Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


yaroqsiz obyektga (predmetga) suiqasd


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

yaroqsiz obyektga (predmetga) suiqasd va yaroqsiz vosita bilan suiqasd 
qilishga bo‘linadi.
Yaroqsiz obyektga (predmetga) suiqasd qilish shaxsning xatosi 
tufayli jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga zarar 
yetkazilmasligida ifodalanadi. Bunda shaxs jinoyat obyektiga nisbatan 
emas, balki predmetiga nisbatan xato qiladi. Shaxsni o‘ldirish maqsadida 
yaroqsiz quroldan o‘q uzish, aybdor tomonidan zahar deb hisoblangan, 
lekin zararsiz bo‘lgan kukunnni shaxsga berish bunga misol bo‘la oladi. 
Yuqoridagi misollardan suiqasdni yaroqsiz suiqasd deb hisobash qiyin. 
Yaroqsiz suiqasdda shaxs jinoyatni tugatish maqsadida aniq bir obyektga 
tajovuz qiladi, ammo xatoga yo‘l qo‘yganligi tufayli o‘z maqsadiga erisha 
olmaydi. 
Yaroqsiz vosita bilan suiqasd qilish suiqasdning yana bir turi 
hisoblanadi. Bunga ham yuqoridagi misollarni keltirish mumkin. Yaroqsiz 
obyektga suiqasd qilish jinoyat sodir etish vositasi umuman yaroqsizligi va 
undan belgilangan maqsadda foydalanib bo‘lmasligi bilan farqlanadi.


211
4. Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish tushunchasi va uning huquqiy 
belgilari 1994-yilgi Jinoyat kodeksi 26-moddasi va 30-moddasi 5-qismida 
ifodalangan. Jinoyat kodeksi 26-moddasi 1-qismiga muvofiq shaxs 
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki bevosita jinoyat sodir 
etishga qaratilgan harakatlarini oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan 
holda to‘xtatsa, shuningdek,, jinoiy oqibat kelib chiqishini anglagan holda 
shunday oqibat kelib chiqishining oldindani olsa, jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytish deb baholanadi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish faqat jinoyatga tayyorgarlik 
ko‘rish va suiqasd qilish bosqichida, ya’ni jinoyat tamom bo‘lmagan holda 
yuridik ahamiyatga ega.
Qonunda qaysi hollarda jinoyatdan ixtiyoriy qaytish mumkinligi 
belgilab qo‘yilgan. Jinoyat kodeksi 26-moddasi 1-qismiga ko‘ra: a) shaxs 
tomonidan tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatish; b) jinoyatni sodir 
etishni to‘xtatish; v) jinoiy oqibat kelib chiqishining oldindani olish jinoyat 
sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb hisoblanadi.
Shaxsning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun jinoiy 
javobgarlikka tortilmasligi asoslari huquqiy adabiyotlarda turlicha 
ko‘rsatilgan. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish orqali qilmishning va 
shaxsning ijtimoiy xavfliligi yo‘qoladi. N.S. Tagansevning fikriga ko‘ra: 
«... jinoiy harakat ixtiyoriy ravishda to‘xtatilganda uning obyektiv va 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling