Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jinoyatda ishtirokchilikning shakllari
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat sodir etishda ishtirokchilik shakli deganda
Jinoyatda ishtirokchilikning shakllari.
Maxsus adabiyotlarda va darsliklarda jinoyatda ishtirokchilik turlicha 274 klassifikatsiyalangan bo‘lib, jinoyatda ishtirokchilik shakl va turlarga bo‘linadi. Jinoyat sodir etishda ishtirokchilik shakli deganda, jinoyat sodir etishdagi o‘zaro aloqadorlik, ishtirokchilar harakatini oldindandan til biriktirgan holda amalga oshirilish darajasi, subyektiv aloqadorligi va xususiyatiga ko‘ra farq qiluvchi bir necha shaxslarning birgalikdagi harakati tushuniladi. Yuqorida keltirilgan har bir belgi ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, til biriktirganlik va umumiy maqsadga erishishi uchun muvofiqlashtirilganligiga ko‘ra farq qiladi. Ishitrokchilar harakatining yuqori darajada tashkil qilinganligi va til biriktirilganligi ko‘zlangan maqsadga erishishni osonlashtiradi. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyani tahlil qilishda sud va tergov organlari qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilmagan, lekin jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish imkonini beradigan belgilarga e’tibor berishlari lozim. Ishtirokchilik obyektiv (ishtirokchilar o‘rtasidagi obyektiv aloqadorlik) va subyektiv (ular o‘rtasidagi subyektiv bog‘liqlik) mezonlarga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Obyektiv mezon ishtirokchilarning obyektiv tomondan aloqadorligida ifodalanadi, bu asosga ko‘ra ishtirokchilik, ikkita turga bo‘linadi: 1) oddiy ishtirokchilik 2) murakkab ishtirokchilik. Obyektiv mezon ishtirokchilar o‘rtasidagi jinoyat sodir etishdagi aloqadorlikni ifodalaydi, ya’ni rollarning taqsimlanishi, kim qaysi vazifani bajarishini belgilab qo‘yilishi va boshqalar. Oddiy ishtirokchilikda birgalikda bajaruvchi shaxslar Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning obyektiv tomonini bevosita til biriktirmagan holda sodir etadilar. Murakkab ishtirokchilikda (bajaruvchi bilan bir qatorda dalolatchi, tashkilotchi, yordamchi jinoyat sodir etishda ishtirok etadi) jinoyat sodir etishda birgalikda ishtirok etishning o‘ziga xosligi shunda ko‘rinadiki, faqat ishtirokchigina Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning obyektiv tomonini bevosita bajaradi, boshqa ishtirokchilar esa jinoyatni bilvosita bajaradilar. Ishtirokchilik to‘satdan vujudga kelishi mumkin, bu ishtirokchilarning jinoiy harakatini amalga oshirish uchun birlashishida ifodalanadi. Bezorilik, nomusga tegish jinoyatlari ko‘pincha birgalikda sodir etiladi. Ishtirokchilikning subyektiv mezoni ishtirokchilarning jinoiy 275 harakatni amalga oshirishda o‘zaro kelishganligi bilan belgilanadi. Bu mezon asosida ishtirokchilik: 1) oldindandan til biriktirilgan; 2) oldindandan til biriktirilmagan ishtirokchiliklarga bo‘linadi. Oldindandan til biriktirilmagan ishtirokchilik, bevosita jinoyat sodir etish jarayonida yoki muayyan vaqt oralig‘ida (masalan A. ismli shaxs odam o‘ldirish maqsadida B.ni ura boshlaydi, buni kuzatib turgan V. ismli shaxs ham unga qo‘shilib B.ni uradi va odam o‘ldirish jinoyati sodir etiladi), lekin jinoyat sodir etilgunga qadar til biriktirilmaydi. Bunday ishtirokchilikda til biriktirganlik darajasi minimal bo‘lib, jinoyat obyektiv tomonini tashkil qiluvchi harakatlar to‘liq yoki qisman amalga oshiriladi, ishtirokchilar o‘z harakati orqali boshqasining harakatini to‘ldiradi. Oldindandan kelishilgan ishtirokchilikda birgalikda jinoyat sodir etish haqida oldindandan til biriktirib, shuningdek, jinoyat sodir etilishidan oldindanroq til biriktirgan holda jinoyat sodir etiladi. Ishitirokchilikni kvalifikatsiya qilish uchun bu kelishuvga erishilgandan so‘ng qancha vaqt o‘tganligi ahamiyatga ega emas. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yilgi Jinoyat kodeksi 29- moddasida esa jinoyatda ishtirokchilikning quyidagi shakllari belgilangan bo‘lib, bularga: 1) oddiy ishtirokchilik; 2) murakkab ishtirokchilik; 3) uyushgan guruh; 4) jinoiy uyushmalar kiradi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling