadilar. 
Jinoyat sodir etish quroli va vositasi bir sharoitda jinoyatni sodir 
etishni osonlashtirsa, boshqa bir sharoitda ularni qo‘llamasdan jinoyatni 
sodir etish mumkin emas. Vosita va qurolning jinoyat-huquqiy ahamiyati 
quyidagilardan iborat: 
A)ular jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga ta’sir qiladi; 
B)ulardan foydalanish jazo tayinlash vaqtida javobgarlikni 
og‘irlashtirishi yoki yengillashtirishi mumkin. 
Vosita va qurol jinoyat sodir etish usuli bilan uzviy bog‘liqdir, ayrim 
hollarda uning tarkibini belgilaydi. 
Ayrim hollarda, jinoyat tarkibining obyektiv tomoni zaruriy belgilari 
qatoriga vosita va qurolning kiritilishi nafaqat Jinoyat kodeksi Maxsus 
qismi moddalari dispozitsiyalarini shakllantirishda, balki, Umumiy qism 
moddalari qoidalaridan ham kelib chiqadi. Vosita va qurol jinoyatga 


145
tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatni yashirish va hokazolar uchun jinoiy 
javobgarlikni aniqlashda inobatga olinadi;. 
Jinoyat vositalari va qurollari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ham 
muhim ahamiyatga ega. Masalan, Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismida 
ko‘rsatilgan hayvonot yoki o’simlik dunyosidan foydalanish tartibini 
buzganlik uchun javobgarlik yer, suv yoki havoda ishlatiladigan 
mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan yoxud portlatish qurilmalari, zaharli 
kimyoviy moddalardan foydalanish va hokazolar. 
Bezorilik, sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘iga shikast yetkazish 
mumkin bo‘lgan narsalarni namoyish qilish orqali sodir etilib, sog‘liqqa 
obyektiv xavf solganda, Jinoyat kodeksi 277-moddasining 2-qismi 
bo‘yicha kvalifikatsiya etiladi. Bezorilik o‘q otish qurolini namoyish qilib
ularni qo‘llab yoki qo‘llash bilan qo‘rqitish orqali sodir etilsa, 277-
moddaning 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Jinoyat sodir etish qurollari va vositalarini to‘g‘ri aniqlash nafaqat 
qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda, balki maxsus ushbu qurol va 
vositalarni musodara qilish masalasini hal etishda ham muhim ahamiyatga 
ega. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling