Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Jinoiy faoliyat deganda, jinoyat ishtirokchilarining bir nechta jinoyat
sodir qilishi tushuniladi. Uyushgan guruhning doimiy a’zolari bajargan vazifasidan qat’i nazar, uni tayyorlashda qatnashgan bo‘lsalar, barcha jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlari shart. Agar shaxs uyushgan guruh a’zosi bo‘lmasa, jinoyat sodir qilinayotganda o‘zi tushunmagan holda yordam bergan bo‘lsa, uning harakatlari uyushgan guruh tomonidan qilingan deb kvalifikatsiya qilinmaydi. Jinoyat kodeksining 242-modda 2-qismida uyushgan qurolli guruh tuzish, unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish uchun javobgarlik belgilangan. Jinoiy uyushmaning boshqa belgilar bilan birgalikda qurollanish belgisi ham, ya’ni guruhda yoki guruh a’zolaridan birida o’qotar yoki sovuq qurol bo‘lishi kerak. Ikki yoki undan ortiq shaxslarning amalda uyushgan jinoiy guruh tuzishi yoki unga rahbarlik qilishi yoki unda ishtirok etishi bilanoq jinoyat tugallangan hisoblanadi. Uyushgan qurolli guruh tuzganlik 242-modda 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Jinoiy guruh ishtirokchilari harakatini kvalifikatsiya qilish oldindandan til biriktirib jinoyat sodir etishdan farq qiladi. Agar jinoyat oldindandan til biriktirgan holda bir necha bajaruvchilar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, u faqat Maxsus qismdagi tegishli moddaning o‘zi bilan 28- moddani qo‘llamagan holda kvalifikatsiya qilinadi. Uyushgan guruh tomonidan jinoyat sodir etilganda ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi vazifasi qanday belgilanganligidan qat’i nazar (tashkilotchi, bajarvchi, dalolatchi, yordamchi, ishtirokchi) 28-moddani qo‘llagan holda javobgarlik belgilanadi. Agar uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan jinoyat Maxsus qismning tegishli moddasida kvalifikatsiya qilinadigan holat sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa (masalan, Jinoyat kodeksi 202-modda, 3- qism, «d» bandi), qilmishni 28-moddaga murojaat qilmagan holda shu moddaning o‘zi bilan kvalifikatsiya qilish lozim bo‘ladi va barcha ishtirokchilar aniq bir jinoyat tarkibi uchun zaruriy hisoblangan belgi asosida javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddalarida «uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab jinoyat sodir etish» degan tushuncha ishlatiladi, bunda umumiy qoida bo‘yicha jinoiy guruhning jinoiy faoliyatidan guvohlik beruvchi bir necha jinoiy tajovuzlarning amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Ammo amaliyotda guruh a’zolaridan biri bir jinoyatni sodir etishda ishtirok etib, keyin o‘zining jinoiy faoliyatini to‘xtatgan hollar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ularning jinoiy qilmishlari sonidan qat’i nazar u uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir 280 etganligi uchun (o‘zi buni anglagan hollarda) jinoiy javobgarlikka tortiladi. Yana bir farq shundaki, oldindandan til biriktirib jinoyat sodir etishda guruh faqatgina bir marotaba jinoyat sodir etish uchun tuziladi, uyushgan guruhda esa bir necha marotaba jinoyat sodir etish uchun tuziladi. Demak, uyushgan guruh oldindandan til biriktirish, barqarorlik, vazifalarning taqsimlanganligi, bir qancha jinoyat sodir etish maqsadida tuzilganligi kabi qator o‘ziga xos belgilar bilan xususiyatlanadi. Uyushgan guruhning barqororligi deganda, guruh ishtirokchilari o‘rtasidagi doimiy aloqadorlik va jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish yohud bir yoki bir necha marotaba jinoyat sodir etishning maxsus usullaridan foydalanish tushuniladi. Barqororlik obyektiv tomondan quyidagilar bilan xususiyatlanadi: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling