Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Oqibatga nisbatan xato. Oqibatga nisbatan hato qilish ikki xil 
bo‘ladi. Birinchidan, shaxs sodir etgan qilmishning oqibatini bilmaydi. 
Bunday holda shaxsning harakati tufayli kelib chiqqan oqibat ehtiyotsizlik 
natijasida kelib chiqqan deb hisoblanadi. 
Sodir qilinayotgan qilmishning xususiyatiga qarab xatolar har xil 
bo‘lishi mumkin. Masalan, jabrlanuvchining badaniga og‘ir shikast 
yetkazilishi uning o‘limiga sabab bo‘lsa, qilmish qanday kvalifikatsiya 
qilinishi kerak? Bunday holda shaxs qasddan odam o‘ldirishda emas, balki 
uning harakati qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining 
o‘limiga sabab bo‘lgan deb(104-moddaning 3-qismi “d” bandi) 
kvalifikatsiya qilinadi. Bunda badanga shikast yetkazish qasddan, o‘lim 
esa ehtiyotsizlikdan yuz beradi. 
Ikkinchidan, aybdor bir oqibatning kelib chiqishini xohlagan, ammo 
boshqacha oqibat kelib chiqqan bo‘lsa, aybdor qanday oqibatning kelib 
chiqishini xohlagan bo‘lsa, o’sha jinoyatga suiqasd qilish deb hisoblanadi. 
Masalan, shaxs juda ko’p miqdordagi mulkni talon-taroj qilishni maqsad 
qilib, obyektga tajovuz qilgan, ammo ko‘zlangan miqdordagi mulkni 
ololmagan. Bunday holda aybdorning harakati juda ko’p miqdordagi 
mulkni talon-taroj qilishga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinishi kerak. 
Sababiy bog‘lanishga nisbatan xato – sodir etilgan ijtimoiy xavfli 
qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni 
voqealarning rivojlanishi tufayli noto‘g‘ri tasavvur qilishdir. Agar 
aybdorning qasdi(niyati) bilan qamrab olingan oqibat kelib chiqqan bo‘lsa, 
bunday holdagi xato subyekt aybining shakliga ta’sir qilmaydi. 


181
 
 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Jinoyat subyektiv tomoni va ayb tushunchalariga ta’rif bering va 
bu tushunchalar o‘rtasidagi farqni ayting. 
2. Egri qasd va o’z-o’ziga ishonib jinoyat sodir etishning farqi 
nimada? 
3. Murakkab aybli jinoyat deganda nimani tushunasiz ? 
4. Jinoyat motivi va maqsadi nima? 
5. Jinoyat huquqida xato va uning ahamiyati qanday ? 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling