Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 ba’zilari obyektiv
2
, yana 
boshqa birlari esa ikkali mezonning bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lishi, 
ya’ni aralash mezon turlari mavjud deya ta’kidlaydilar. 
Subyektiv mezon tarafdorlari, suiqasdning turi aybdorning jinoyat 
sodir etish bosqichini qanday baholashiga bog‘liq bo‘ladi, deydilar. 
Obyektiv mezon tarafdorlari esa, suiqasd Jinoyat kodeksi Maxsus qismi 
1
Курс советского уголовного права. Л.., 1968 Т1, С.-562. 
2
Уголовное право.Oбьшая часть. М.., изд МГУ 1993г. 


209
moddasida nazarda tutilgan qilmishning faktik jihatdan sodir etilganligiga 
qarab tamom bo‘lgan yoki tamom bo‘lmagan turlarga bo‘lish 
mumkinligini ta’kidlaydilar.
Aralash mezon tarafdorlari esa, jinoyatni faktik jihatdan sodir etilishi 
va uning aybdor tomonidan baholanishini qayd etadilar. Aralash mezon 
tarafdorlarining fikri ancha asoslidir, ammo aybdor tomonidan jinoyatni 
baholash va qilmishning faktik jihatdan sodir etilganligi har doim ham mos 
kelavermaydi. Masalan, o‘zlashtirish jinoyatini yashirish maqsadida, 
ombor mudiri omborxonaga o‘t qo‘yadi. Biroq olov o‘chib, omborxona 
yonmay qoladi. Bunday holatda aybdor jinoyatni oxiriga yetkazishi uchun 
qo‘shimcha harakat qilishi lozim bo‘lsa-da, lekin jinoyatni tamom bo‘lishi 
uchun barcha harakatlarni amalga oshirganligiga ishonadi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tamom bo‘lmagan suiqasdda jinoyatchi jinoyatning tamom bo‘lishi 
uchun zarur bo‘lgan harakatlarni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga 
ko‘ra oxiriga yetkaza olmaydi. Masalan, shaxs o‘g‘rilik qilish maqsadida 
uyga kiradi, barcha boyliklarni olib chiqib ketish uchun tayyor qilib 
qo‘yganida, to‘satdan uyning egasi kelib qolib uni tutib oladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling