Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

To‘rtinchi sharti muayyan holatdagi xavfni boshqa vositalar bilan 
bartaraf etib bo‘lmasligi sababli boshqa ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkaziladi. Agar boshqa mudofaa choralari orqali xavfni bartaraf qilish 


244
mumkin bo‘lsa, oxirgi zarurat holati bo‘lmaydi. Chunki xavfni bartaraf 
etishga qaratilgan harakat ijtimoiy munosabatlarga tahdid solayotgan 
xavfni bartaraf etishning yagona yo‘li, vositasi, yechimi bo‘lishi shart. 
Yetkazilgan zararning muvofiqligi oxirgi zaruratning huquqiy 
shartlaridan biri bo‘lib, yetkazilgan zararning bartaraf etilgan zararga 
nisbatan kamroq bo‘lishini bildiradi. Bunday shart oxirgi zarurat holatida 
zarar tajovuzchiga emas, balki qonun bilan belgilangan boshqa 
manfaatlarga yetkazilishi tufayli shunday qilib belgilangan. 
Yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning mosligi – zarar yetkazilgan 
va himoya qilingan huquq va manfaatlar muvofiqligini bildiradi. 
Tergov va sud organlari yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning 
miqdor va sifat jihatdan mos kelishining quyidagi tamoyillariga ahamiyat 
berishlari kerak: 
Yetkazilgan zarar bartaraf etilgan xavfdan ko‘ra ko‘p bo‘lsa, bunday 
hollarda tergov va sud organlari yetkazilgan zararning bartaraf etilgan 
xavfdan ko‘ra kamroq bo‘lishiga e’tibor berishlari kerak. (Masalan, 
shaxsning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida uning mulkiga 
zarar yetkazilishi.) 
Sifat jihatdan bir xil zarar yetkazilsa, ya’ni yetkazilgan va bartaraf 
etilgan zarar bir xil manfaatlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa.
Bunday hollarda yetkazilgan zarar bartaraf etilgan xavfdan miqdor 
jihatdan kam bo‘lishiga e’tibor berish kerak. ( Masalan, og‘ir tan jarohat 
yetkazilishini bartaraf etish maqsadida shaxsga yengil tan jarohat 
yetkazilishi.) 
Bartaraf etilgan xavfning xususiyati va darajasi jihatdan farq qiluvchi 
zarar yetkazilishiga e’tibor berish kerak. Masalan, Jinoyat qonuni bilan 
qo‘riqlanadigan bir necha obyektlarni himoya qilish maqsadida undan ham 
muhimroq boshqa obyektga zarar yetkazilishi. ( Masalan, bir necha 
shaxslarga og‘ir tan jarohat yetkazilishining oldindani olish maqsadida 
shaxsning hayotiga suiqasd qilish.) 
Oxirgi zaruratning mudofaaga nisbatan huquqiy shartlari: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling