Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

7. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik 
Bugungi kunda barcha sohalarda, shuningdek,, fan va texnikaning 
intensiv ravishda rivojlanib borayotganligi munosabati bilan yangi-yangi 
texnologik jarayonlarni va alohida texnik, ishlab chiqarish operatsiyalarini 
uzaytirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va ularni hayotga tadbiq qilish 
davomida biz xohlasak-xohlamasak, jinoyat huquqi tomonidan 
qo‘riqlanadigan obyektga nisbatan bir qancha hollarda ancha zarar 
yetkazayotgan yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan zararga ongli ravishda, 
tavakkalchilik asosida yo‘l qo‘yamiz. 
Ma’lum bir tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan tajriba
eksperimentlarsiz ishlab chiqarish tashkil qilinmas ekan, texnika, tibbiyot 
kelajakda rivojlanmaydi. Albatta, biror eksperiment, tajriba o‘tkazilganda, 
tavakkal qilmasdan bo‘lmaydi, tavakkalchilikda esa maqsadga erishishga 
yuz foiz ishonch bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan ham qonun chiqaruvchi 
Jinoyat kodeksiga yangi norma sifatida qilmishni istisno qiluvchi holat — 
kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilikni kiritdi. 
Respublikamiz yangi jinoyat qonuniga bunday harakatni qilmishning 
jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida alohida modda sifatida 
kiritilishining ahamiyati katta. Chunki bunday harakat zamirida ijtimoiy 
foydali xususiyat, ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
zaruriy faoliyat orqali keltirilishi mumkin bo‘lgan jiddiy zararning 
oldindani olishga hamda imkon qadar ijobiy natijalarga erishishga 
qaratilgan inson ongi va mehnati yotadi. 
Bu fan, texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun 
olimlar va ishlab chiqarish xodimlari tomonidan tajribalar o‘tkazish 
davrida yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklardan qo‘rqmasligi va mana 


251
shu xato, kamchiliklari uchun javobgarlikka tortilishdan qo‘rqmasliklari 
maqsadida qilingandir.
Tavakkalchilik ijtimoiy foydali maqsadlarga boshqa harakatlar bilan 
erishish mumkin bo‘lmaganida va tavakkal qilgan shaxs jinoyat qonuni 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni 
bartaraf etish uchun yetarli choralarni ko‘rgan bo‘lsa, asosli deb topiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 41-moddasiga ko‘ra: 
NOTA BENE! 
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo‘jalik 
faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi. 
Quyidagi bir qator shartlar mavjud bo‘lgandagina kasb yoki xo‘jalik 
faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qonuniy hisoblanadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling