Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi sharti
- Uchinchi sharti
Birinchi sharti- tavakkalchilikning ijtimoiy foydali maqsadlarga
yo‘naltirilganligidir. Ya’ni tavakkalchilik shaxsiy maqsadga emas, ijtimoiy foydali natijalarga erishishga qaratilgan bo’lishi kerak. Shaxsiy maqsadlarga yo‘naltirilgan tavakkalchilik asosli deb hisoblanmaydi. Bu borada shaxsiy maqsadlarni shaxsiy motivlardan farqlay olish muhim. Bizga ma’lumki, motiv – u yoki bu qilmish sodir etish istagini tug‘diruvchi sabab. Shu sababli shaxsiy motiv ijtimoiy foydali bo‘lishi ham mumkin. Masalan, olqishlarga sazovor bo‘lish uchun shaxsni o‘limdan qutqarish. Demak, ijtimoiy foydali maqsad – qilmishni kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik sifatida kvalifikatsiya qilish, unga to‘g‘ri huquqiy baho berish hamda jinoiy javobgarlik masalasini hal qilish uchun muhimdir. Ikkinchi sharti- tavakkalchilik zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga mos kelishi lozim, shunday tajribalarni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. Tavakkalchilik bilan bog‘liq qilmishlarning zamonaviy bilim va tajribalarga mosligi haqidagi qonun talablari, avvalambor, bunday qilmishlarning subyektiv bilimlar va subyektiv tajribalarga muvofiq bo‘lishini bildiradi. Uchinchi sharti- o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga tavakkal qilmay erishishning iloji bo‘lmasa, shaxs boshqalarning huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishining oldindani olish uchun tegishli choralarni ko‘rgan bo‘lsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi. Ya’ni bunday hollarda shaxs o‘z-o‘ziga ishonish orqali harakat qilmasdan, balki aniq hisob-kitob olib boradi va qonun bilan 252 qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldindani olishga harakat qiladi. Oldindani olish choralarini ko‘rish zarurligi obyektiv va subyektiv mezonlar asosida belgilanadi. Obyektiv tomondan xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi shundan iboratki, tavakkalchilik bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish sharoiti aynan shu choralarning ko‘rilishini talab qiladi (masalan, yong‘in bilan bog‘liq tajribalarni o‘tkazishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish). Subyektiv tomondan xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi shuni bildiradiki, shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibat va uning hajmini anglay oladi, shu sababli zarar kelib chiqmasligi yoki ahamiyatsiz bo‘lishi uchun ham u shunday choralarni ko‘radi. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha shartlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina tavakkalchilik asosli va huquqiy hisoblanadi, yetkazilgan zarar esa jinoiy emas deb topiladi. Bu borada yetkazilgan zararning hajmi ahamiyatga ega bo‘lib, agar u erishilgan ijtimoiy foydali maqsaddan kamroq bo‘lsa jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkal qilishdan ko‘zlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan va “yetkazilgan zarar” ijtimoiy-foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bo‘lgan natijadan ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham tavakkalchi shaxsni javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmaydi. Tavakkalchilik, agar muayyan maqsadga erishish uchun qilinmasdan, unga eksperimentlar o‘tkazmasdan turib ham erishish mumkin bo‘lsa va tavakkalga yo‘l qo‘ygan shaxs huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazishining oldindani olmagan bo‘lsa, asossiz deb topiladi. Ayni vaqtda tavakkalchilik odamlarning halok bo‘lishi xavfi, ekologiya holatining buzilishi yoxud boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, masalan, sifatsiz oziq- ovqatlarni sotuvga chiqarish, katta maydondagi yerlarni zaharlash xavfi, suv shaxobchalarining zaharlanishi va hokazolar ro‘y bersa asosli tavakkalchilik hisoblanmaydi. Demak, quyidagilar: A) ko‘pchilik shaxslar hayoti uchun xavfli tarzda amalga oshirilgan; B) ekologik halokat yoki ommaviy qashshoqlik xavfini tug‘diruvchi; D) boshqacha og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaruvchi tavakkalchilik asosli deb topilmaydi. 253 Odamlarning halok bo‘lish xavfi deganda, tavakkalchilikni amalga oshirish oqibatida ikki yoki undan ortiq odamlarning hayoti xavf ostida qolishi tushuniladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling