Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


 Jinoyatning motivi va maqsadi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

6. Jinoyatning motivi va maqsadi 
Jinoyatning motivi va maqsadi jinoyat subyektiv tomonining 
mustaqil fakultativ belgilari hisoblanadi. Jinoyatning motivi va maqsadi 
qilmish to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda, jinoyatni boshqa jinoyat tarkibidan 
farqlash va adolatli jazo tayinlashda muhim ahamiyatga ega.
Insonning har qanday faoliyati muayyan motiv va maqsadga egadir. 
Jinoiy faoliyat insonning har qanday irodaviy harakati singari muayyan 
motivga ega va muayyan maqsadlarga erishishga qaratilgandir. Motiv va 
maqsad o‘rtasida ichki bog‘liqlik mavjuddir. Motivning shakllanishi 
muayyan maqsadning vujudga kelishini o‘z ichiga oladi. Motiv sub’yektni 
o‘z maqsadlari sari yo’naltiruvchi kuch hisoblanadi.
O‘z navbatida motiv va maqsad bir xil tushunchalar emas, chunki 
ular aybdorning sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga bo‘lgan ruhiy 
munosabatini turlicha ifodalaydi. Agar motiv jinoyat sodir etayotib shaxs 
nimaga asoslangan degan savolga javob bersa, maqsad aybdor intilayotgan 
natija haqidagi tasavvurlarni, harakatlarning yo’naltirilganligini o‘z ichiga 
oladi.


177
Ayrim hollarda maqsad va motiv jinoyatning zaruriy belgisi bo‘lsa, 
boshqa hollarda javobgarligini og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi, ya’ni 
maqsad va motiv jinoyat subyektiv tomonining mustaqil belgisi 
hisoblanadi. 
Jinoyatning motivi shaxsda jinoyat sodir qilishi qarori va xohishini 
uyg‘otuvchi ichki hissiyotdir. 
Jinoiy maqsadga shaxs ijtimoiy xavfli harakat orqali erishishga 
harakat qiladi. 
Jinoyatning motivi va maqsadi faqat qasddan sodir etilgan 
jinoyatlarga xosdir. Agar jinoyat ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilsa, uning 
oqibati motiv va maqsadga bog‘lanmaydi. Motiv va maqsad jinoyat 
subyektiv tomonining belgisi sifatida bir-biriga juda bog‘liqdir, chunki 
jinoyat sodir qilishda ichki hissiyot orqali xohish uyg‘onadi va shaxsda 
jinoyat sodir qilish maqsadi vujudga keladi. 
Jinoyatning motivi rashk, o‘ch olish, bezorilik, millatlararo, shaxsiy 
g‘araz va hokazolar bo‘ladi. Sodir etilgan boshqa jinoyatni yashirish, 
murdaning a’zolarini transplantatsiya qilish uchun olish, shahvoniy 
ehtiyojni qondirish maqsadlarda foydalanish uchun jinoyat sodir qilish, 
halqaro aloqalarni yomonlashtirish maqsadida urushni targ‘ib qilish, 
nazorat qilinmaydigan foyda olish va hokazolar) jinoyatning maqsadi ham 
har xil bo‘lishi mumkin 
Jinoyatning motivi va maqsadi jinoyat-huquqiy normalarda aniq 
ko‘rsatib o‘tilgan (masalan, ta’magirlik niyatida odam o‘ldirish(97-modda, 
2-qism “i” bandi), o‘lgan odamning organlari yoki tanasining a’zolarini 
transplantatsiya qilish maqsadida olish(133-modda)).
Lekin bir qator jinoyat huquqiy normalarda motiv va maqsad aniq 
ko‘rsatilmagan, faqat ularning umumiy tavsifi berilgan holos (masalan, 
mansabdor shaxs tomonidan ta’magirlik yoki boshqa manfaatdorlik 
maqsadida bila turib rasmiy hujjatlarga yolg’on yozuvlar va ma’lumotlar 
kiritib qo’yish(209-modda) va hokazolar). Bunday holatlarda jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishda sodir etilgan jinoyatning aniq motivini aniqlash 
lozim bo‘ladi. 
Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyatning motiv va maqsadi turli 
xil ahamiyatga ega. Masalan, talon-taroj qilishning motivi g‘araz; 
qo‘shmachilikniki esa ta’magirlik yoki boshqa istaklar(Jinoyat kodeksi 
131-moddasi), odamlardan foydalanish uchun ularni yollashning muhim 
belgisi – shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda foydalanish(135-modda); 
urushni targ‘ib qilishda – agressiyani keltirib chiqarish; terrorizmda, 
halqaro munosabatlarni murakkablashtirish yoki O‘zbekiston 


178
Respublikasida vaziyatni yomonlashtirish jinoyatning maqsadi 
hisoblanadi. 
Boshqa hollarda jinoyatning motiv va maqsadi javobgarlikni 
og‘irlashtiruvchi holat bo‘lib hisoblanadi (Masalan, g‘arazli maqsadlarda 
yoki bezorilik harakatlari natijasida odam o‘ldirish, milliy yoki irqiy 
adovat zamirida odam o‘ldirish, kishi a’zolarini kesib olish va ulardan 
foydalanish maqsadida odam o‘ldirish (97-moddasi 2-qismi), inson 
to‘qimalari yoki a’zolarini kesib olish va transplantatsiya qilish g‘araz yoki 
boshqa niyatlarda sodir qilinsa(133-modda 2-qism), odamlardan 
foydalanish uchun ularni yollash, agar O‘zbekiston Respublikasidan 
tashqariga olib chiqib ketish maqsadida qilinsa (135-modda 3-qism) va 
hokazo). 
Ayrim hollarda jinoyatning motiv va maqsadi jinoyat huquqiy 
normalarida zaruriy belgi sifatida aybni yengillashtiruvchi holat sifatida 
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular jazo tayinlashda e’tiborga olinishi mumkin. 
Masalan, ijtimoiy munosabatlarni himoya qilish motivi jinoyatchini 
ushlash vaqtida unga zarar yetkazilsa, aybni yengillashtiruvchi holat bo‘lib 
hisoblanadi. Milliy, irqiy yoxud diniy adovat motivi bilan, garaz yoki past 
niyatlarda jinoyat sodir qilinsa, garchi bu motivlar jinoyat huquqiy 
normalarda ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham, aybni og‘irlashtiruvchi holat 
bo‘lib hisoblanadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling