Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


-BOB. JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

9-BOB. JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI 
 
1. 
Jinoiy javobgarlik tushunchasi 
Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir turi bo‘lib, jinoyat 
huquqining asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. 
Bizga ma’lumki, “jinoiy javobgarlik” atamasi yuridik adabiyotlarda 
turlicha. Jumladan, u asosiy jinoiy javobgarlik; jinoiy javobgarlikka 
tortish; jinoiy javobgarlikdan ozod qilish deb talqin qilinadi. 
Davlatning majburlov chorasi hisoblangan jinoiy javobgarlikka 
tortishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ijtimoiy munosabatlarga putur 
yetkazmaslik va huquqbuzarliklarning oldindani olishdan iboratdir. 
Jinoiy javobgarlik jinoyat huquqi normalari bilan qo‘riqlanadigan 
ijtimoiy munosabalarga jiddiy zarar yetkazadigan yoki shunday zarar 
yetkazishi mumkin bo‘lgan tajovuz qilingandagina vujudga keladi. 
Shunday ekan, jinoiy javobgarlik o‘z navbatida qandaydir huquqiy 
oqibatni vujudga keltiradi. Jinoiy javobgarlik esa jinoyat huquqiy 
munosabatdir. Ammo jinoyat huquqiy munosabatning kelib chiqishi uchun 
biron-bir yuridik fakt sodir etilishi talab qilinadi va bunday yuridik fakt 
jinoyatning sodir etilishi hisoblanadi. 
Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir ko‘rinishi bo‘lib, u 
jinoyat qonunida belgilab qo‘yilgan va sud tomonidan jinoyat sodir etishda 
aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan javobgarlikni qo‘llashdan iboratdir. 
Shunga muvofiq ravishda jinoiy javobgarlik javobgarlkning boshqa 
turlari(axloqiy, fuqaroviy, ma’muriy va h.k.)dan eng avvalo o‘zining 
mazmuni jihatidan farq qiladi. 
O‘zR Jinoyat kodeksi 16-moddasida jinoiy javobgarlik tushunchasi 
berilgan: 
NOTA BENE! 
Javobgarlik asoslari 
Jinoyat
tushunchasi (JK 
14-moddasi) 
Jinoyatlarni 
tasniflash (JK 15-
moddasi) 
Jinoyat ucun 
javobgarlik va uning 
asoslari(JK 16-
moddasi)


187

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling