Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mudofaaga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari quyidagilardan iborat: Zaruriy mudofaadagi «mudofaa
NOTA BENE!
230 Tajovuzdan oldindan yoki u tugaganidan so‘ng biror zaruriyat bo‘lmagan holda tajovuz qiluvchiga zarar yetkazilishi zaruriy mudofaa deb hisoblanmaydi. Bunday holatlarda javobgarlik umumiy asoslarga ko‘ra hal qilinadi. Uchinchi sharti — tajovuzning realligi, ya’ni tajovuzning himoyalanuvchi xayolida bo‘lmay, balki haqiqatan ham (obyektiv) ro‘y berganligidir. Bu holatlarda zaruriy mudofaa choralarini qo‘llagan shaxsga barcha holatlar yuz bergan vaziyat haqiqatda ham tajovuz yuz berayapti, deb taxminlashga asos bo‘lsa va shaxs o‘zining taxminlari xatoligini bilmagan va bilishi ham mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uning harakatlari zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb topilishi kerak. Agar vujudga kelgan vaziyat shaxsga tajovuzning yo‘qligini tushunish uchun asos bo‘lsa, u xayolan hujum qilayotgan shaxsga zarar yetkazsa, himoyalanuvchining javobgarligi istisno qilinmaydi, balki aybning ehtiyotsizlik shakli mavjud bo‘lib va mudofaalanuvchi ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazilganligi uchun javobgarlikka tortiladi. Hozirgi kunda olimlar o‘rtasida tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning to‘rtinchi sharti sifatida – tajovuzning harakteri, ya’ni huquqqa xilofligi shartini isbotlashga qaratilgan fikrlar ham mavjud. Mudofaaga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari quyidagilardan iborat: Zaruriy mudofaadagi «mudofaa» elementi «tajovuz»dan ijtimoiy foydali maqsadga yo‘naltirilganligi, mudofaalanish ehtiyoji bilan amalga oshirilganligi, shuningdek,, faqat mudofaalanuvchining bunday huquqqa ega ekanligi bilan farqlanadi. Zaruriy mudofaada himoyalanishga qaratilgan harakatlar ijtimoiy xavfli bo‘lsa-da, u qonunda belgilangan mudofaalanuvchining tashabbusi bilan amalga oshiriladigan faol xatti-harakatlardan iboratdir. Lekin shunday holatlar ham mavjudki, ular zaruriy mudofaa deb hisoblanmasligi kerak. Masalan, tajovuz qilinayotgan vaqtda mudofaalanuvchining harakatlari tajovuzdan chekinish, qochish kabi «passiv» harakterga ega bo’lsa va bunda tajovuzchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa ham. (Masalan, tajovuzchi mudofaalanuvchini ushlash maqsadida uning orqasidan quvgan vaqtida yiqilib jarohat olgan bo‘lsa, bunday harakatlar nafaqat zaruriy mudofaa, balki jinoyat deb ham tan olinmaydi.) Mudofaaga nisbatan zaruriy mudofaaning birinchi sharti — mudofaa faqat Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga tajovuz qilish 231 muqarrar bo‘lganida amalga oshirilishi mumkin. Zaruriy mudofaa ijtimoiy foydali maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Zaruriy mudofaa shaxsning subyektiv huquqi bo‘lib, u nafaqat o‘z hayotini, balki davlat va jamiyat manfaatlarini ham himoya qilishi mumkin. Shaxsning qilmishi ijtimoiy foydali bo‘lmasa yoki jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga tajovuz qilishga qaratilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyat deb baholanmog‘i lozim. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling