Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

tashkilotchi deb topiladi (28-modda, 3-qism), ya’ni tashkilotchi: 1) ji-
noyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki 2) jinoyat sodir etilishiga rahbarlik 
qiladi. Ikki holatda ham u «tashkilotchi» so‘zi ma’nosidan kelib chiquvchi 
jinoyatga tayyorgarlikni amalga oshiradi. Jinoyat sodir etish «g‘oya»si va 
undan so‘nggi harakatlarni rejalashtirish, tashkil qilish unga tegishlidir.
Shu o‘rinda jinoyat sodir etish haqidagi fikrning yuzaga kelishi 
faqatgina tashkilotchining o‘zigagina tegishli emasligini ta’kidlab o‘tish 
lozim. Ba’zi hollarda birgalikdagi bajaruvchilardan birida ham bunday fikr 
paydo bo‘lishi mumkin. Sud amaliyotida birgalikda bajaruvchilardan 
birida bunday fikrning paydo bo‘lishi uchrab turadi. Masalan, guruh bo‘lib 
bezorilik qilish, nomusga tegish jinoyatlarini sodir etishda. 
Tashkilotchi ko‘pincha jinoyat sodir qilishda bevosita 
qatnashmaganligi sababli uni ushlash, isbotlash va javobgarlikka tortish 


265
qiyinlashadi. 
Jinoyat sodir etishga rahbarlik qilish — bu ishtirokchilar tomonidan 
jinoyatni amalga oshirish jarayonini bevosita boshqarishdir. Jinoyatga 
rahbarlik qilish jinoyat sodir etish joyida amalga oshirilganda, 
bajaruvchining harakatlari boshqariladi. Shuningdek,, rahbarlik qilish 
jinoyat sodir etish joyida bo‘lmagan holda ham amalga oshirilishi mumkin. 
Masalan, telefon, ratsiya orqali bajaruvchining harakati boshqarib turilishi 
mumkin.
Tashkilotchi jinoyat rejasini ishlab chiqadi, boshqa ishtirokchilarni 
tanlaydi, ularning orasida vazifalarni taqsimlaydi, jinoyatni amalga 
oshirishga ularni tayyorlaydi, yo‘riqlar beradi, zarur anjomlarni yig‘adi va 
tayyorlaydi. Ko‘pchilik hollarda tashkilotchi o‘z harakatlarini himoya 
qilish va zarur ma’lumotlar olish uchun huquqni muhofaza qilish 
organlaridan bironta mansabdor shaxsni sotib olishga harakat qiladi. 
Qoidaga ko‘ra uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaga tajribali jinoyatchi 
rahbarlik qiladi va jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va amalga oshirishni 
tashkillashtiradi, uning o‘zi ham ishtirokchilar qatori ishtirok etishi 
mumkin. 
Tashkilotchi har doim ham to‘g‘ri qasd bilan harakat qiladi. Agar 
tashkilotchi jinoyat sodir etishga rahbarlik qilib, o‘zi jinoyatning obyektiv 
tomonini bajarishda bevosita ishtirok etmasa, uning harakati Jinoyat 
kodeksi 28-moddasi, 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyat kodeksi 242-moddasining 1-qismi mazmuniga ko‘ra 
tashkilotchining harakati jinoiy faoliyat ko‘rinishlaridan biridir.
Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi 
(28-modda, 4-qism), ya’ni u har qanday shaklda: 1) majburlash; 2) 
ishontirish orqali dalolat qiladi. 
Dalolatchi bilan bajaruvchining o‘zaro ichki aloqadorligi shundaki
dalolatchining har doim ijrochida jinoyat sodir etish maqsadini vujudga 
keltiradi.
Majburlash jismoniy va ruhiy bo‘lishi mumkin. Ruhiy majburlash 
ko‘pincha dalolatchi tomonidan qo‘rqitish orqali sodir etiladi (masalan, 
moddiy ta’minlashni to‘xtatib qo‘yish, insonni tahqirlovchi xabar yoki 
ma’lumotni oshkor qilish bilan qo‘rqitish va hokazo). 
Shaxsga bir necha marta dalolatchi turli xil xabarlarni yetkazsa, 
bularning natijasida shaxs unga ishonib, jinoyat sodir etishga qaror qilsa
bir necha marta xabar yetkazgan shaxsni dalolatchi deb javobgarlikka 
tortish mumkin. Lekin bir necha marta xabar yetkazgan shaxsda 
bajaruvchining jinoyat sodir etishi uchun moyillik tug’dirish maqsadi 


266
bo‘lishi kerak. 
Ishontirishda dalolatchi tashqi tomondan jinoyatga hech qanday 
aloqasi bo‘lmagandek ko‘rinsa-da, uning manfaatlari jinoyatni sodir etgan 
bajaruvchining manfaatlariga ma’lum darajada mos keladi. 
Dalolatchining jinoyat sodir etishning vositasi sifatida iltimos 
qilishdan ham foydalanishi mumkin va bu dalolatchi manfaatining asosini 
tashkil etadi. Shubhasiz, iltimos dalolatchi tomonidan faqat o‘zining 
tanishlari, do‘stlari va xizmatdoshlariga qilinishi mumkin. Yaqinlarga 
iltimos (jinoyat sodir etishni) faqat ko‘ndirish orqali amalga oshiriladi. 
Ko‘ndirish iltimosdan shunisi bilan farq qiladiki, dalolatchi shaxsni jinoyat 
sodir etishga rozi qilish uchun o‘zining bor imkoniyatini ishga soladi. 
Ko’ndirish bir necha marta iltimos qilish shaklida bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat sodir etishga umumiy yoki noaniq shaxslar guruhini dalolat 
qilish dalolatchilik hisoblanmaydi. Bunday harakatlar muayyan hollarda 
alohida jinoyat tarkibini tashkil qilishi mumkin. Masalan, davlat tuzumini 
konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga qaratilgan O‘zbekiston 
Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish jinoyati (JK 
159-modda). 
Dalolat aniq bir obyekt yoki shaxslarga nisbatan qaratilgan bo‘lishi 
kerak.
Sud-tergov amaliyotida dalolat qilishning boshqa turlari ham 
uchraydi. Jinoyat qilish uchun mukofot vada qilish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri 
shaxsni sotib olish yoki aldash bunga misol bo‘la oladi. 
Dalolatchi bilan tashkilotchining harakatini farqlash lozim. 
Dalolatchi qanday harakat sodir etishidan qat’i nazar, bajaruvchida jinoyat 
sodir etish istagini uyg’otishga va bu istakni so‘ndirmaslikka harakat 
qiladi. Tashkilotchi esa, jinoiy faoliyatni rivojlantirishga harakat qiladi, u 
jinoyat sodir etishning boshlanishidan oxirigacha faoliyat yuritadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling