Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoyat sodir etish uchun shart-
sharoitlarni yaratishda ifodalanadi. Jinoyatga suiqasd (harakat bilan, 
alohida hollarda harakatsizlik bilan) bevosita jinoyatni sodir etishga 
qaratilgan bo‘lib, jinoyatning obyektiv tomoni amalga oshiriladi, ammo u 


200
jinoyatchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra oxiriga yetkazilmaydi. 
Tamom bo‘lgan jinoyatda jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud 
bo‘ladi. Dastlabki ikkita bosqich- jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd jinoyat 
huquqi nazariyasida “taxminiy jinoiy harakat” tushunchasi asosida 
birlashtirilgan
Shaxsning harakatida tamom bo‘lmagan jinoyat belgilarining 
mavjudligi obyektiv va subyektiv belgilar bilan chegaralangan. 
Shuningdek,, jinoyatni sodir etish bosqichlari jinoyat turlariga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Jinoyatni sodir etish bosqichi jinoyatchining aniq jinoiy tajovuzni 
amalga oshirishga qaratilgan jinoiy qasddir. Jinoyatni sodir etish 
bosqichlari qator obyektiv belgilari bilan farqlanadi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish moddiy tarkibli jinoyatlarga xos 
bo‘lib, bu jinoyatning sodir etilish shakliga bog‘liqdir. 
Bu qoida jinoyat sodir etishning ikkinchi bosqichi, ya’ni jinoyatga 
suiqasd qilishga ham to‘liq taalluqlidir.  
Harakat orqali amalga oshiriluvchi formal tarkibli jinoyatga suiqasd 
bu jinoyatning obyektiv tomoni:
a) 
murakkab, ya’ni bir qancha harakatlardan iborat bo‘lsa; 
b) 
davomli harakatlarda ifodalanadi. Jinoyat huquqi nazariyasiga 
ko‘ra jinoyatga harakatsizlik orqali ham tayyorgarlik ko‘rilishi
mumkin. Amaliyotda esa bunday holatlar uchramaydi, chunki 
buni isbot qilish juda qiyin, uning xavflilik darajasi esa juda 
past.
Jinoyat sodir etish bosqichlari bir-biridan obyektiv belgilar – jinoiy 
harakatning tugash vaqtiga ko‘ra farqlanadi. Bu o‘rinda tajovuzning 
tamom bo‘lish vaqtiga ko‘ra farq qiluvchi moddiy va formal tarkibli 
jinoyatlarni farqlash lozim bo‘ladi. 
Ba’zi amaliyot xodimlari va nazariyotchilar agar formal tarkibli 
jinoyat harakat orqali sodir etilgan bo‘lsa, unga suiqasd qilish 
mumkinligini ta’kidlaydilar. Bu holat jinoyat obyektiv tomonining 
boshlanish vaqti bilan tugallanish vaqti o‘rtasida muayyan vaqt o‘tganida 
ahamiyatga ega. Bunga pora berish jinoyati misol bo‘la oladi. Mansabdor 
shaxs bilan bo‘lgan kelishuvga ko‘ra pora beruvchi mansabdor shaxsga 
poraxo‘rlik jinoyatning predmeti -katta miqdordagi pul summasini pochta 
yoki telegraf orqali yuboradi. Pora berish predmeti yuborilganidan boshlab 
uni olgungacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jinoyatga suiqasd qilinishi 
mumkin. Bunga firibgarlik jinoyati ham misol bo‘la oladi. Firibgarga 
jabrlanuvchi uchinchi shaxs orqali mulkiy huquqini o‘tkazadi. Mulkiy 


201
huquq uchinchi shaxsga o‘tkazilgan vaqtdan boshlab, firibgar uni qabul 
qilib olguniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida jinoyatga suiqasd qilinadi.
Jinoiy oqibatning kelib chiqishi jinoyatning uchinchi, oxirgi 
bosqichini ifodalaydi. Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonning 
zaruriy belgisi bo‘lgan oqibat kelib chiqqach, jinoyat tamom bo‘lgan 
hisoblanadi. Jinoyatning oqibati-tajovuz obyektiga yetkazilgan turli: 
moddiy, jismoniy, ruhiy, siyosiy, ijtimoiy zararlarda ifodalanadi. Zararning 
xususiyati va miqdori Jinoyat kodeksida belgilanadi. Shuning uchun qonun 
talabidan kelib chiqib jinoyatning tamom bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini 
belgilash mumkin.
Amaliyotda jinoyatning uchala bosqichini ham amalga oshirish zarur 
bo‘lmagan holatlar ham mavjud. Ba’zi hollarda shaxs jinoyatga faqat 
tayyorgarlik ko‘radi va shu bosqichning o‘zida jinoiy harakat tugaydi. 
Ba’zan jinoyatga suiqasd qiladi, ya’ni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga 
ko‘ra qilmishini oxiriga yetkaza olmaydi. Uchinchisida shaxs jinoyat 
tarkibi belgilarini to‘liq sodir etadi. Agar shaxs jinoyatga tayyorgarlik 
ko‘rib(qurol tayyorlasa), so‘ng jabrlanuvchini poylab unga o‘q uzsa, ammo 
o‘q tegmasa, qilmish odam o‘ldirishga suiqasd deb baholanadi. Agar o‘q 
tegib shaxs o‘lsa, jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanib, oldindangi ikki 
bosqichni ham qoplab ketadi.
Jazo tayinlashda jinoyat sodir etilishining har bir bosqichini aniqlash 
muhim ahamiyatga ega. Chunki, ular qilmishning ijtimoiy xavfliligini 
belgilaydi. Umumiy qoidaga ko‘ra suiqasd tayyorgarlik ko‘rishdan, tamom 
bo‘lgan jinoyat esa suiqasddan xavfliroqdir. Bu jinoyatning qaysi 
bosqichda tugallanganligiga qarab og‘irroq jazo tayinlanishini anglatadi. 
Jinoyatning har bir bosqichi alohida kvalifikatsiyani talab qiladi, bu 
aybdorning qilmishni to‘g‘ri anglab olish, uning xavflilik darajasini 
belgilash uchun kerak bo‘ladi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasiga 
muvofiq jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki unga suiqasd qilish uchun 
xuddi tamom bo‘lgan jinoyatga xos bo‘lgan jazo tayinlangan. Tamom 
bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlik asosi Jinoyat kodeksi 25-moddasi 1, 
2-qismlarida nazarda tutilgan jinoyatga tayyorgarlik yoki jinoyat sodir 
qilishga suiqasd qilganlik tarkibining mavjudligidir. Shuning uchun 
mazkur bosqichlarda uzilgan jinoyatni huquqiy baholash uchun Umumiy 
qism normalariga murojaat qilinadi. Undagi umumiy asoslarning jami 
tamom bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlikning huquqiy negizini tashkil 
etadi. Shunday qilib jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishning va suiqasd qilish 
bosqichlarini baholashda Jinoyat kodeksi Umumiy qisming 25-moddasi, 


202
shuningdek,, Maxsus qismdagi bunday tamom bo‘lgan jinoyat uchun 
nazarda tutilgan javobgarlik qo‘llaniladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling