Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoiy javobgarlikning faktik asosi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoiy javobgarlikning faktik asosi shaxs tomonidan sodir etilgan 
qilmishdir. Qilmishning jinoyat deb tan olinishi uchun unda qonunda 
ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‘lishi kerak. 
Jinoiiy javobgarlikning normativ asosi Jinoyat kodeksida ko‘zda 
tutilgan jinoyat tarkibidir. Faktik va normativ asoslar jinoiy 
javobgarlikning umumiy asosini tashkil qiladi. Sodir etilgan qilmish bilan 
qonunda ko‘rsatilgan belgilar o‘rtasida to‘la muvofiqlik mavjud bo‘lsa, 
qilmishga baho berish davlatning vakolatli idoralariga aybdorni jinoiy 
javobgarlikka tortish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini amalga 
oshirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan quyidagicha xulosa qilish 
mumkin: 
1. Jinoiy javobgarlikning yagona va yetarli asos sodir etilgan 
qilmishda jinoyat tarkibining barcha belgilarining mavjud bo‘lishidir.
Jinoyat kodeksida jinoyat tarkibi tushunchasi berilmagan bo‘lsa-da, 
jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat tarkibiga ta’rif berilgan. Jinoyat tarkibi 
deganda, Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan muayyan ijtimoiy 
xavfli qilmishni jinoyat sifatida tavsiflaydigan obyektiv va subyektiv 
elementlarning yig‘indisi tushuniladi. Jinoyat kodeksi Maxsus qism 
normalarining dispozitsiyasida qaysi qilmish jinoyat ekanligi ko‘rsatilgan 
va ularga ta’rif berilgan. Jinoyatning obyektiv belgilari yordamida Jinoyat 
kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar (jinoyatning obyekti), 
qilmishning o‘zi hamda oqibatlari va ular o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish 
(jinoyatning obyektiv tomoni); jinoyatning subyektiv belgilari orqali ayb, 
jinoyatning motivi va maqsadi(subyektiv tomon) va jinoyat sodir etgan 
shaxsga qo‘yiladigan talablar anglanadi.
2. Faqat sodir etilgan qilmishdagina jinoyat tarkibi bo‘lishi mumkin. 
Bu orqali Jinoyat kodeksida shaxsni jinoyat sodir etish haqidagi fikr, o‘y, 
xayol uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligi kafolatlanadi.
3. Jinoyat tarkibi mavjud bo‘lgan qilmish ijtimoiy xavfli, ijtimoiy 
munosabatlarga tajovuz qilgan yoki ular shunday zararni yetkazishning 
real xavfini keltirib chiqargan bo‘lishi lozim. Jinoiy javobgarlik asoslari 
belgilangan Jinoyat kodeksinig 16-moddasida qilmishning ijtimoiy xavfli 
bo‘lishi ko‘rsatilmagan. Lekin Jinoyat kodeksining boshqa moddalari 
mazmunidan bunday xulosaga kelish mumkin, ularda shaxs, davlat yoki 
jamiyat uchun xavfli bo‘lgan qimishlar jinoyat deb hisoblanishi 
belgilangan.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi obyektiv mezon hisoblanadi. Qonun 
chiqaruvchining vazifasi qilmishni ijtimoiy xavfli deb baholab, unga 


192
qarshi kurashishidan iboratdir. Agar qilmishda jinoyat tarkibining barcha 
belgilari bo‘lib, lekin u ijtimoiy xavfli bo‘lmasa, u jinoyat deb topiilmaydi.
4. Jinoiy javobgarlikka tortish asosini aniqlash uchun sodir etilgan 
qilmishni Jinoyat kodeksi Maxsus qism normasi bilan tahlil qilish lozim. 
Agar sodir etilgan qilmishning tarkibiy elementlari Maxsus qism moddasi 
dispozitsiyasida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibiga muvofiq bo‘lsa, sodir etilgan 
qilmishda jinoyat tarkibi mavjud bo‘lib, shaxsni jinoiy javobgarlikka 
tortish uchun asos bo‘ladi. Agar sodir etilgan qilmishda jinoyatning biror 
belgisi bo‘lmasa yoki u ijtimoiy xavfli bo‘lmasa, jinoyat deb 
baholanmaydi. Masalan, o‘zini-o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini-o‘zi o‘ldirishga 
suiqasd qilish. Bu qilmish ijtimoiy xavfli bo‘lsa-da, shaxs jinoiy 
javobgarlikka tortilmaydi. Bunda jinoyat qonunini analogiya bo‘yicha 
qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jinoyat huquqiga taalluqli bo‘lgan jinoyat tarkibi elementlaridan 
adabiyotlarda jinoiy javobgarlikka tortish uchun sodir etilgan qilmishning 
mavjud bo‘lishi yagona asos bo‘ladi.
1
Jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos shaxs tomonidan jinoyat 
tarkibi mavjud bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqtdan 
boshlab vujudga keladi. Biroq uni aniq bir shaxsga nisbatan tadbiq etish 
uchun yuridik hujjat – sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi 
mavjud bo‘lishi lozim. Sudning hukmi jinoiy javobgarlikni qo‘llashning 
asosi hisoblanadi.
Jinoyat kodeksi 5-moddasida fuqarolarning qonun oldida tengligi 
prinsipi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra: “Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, 
irqi, millati, tili, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy 
mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun 
oldida tengligi belgilangan”. Bu asos hech qanday shaxs holatni 
yaxshilovchi yoki yengillashtiruvchi holat bo‘lib hisoblanmaydi degan 
xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Jinoyat kodeksining 8-moddasida:“Hech kim aynan bitta jinoyat 
uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas”,-deyilgan. 
Bitta qilmish uchun ikki marta jinoiy javobgarlikka tortmaslik faqat 
jinoiy javobgarlikka xos xususiyatdir. Ammo bitta jinoyat uchun jinoiy 
javobgarlik bilan bir qatorda boshqa javobgarlik choralari ham qo‘llanishi 
mumkin. Masalan, jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararni 
qoplash(fuqaroviy javobgarlik), ishdan bo‘shatish (intizomiy javobgarlik). 
1
Уголовное право. Общая часть. М.., 1966, С.-41 


193

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling