Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

5. Oxirgi zarurat 
Qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlardan yana biri oxirgi 
zaruratdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 38-moddasida:
NOTA BENE! 
Oxirgi zarurat holatida, shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga 
yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi 
xavfni qaytarish uchun qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va 
manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu 
xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji bo‘lmasa 
hamda yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq 
bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi, deb belgilab qo‘yilgan. 
Oxirgi zarurat quyidagi holatlarda vujudga kelishi mumkin: 
1. 
shaxsning xulq-atvori; 
2. 
ekstrimal shart-sharoitlardagi shaxs organizmining fiziologik 
holati; 
3. 
hayvonlarning tajovuzi; 
4. 
harakatdagi mashina va mexanizmning tuzalmas holati; 
5. 
tabiiy, texnogen va shunga o‘xshash favqulodda holatlar. 
Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga xavf 
solayotgan tajovuzni yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar jinoyat 
qonuni bilan qo‘riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga zarar 
keltirishdan iborat bo‘lgani kabi, oxirgi zarurat qonuniyligining ham 
asosiy shartlari mavjuddir. Bu shartlarni tahdid solayotgan xavfga va 
undan himoyalanishga tegishli bo‘lgan shartlarga ajratish mumkin. 


242
Oxirgi zaruratning tahdid solayotgan xavfga nisbatan huquqiy 
shartlari haqida gapirganda, uning ijtimoiy xavfliligi, mavjudligi va 
haqiqiyligi kabi belgilariga to‘xtalib o‘tish lozim.
Oxirgi zaruratning tahdid solayotgan xavfga nisbatan huquqiy 
shartlari: 
Birinchi sharti oxirgi zarurat holati xavf manbaining vujudga kelishi 
bilan namoyon bo‘ladi. Xavf manbai turli xil voqealar bo‘lishi mumkin. 
Ularga inson tomonidan sodir etilgan harakatlar, tabiiy ofat (zilzila, suv 
bosishi, yong‘in va hokazolar), hayvonlarning (qutirgan itning, ho‘kizning) 
odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan agressiv 
harakatlari kiradi. Turli xil nosoz mexanizm va qurilmalar ham xavf 
manbai bo‘lishi mumkin. 
Tahdid solishi mumkin bo‘lgan xavf manbalarining to‘la ro‘yxatini 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun jinoyat qonuni bilan 
qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga xavf tug‘diruvchi barcha 
hodisalar, voqealar, harakatlar oxirgi zarurat holatini keltirib chiqaruvchi 
manbalar hisoblanadi. 
Xavf manbai shaxsning xulq-atvori bo‘lgan taqdirda tergov va sud 
organlari sodir etilgan qilmishning subyektiv tomoniga e’tibor berishlari 
kerak. Agar shaxsning qilmishi bir necha xatti-harakatdan iborat bo‘lsa, 
uning dastlabki va keyingi qilmishlaridagi maqsad hisobga olinishi kerak. 
Shaxs dastlabki xatti-harakatini qasddan sodir etib, keyinchalik vujudga 
kelgan ijtimoiy xavfli oqibatni bartaraf etish maqsadida yana bir ijtimoiy 
xavfli qilmish sodir etsa, uning so‘nggi qilmishi oxirgi zarurat holatida 
sodir qilingan deb topilishi kerak. Masalan, shaxs boshqa bir shaxsga og‘ir 
tan jarohati yetkazib, keyinchalik esa uning hayotini qutqarib qolish uchun 
avtomashinani olib qochsa, shaxsning keyingi qilmishi oxirgi zarurat deb 
kvalifikatsiya qilinib, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling