Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Aybning shakllari va tushunchasi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

2. Aybning shakllari va tushunchasi  
Ayb har qanday jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisidir. 
Aybsiz holda zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish va jazo 
tayinlanishi mumkin emas.
NOTA BENE! 
Ayb deganda shaxsning sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi va uning 
oqibatlariga (qasddan yoki ehtiyotsizlik ko‘rinishidagi) bo‘lgan ruhiy 
munosabati tushuniladi 
Jinoyat qonunchiligida va sud amaliyotida aybning og‘irligini 
anglatuvchi, uning miqdoriy xususiyatini aks ettiruvchi “aybning 
darajasi” tushunchasi ishlatiladi. Aybning darajasi shaxsning jinoyat 
holatlariga bo‘lgan munosabati shakllari va tarkibining jami bilan 
aniqlanadi hamda ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi bilan belgilanadi. 
Bular quyidagilardan iborat: ruhiy munosabatining xususiyatlari, 
jinoyatning motiv va maqsadi, shaxsni tavsiflaydigan holatlarga oid jinoiy 
qasd yoki ehtiyotsizlikning kelib chiqishiga turtki bo‘lgan sabab va shart-
sharoitlardir. 
Yuridik adabiyotlarda ayb turlicha talqin etiladi. Qator mualliflar 
jinoyatning subyektiv tomonini tadqiq etishda ayb va jinoyatning 


164
subyektiv tomoni tushunchasini aynan bir xil deb hisoblashsa, boshqalari 
jinoyatning subyektiv tomoni aybga nisbagan keng tushuncha bo‘lib, u o‘z 
ichiga jinoyatning motivi va maqsadini ham qamrab oladi, deb 
hisoblaydilar. Shubhasiz, bular aynan bir xil tushunchalar emas. 
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi «obyektiv aybni bilmaydi», 
ya’ni shaxsni faqat ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik fakti asosida 
javobgarlikka tortishning o‘zi uchun javobgarlik belgilanadi. 
Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksida(Jinoyat kodeksi 20-moddasi) nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli 
qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat 
sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 20-moddasiga 
muvofiq jinoyat: 
1) qasddan; 
2) ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilishi mumkin. 
Aybning qasd shaklida jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasd bilan sodir 
etilishi mumkin. 
Jinoyat tamom bo‘lgan vaqt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt 
deb hisoblanadi. Uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, 
bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. Qasddan sodir etilgan 
jinoyatga berilgan bu ta’rif to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladigan 
jinoyatlar tarkibiga nisbatan berilgan. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling