Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Majburlash deganda shaxsning o‘z xohishiga qarshi biron-bir
qilmishni sodir etishga majbur etish maqsadida amalga oshiriladigan barcha ruhiy yoki jismoniy ta’sir choralari tushunilishi lozim. Agar shaxs jismoniy yoki ruhiy majburlash ta’siri ostida jinoyat sodir etsa-yu, ammo oxirgi zaruratning barcha shartlariga amal qilsa, uning qilmishlari jinoyat deb topilmaydi. Jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlariga zarar yetkazuvchi majburlov ostidagi shaxsning erkin xulq- atvoriga turli xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, shaxsning o‘zi harakatlarini tanlash erkinligi butunlay cheklangan yoki bunday cheklanganlik nisbiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shaxs faoliyatining turli xususiyatdaligi ularni har hil huquqiy baholashga olib keladi. Xususan, agar shaxs o‘zining xatti-harakatini boshqara olmagan (masalan, to‘liq izolatsiya yoki gipnoz ostida bo‘lish) hollarda majburlanuvchi shaxs qo‘l ostidagi jinoyat quroli bo‘lib, u o‘z harakatlarini tanlash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi va shuning uchun ham u jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Agar shaxs o‘zi xatti-harakatini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa (masalan, zarar yetkazish xavfi mavjud bo‘lganda) majburlangan shaxsning qilmishi oxirgi zarurat bo‘yicha baholanishi lozim. Agar shaxsning qilmishi oxirgi zaruratning huquqiy shartlariga mos kelmasa yoki uning chegarasidan chetga chiqqan bo‘lsa, majburlangan shaxsning xatti-harakati mustaqil tarkibli jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday vaziyatda shaxsning majburlov ostida sodir etgan qilmishi jinoiy javobgarlikni yengillashtiruvchi holat sifatida ko‘rilishi kerak (Jinoyat kodeksi, 55-modda, 5- qism). Sud yoki tergov amaliyotida u yoki bu qilmishni o‘xshash institutlar hisoblangan oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa deb kvalifikatsiya qilish masalasida ma’lum bir qiyinchiliklar mavjud. Bu borada qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish jinoyat qonunchiligi oldida turgan vazifalarni bajarish, 247 zarar yetkazgan qilmish huquqiyligi chegarasini belgilash hamda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun muhimdir. Oxirgi zarurat va zaruriy mudofaaning farqlari: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling