Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Murakkab aybli jinoyatlar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
5.Murakkab aybli jinoyatlar 1994- yilgi Jinoyat kodeksida murakkab aybli jinoyatlarni sodir qilishda qasd va ehtiyotsizlikning uyg‘unligi birinchi marta ochib berilgan. Shu vaqtgacha bu tushuncha qonunda yo‘q edi. Jinoyat kodeksi 23- moddasida belgilanishicha: NOTA BENE! Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan, deb topiladi. Jinoyat kodeksida shunday normalar mavjudki, ularda ijtimoiy xavfli harakat aybning qasd shaklida sodir etilgan bo‘lishi mumkin, kelib chiqqan 176 oqibatlar esa ehtiyotsizlik orqasida yuz bergan bo‘lishi (masalan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa (Jinoyat kodeksi 104, 3-qism “d”-bandi)). Bunda shaxs qasddan badanga og‘ir shikast yetkazadi, o‘limga nisbatan esa ehtiyotsizlikdan munosabatda bo‘ladi, chunki aybdor javbrlanuvchining sog‘ligiga tajovuz qilganda uni o‘ldirish niyati bo‘lmagan. Umuman bu qilmish qonunga ko‘ra (Jinoyat kodeksi ZZ-moddasi) qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, Jinoyat kodeksi aybning faqat ichki shaklini, ya’ni qasd va ehtiyotsizlikni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan murakkab aybli (23-modda) jinoyatlar aybning uchinchi shakli emas, balki shaxsning jinoiy qilmishida qasd va ehtiyosizlikning uyg‘unlashuvidir holos. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan har bir muayyan holda shaxsning aybini yuz bergan oqibatga nisbatan belgilash lozim. Shuning uchun, agar oqibat yuz bersa, unda shaxsning ehtiyotsizlikdan kelib chiqqan oqibatning yuz berishida aybi bo‘lmasa, uni yuz bergan oqibatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, murakkab aybli jinoyatlarda ehtiyotsizlik faqat jazoni og‘irlashtiruvchi oqibatlarga nisbatan bo‘lishi mumkin, lekin murakkab aybli jinoyatlar umuman qasddan qilingan jinoyat hisoblanadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling