Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
birinchidan, buyruq va boshqa farmoyishlarni ijro etuvchi shaxslar
shu buyruq va boshqa farmoyishlar beruvchi shaxsning bo‘ysunuvida (qaramog‘ida) bo‘lishi kerak; ikkinchidan, buyruq va boshqa farmoyishlarni tegishli shaklda bajarish uni bajaruvchi shaxsning majburiyati, ya’ni xizmat burchi hisoblanadi; 249 uchinchidan, buyruqni ijro etuvchi shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish harakat yoki harakatsizlik shaklida bo‘lishi mumkin; to‘rtinchidan, buyruq va boshqa farmoyishlarni ijro etishda Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga ma’lum darajada zarar yetkazilishi kerak. Bajaruvchi tomonidan yetkazilgan zarar uchun o‘sha buyruq yoki farmoyishlar bergan shaxs javobgarlikka tortiladi, bunday hollarda bajaruvchi jinoyatni sodir etishning quroli sifatida xizmat qilib yoki boshqa farmoyishlarni ijro etgan qilmishi uchun javobgarlikka tortilmaydi. Buyruqning huquqiy shartlari va buyruqni ijro etishning huquqiy shartlarini ajrata olish kerak; beshinchidan, buyruqning huquqiy shartlari: Buyruq yoki boshqa farmoyishlar mansabdor shaxs tomonidan uning vakolat doirasida berilishi kerak. Buyruq qonunda ko‘rsatilgan tegishli shaklda (yozma, og‘zaki, texnik vositalar orqali) berilishi kerak. Buyruq g‘ayriqonuniy deb hisoblanmaydi (bunday holda uning jinoiyligi haqida gap ketishi ham mumkin emas); oltinchidan, buyruqni ijro etishning huquqiy shartlari: a) buyruqni ijro etuvchi shaxs tomonidan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilganidagina buyruq ijro etuvchi shaxsning javobgarligi hal qilinadi; b) ijro etuvchi buyruq bilan belgilangan harakatlar doirasidan chetga chiqmasligi kerak; c) buyruqni ijro etuvchi faqat qasddan yetkazilgan zararli harakatlari uchun javob beradi. G‘ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyish yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 40-moddasi 2-qismida jinoiyligi oldindandan ayon bo‘lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs umumiy asoslarda javobgarlikka tortilishi haqida bayon qilingan. Bunday hollarda jinoiy buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarishdan oldindan uni bajarayotgan shaxs uning jinoiyligini bilishi va bila turib jinoiy buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarishi lozim. Ijrochi buyruqning jinoiyligini oldindandan bila turib uni bajarsa, bunday holat ishtirokchilik sifatida baholanib, buyruq beruvchi tashkilotchi, uni ijro etuvchi esa bajaruvchi shaxs deb topiladi. 250 G‘ayrihuquqiy yoki jinoiyligi ma’lum bo‘lgan buyruq, farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlarini bajarmaslik yoki buzish, agar bunday qilmish qonunda jinoyat deb belgilangan bo‘lsa ham (Jinoyat kodeksining 279, 280-moddalari), jinoiy javobgarlikni istisno qiladi. Shaxs buyruqni, farmoyishni yoki mansab burchlarini, basharti ular shaxsga noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, ijro etgani yoki buzgani uchun javobgarlikka tortilmaydi. Agar uning qilmishi boshqa jinoyat tarkibi belgilarini o‘zida ifodalagan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladi. Buyruq, boshqa farmoyishlar yoki mansab majburiyatlarining g‘ayriqonuniyligi ularning jinoiy yoki huquqqa xiloflik xususiyatidan kelib chiqadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling