Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Ikkinchi sharti — mudofaa vaqtida zarar uni hayotdan mahrum 
qilish, sog‘lig’iga zarar yetkazish, mulkini nobud qilish va hokazo faqat 
tajovuzchiga yetkazilishi mumkin.
Agar tajovuz natijasida mudofaalanuvchi tomonidan boshqa 
shaxslarga zarar yetkazilgan taqdirda, uning qilmishi: 
- jinoyat kodeksida belgilangan talablarga javob bersa, oxirgi zarurat 
sifatida; 
- sodir etilgan jinoyatda barcha zaruriy shartlar mavjud bo‘lgan 
hollarda xayoliy mudofaa qoidalari bo‘yicha zaruriy mudofaa yoki 
ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan jinoyat sifatida
- umumiy shartlar asosida qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir 
etilgan jinoyat sifatida; 
- aybsiz holda zarar yetkazish sifatida, bunday hollarda qilmish O‘zR 
Jinoyat kodeksiga binoan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi, deb 
kvalifikatsiya qilinishi mumkin 
Uchinchi sharti — mudofaa holatida zaruriy mudofaa chegarasidan 
chetga chiqilmasligi lozim. 
Himoyaga xos bo‘lgan zaruriy mudofaa huquqiyligining muhim 
sharti – himoyaning aniq sharoitda tajovuzning xususiyati va xavfliligiga 
mos bo‘lishidir. Jinoyat-huquqiy nazariyada zaruriy mudofaaning bu 
belgisi “tajovuz va himoyaning mutanosibligi” deb nomlanadi. 
Mudofaaning tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga muvofiq 
kelishining asosiy talabi - mudofaaning jinoiy tajovuz ichki tomoniga mos 
kelishidir. Qilmishning ichki tomoni – uning ijtimoiy munosabatlarga 
jinoiy zarar yetkazishga yo‘naltirilganligi orqali izohlanadi. 
Qonunda agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan 
bo‘lsa, himoya huquqiydir, deb belgilab qo‘yilgan. 
Tajovuzning xususiyati va xavflilik darajasiga butunlay muvofiq 
kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb 
topiladi (Jinoyat kodeksi 37-moddasi 2-qismi). 
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilishiga quyidagi ikki 
holatda yo‘l qo‘yilishi mumkin: a) mudofaalanuvchi tomonidan 


232
himoyaning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi; b) himoyaning tajovuz 
xususiyati va xavfliligiga umuman muvofiq kelmasligi.
Respublikamiz jinoyat qonuniga muvofiq, zaruriy mudofaa 
chegarasidan chetga chiqish oqibatida zarar yetkazilgan bo‘lsa-da, u jazoni 
yengillashtiruvchi holat deb qaraladi (Jinoyat kodeksi 100-moddasi va 
107-moddasi). 
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish natijasida Jinoyat 
kodeksida belgilangan obyektlarga zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoiy 
javobgarlik, boshqa obyektlarga zarar yetkazilgan bo‘lsa, ma’muriy, 
fuqarolik huquqiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin. 
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish obyektiv va subyektiv 
belgilarga ega. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning obyektiv 
tomoni mudofaaning tajovuz xususiyatini va xavflilik darajasiga mos 
kelmasligini bildiradi. Subyektiv tomondan esa zaruriy mudofaa 
doirasidan chetga chiqish aybning qasd shakli bilan, xususan, zaruriy 
mudofaa chegarasidan chetga chiqishga nisbatan qasd va jinoyat oqibatiga 
nisbatan ehtiyotsizlik bilan tavsiflanadi.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilgan yoki 
chiqilmaganligini aniqlashda subyektiv tomonning maqsadi, ya’ni aynan 
tajovuzdan mudofaalanishning maqsadiga e’tibor berish lozim. Agar 
bunday maqsad bo‘lmasa, qilmish zaruriy mudofaa chegarasidan chetga 
chiqish deb kvalifikatsiya qilinmasligi kerak.
Ijtimoiy xavfli tajovuzni qaytarish vaqtida tajovuzchiga ehtiyotsizlik 
orqasida zarar yetkazilgan bo‘lsa, u mudofaalanuvchini jinoiy 
javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lolmaydi. 
Respublika Oliy sudi Plenumi qarorida ta’kidlanishicha, «Sudlar 
zaruriy mudofaa alomatlari bor yoki yo‘qligi masalasini hal etishda 
himoyalanish va hujum vositalarini hisobga olishdan tashqari, tajovuzchi 
tomonidan himoyalanuvchiga tug‘dirilgan xavfning harakteri
himoyalanuvchining kuchlar nisbatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishdagi barcha 
holatlar(hujum qiluvchi va himoyalanuvchilarning soni, ularning yoshi, 
jismoniy quvvati, quroli, joy, vaqt va boshqalar)ni hisobga olishi zarur. 
Agar tajovuz bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, 
mudofaalanuvchi hujum qiluvchilarning har biriga guruhdagi hamma 
tajovuzchilar harakatining harakteri va xavflilik darajasiga qarab tegishli 
himoya choralarini ko‘rishga haqli. 
Tajovuz tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida 
mudofaalanuvchi mavjud xavfning harakterini hamma vaqt ham aniq 


233
anglay olmasligi va mudofaaning tajovuzga nisbatan nomuvofiq usulini 
tanlashi mumkin. 
Agar mudofaalanuvchi yetkazgan zarar oldi olingan zarardan ko‘p 
bo‘lsa va uning oldindani olish uchun yetarli bo‘lgan bo‘lsa, uning 
harakatini zaruriy mudofaa chegarasidan chiqqan deb bo‘lmaydi. 
Zaruriy mudofaaga bo‘lgan huquqning subyekti bevosita o‘ziga yoki 
boshqa shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan 
tajovuzga nisbatan mudofaalanuvchi shaxs hisoblanadi. Bunda 
subyektning muomala layoqati, uning ijtimoiy holati va mavqei, oddiy 
fuqaro yoki chet el fuqarosi ekanligi ahmiyatga ega emas. 
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning subyekti esa 
qonunda jinoyat subyektiga qo‘yilgan talablarga javob berishi kerak, ya’ni 
aybdor 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi kerak. 
Zaruriy mudofaa shaxsning subyektiv huquqi hisoblanib, tajovuz 
yo‘naltirilgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish 
imkoniyatii bor-yo‘qligidan qat’i nazar, mudofaalanish huquqiga ega. 
Lekin ayrim vazifani egallab turgan shaxslarga nisbatan bunday huquq 
ularga qonun bilan qo‘riqlanadigan majburiyat sifatida 
yuklatilgan(masalan, militsiya, MXX xodimlari, harbiy xizmatchilar, 
inkassatorlar va hokazolar). 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling