Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


-BOB. JINOYATNING SUBYEKTIV TOMONI


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

8-BOB. JINOYATNING SUBYEKTIV TOMONI 
1. 
Jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasi 
Jinoyatning subyektiv tomonini aniq belgilash jinoyatni to‘g‘ri 
kvalifikatsiya qilish va adolatli, shaxsning aybi darajasini hisobga olgan 
holda jazo tayinlashning zaruriy shartidir. O‘zbekiston Respublikasi 
jinoyat huquqining muhim xususiyatlaridan biri subyektning aqli rasoligi
ya’ni aybdorning o‘z harakatini boshqara olganligi va harakati tufayli kelib 
chiqqan oqibatning ijtimoiy xavfliligini anglashi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 20-moddasiga muvofiq 
ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan 
shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin, ya’ni subyektiv 
aqli rasolik shuni anglatadiki, shaxs faqat qasddan yoki ehtiyotsizlik 
orqasidan sodir etilgan qilmishi uchun aybdor bo‘lgandagina jinoiy 
javobgarlikka tortiladi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning subyektiv 
tomoni deyilganda, aybdor shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli 
qilmish va uning oqibatlariga bo‘lgan ruhiy munosabati tushuniladi. 
Jinoyatning subyektiv tomonini aniqlash sud-tergov amaliyotida 
ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu munosabat bilan jinoyatchi 
tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish, uning maqsadi va 
motivlarini chuqur o‘rganish lozim. 
 
Aybning shakllari
(JK 20-moddasi) 
Murakkab aybli 
jinoyat 
(JK 23-moddasi) 
Aybsiz holda zarar 
yetkazish 
(JK 24-moddasi) 
Qasddan sodir 
etilgan jinoyat 
(JK 21-moddasi) 
Ehtiyotsizlik orqasida 
sodir etilgan jinoyat 
(JK 22-moddasi) 


163
Aynan jinoyatning subyektiv tomonini to‘g‘ri aniqlash jinoyatchi 
shaxsning ijtimoiy xavfliligi darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Jinoyatning maqsadi, motivi va aybni yetarlicha tadqiq etmaslik 
jinoyatni kvalifikatsiya qilishda xatoliklarga yo‘l qo’yilishiga olib kelib
shaxsning u sodir etmagan qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga 
sabab bo‘ladi, bu esa adolatli jazo tayinlash odillik prinsipining buzilishiga 
olib keladi. Shuning uchun sud-tergov amaliyotida jinoyatning motivi, 
maqsadi va aybni to‘g‘ri aniqlashga juda katta e’tibor berish kerak, chunki 
Jinoyat kodeksining 9-moddasiga muvofiq, “shaxs qonunda belgilangan 
tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar 
bo‘ladi”. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat subyektiv tomonining zaruriy 
belgisi aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidir. Jinoyatning maqsadi va 
motivi esa subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblanadi. Maqsad va 
motiv jinoyat subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblanib, agar ular 
jinoyat huquqiy normada to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsagina , 
jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir etadi, boshqa hollarda esa, ular 
jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi, balki jazo tayinlashda 
hisobga olinishi zarur. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling