Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Ushlash uslubi deganda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni 
ushlash maqsadida unga ta’sir etishning turli xil taktik usullari (masalan, 
jismoniy yoki ruhiy zo’rlik ishlatib, aldash yoki ishontirish yo‘li bilan) 


236
tushunilsa, ushlash vositalari esa ushlash jarayonida ishlatiladigan turli xil 
qurollar, predmetlar va texnik anjomlar yig‘indisidan (o‘qotar qurol, qo‘l 
kishani, arqon va h.k.) iboratdir.
U yoki bu usul yoki vositalardan foydalanish shakli va darajasi – 
aniq hollarda ijtimoiy xavflilik darajasi, shaxsning ijtimoiy xavfliligi 
hamda ushlashdagi vaziyat va shart-sharoitlar bilan bog‘liq. Masalan, og‘ir 
yoki o‘ta og‘ir (odam o‘ldirish, bosqinchilik va h.k.) jinoyatni sodir etgan 
shaxslarni ushlashda qo‘liga kishan solinishi mumkin, uncha og‘ir 
bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan bu usul qo‘llanilmaydi. 
Ushlash vositalari va usullari yuqorida ko’rsatilgan mezonlarga mos 
kelmagan taqdirda ushlash g‘ayriqonuniy deb, qarshilik ko‘rsatuvchi 
shaxsning qilmishi esa jinoiy emas deb baholanishi mumkin. 
Shaxsning erkinligini qisqa muddatga cheklash tarzidagi ushlab 
turish shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida amalga 
oshirilganida qonuniy hisoblanadi, boshqa maqsad (masalan, o‘g‘irlangan 
mulkni qaytarib olish maqsadida ushlab turish) ko‘zlangan taqdirda 
shaxsning bunday qilmishi jinoyat deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash elementlaridan 
yana biri ushlashni amalga oshirish vaqti hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etgan shaxsni ushlashga bo‘lgan huquq imjtimoiy xavfli 
qilmish tugallanishi bilan vujudga keladi va jinoiy javobgarlikka tortish 
muddatining yoki ayblov hukmini ijro etish muddatining o‘tib ketishi bilan 
to‘xtaydi. 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashga bo‘lgan huquq 
jinoyat ishini yuritishga to‘sqinlik qiladigan quyidagi holatlar mavjud 
bo‘lganda hisobga olinmaydi: 
1) 
ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi 
o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa; 
2) 
shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa; 
3) 
shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasa; 
4) 
e’lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga 
daxldor bo‘lsa; 
5) 
shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha ishni tugatish haqida 
sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi(qarori) yoki vakolatli mansabdor 
shaxsning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida 
bekor qilinmagan qarori bo‘lsa; 
6) 
ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo‘zg‘atilgan hollarda 
uning shikoyati bo‘lmasa, JPKning 325-moddasida nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno; 


237
7) 
shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtda jinoiy 
javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan bo‘lsa (O‘zR 
JPK 83-moddasi va 84-moddasi 1-qismi). 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar 
yetkazishning huquqiyligi elementlarini izohlash bilan birga, qilmishning 
ijtimoiy xavflilik darajasi, aybning shakli, jinoyatning tugallangan yoki 
tugallanmaganligi, shuningdek,, ishtirokchilik shakli ham inobatga olinishi 
lozim. 
Ijtimoiy xavfli hisoblanmagan ma’muriy huquqbuzarlik yoki 
intizomiy qilmish sodir etgan shaxsni, shuningdek,, jinoyat sodir etish 
uyida bo‘lgan shaxsga ushlash vaqtida zarar yetkazilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Albatta ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida 
zarar yetkazishning qonuniylik darajasini belgilovchi bir qancha shartlari 
bor. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling