Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jinoyatning maxsus sub’yekti
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
4. Jinoyatning maxsus sub’yekti
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning maxsus sub’yekti tushunchasi berilgan. Shaxsni jinoyatning maxsus sub’yekti – deb hisoblash uchun sub’yektning zaruriy belgilari bilan birga (yosh, aqli rasolik) albatta boshqa belgilar ham bo‘lishi kerakki, bunday belgisiz shaxsning tegishli norma bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 157 Ko‘p hollarda ushbu belgilar jinoyat-huquqiy normalar dispozitsiyasida ko‘rsatiladi yoki ularni sharhlash orqali aniqlanadi. Jinoyatning maxsus sub’yekti belgilari turlicha bo‘lib, ular xizmat, kasb, fuqarolik yoki harbiy majburiyat bo’yicha bo‘lishi mumkin. Masalan, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarning sub’yekti faqat mansabdor shaxs bo‘la oladi (205, 206, 207, 208, 209, 210, 211-moddalar), harbiy xizmatga oid jinoyatlarda faqat harbiy xizmatchilar sub’yekt bo‘la oladilar (279- 300-moddalar). Transport harakati va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarda uning sub’yekti faqat transport vositasini boshqarayotgan shaxs bo‘la oladi (260, 266-moddalar). Ta’mirlash qoidalarini yoki transportni ekspluatatsiyaga chiqarish qoidalarini buzganlik jinoyatida sub’yekt faqat ta’mirlovchi yoki transportning texnik holati uchun javobgar shaxsgina bo‘la oladi. Davlat sirlarini oshkor qilganlik uchun davlat sirlari xizmat yoki kasb yuzasidan ishonib topshirilgan shaxsgina javobgarlikka tortiladi(162- modda). Jinoyat qonuni Maxsus qismini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, jinoyatning maxsus sub’yekti belgilarini quyidagicha tasniflash mumkin: 1) fuqaroligi; 2) demografik belgilari (jinsi, yoshi); 3) mansabi; 4) harbiy xizmatga aloqadorligi; 5) bajarayotgan ishi; 6) kasbiy majburiyati; 7) shaxsiy majburiyatlari; 8) sub’yektning asosiy holatlari (retsidivist, xavfli retsidivist). Bu tasnif albatta taxminiydir. Har bir ijtimoiy xavfli harakat sodir etilganida sud-tergov xodimlari jinoyatning maxsus sub’yektining alohida belgilarini aniqlashi lozimki, bularsiz harakat sodir etgan shaxs ushbu jinoyatning sub’yekti deb topilmasligi kerak. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling