Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
4. Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari. 
 
 
 
 
 
 
 
Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlaridan 
birinchisi – shaxsga, uning huquqlari, jamiyat va davlat manfaatlari yoki 
boshqa jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga 
nisbatan bo‘lgan ijtimoiy xavfli tajovuz bo‘lishi kerak (bunda tajovuzning 
shakliga e’tibor berish kerak). 
Yuqorida qayd etilganidek, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmagan 
yoki aqli noraso shaxslar tomonidan sodir etilgan tajovuzlar ham ijtimoiy 
xavfli hisoblanadi. Zaruriy mudofaa mansabdor shaxslarning 
g‘ayriqonuniy harakatlariga qarshi ham amalga oshirilishi mumkin 
(masalan, qonunga xilof ravishda ushlab turish, qonunga xilof ravishda 
sog‘liqqa zarar yetkazish, qonunga xilof ravishda turar joyga bostirib 
kirish va hokazolar). 
Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlaridan 
ikkinchisi —tajovuzning muqarrarligi, ya’ni haqiqatan mavjud bo‘lishidir. 
Muqarrarlik deganda tajovuz boshlangan, lekin tugallanmagan ijtimoiy 
xavfli harakat tushuniladi. Masalan, qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga 
Zaruriy mudofaa
Tajovuzga nisbatan 
Mudofaaga nisbatan 


229
zarar yetkazgan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatning 
mavjudligidadir.
Ijtimoiy xavfli tajovuzga muvofiq keluvchi zaruriy mudofaa 
huquqiyligining muhim sharti uning mavjudligi, ya’ni tajovuzning 
boshlang‘ich va yakuniy holatini aniqlashdan iborat. Tajovuzning 
boshlanishi deganda O‘zR Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan jinoyat 
belgilarini ifodalovchi harakat yoki harakatsizliklarning xronologik 
jihatdan sodir etish tushuniladi. Tajovuzning faktik tugallanishi esa zarar 
yetkazish vujudga kelgan yoki jinoiy oqibat kelib chiqqan vaqt bilan 
belgilanadi. Ijtimoiy xavfli tajovuzning boshlang‘ich va yakuniy holatini 
aniqlash zaruriy mudofaada huquqiylik holatining borligi yoki yo‘qligi 
to‘g‘risidagi masalani hal etish uchungina emas, shuningdek,, qonun 
muhofazasidagi obyektlarga ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilganida yoki 
shunday tajovuzdan mudofaalanishda zaruriy mudofaa chegarasidan 
chetga chiqish faktini aniqlash uchun ham kerak. 
Shu munosabat bilan Oliy sud plenumi qarorida: «Zaruriy mudofaa 
holati faqatgina ijtimoiy xavfli tajovuz yuz bergan vaqtning o‘zigagina 
emas, balki tajovuzning yana boshlanish xavfi mavjud bo‘lgan hollarda 
ham vujudga keladi. Zaruriy mudofaa holati tajovuz tugagandan so‘ng 
ham bo‘lishi mumkin, agar himoyalanuvchi ish holatlariga ko‘ra tajovuz 
tugagan vaqtini anglay olmagan bo‘lsa, hujum vaqtida tajovuzga nisbatan 
va boshqa ashyolarning himoyalanuvchi qo‘liga o‘tib qolishining o‘zi 
tajovuz tugaganligidan dalolat bermaydi», deb ko‘rsatib o‘tilgan. 
Zaruriy mudofaa holati tajovuzning tugashi bilan tugaydi. 
Tajovuzning tugashi bilanoq hujumning muqarrarligi yo‘qoladi, shu bilan 
birgalikda zaruriy mudofaa huquqi to‘xtatiladi. Tajovuz tugaganidan so‘ng 
biron-bir obyektni himoya qilib, zaruriy mudofaa qo‘llanishi mumkin 
emas.
Tajovuz: a) ixtiyoriy yoki majburiy; b) mudofaalanuvchi tomonidan 
uning qaytarilishi; v) tajovuzchining o‘z maqsadiga yetishi orqali 
tugallanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi zaruriy mudofaa 
to‘g‘risidagi qoidani qo‘llash to‘g‘risidagi rahbariy qarorida quyidagicha 
izoh berilgan:
Zaruriy mudofaa faqat ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotgan vaqtda 
emas, balki real hujum bo‘lish xavfi mavjud bo‘lganda ham sodir 
etilishi mumkin.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling