Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Oldindandan til biriktirish deganda


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Oldindandan til biriktirish deganda, jinoyat sodir etish yoki jinoiy 
faoliyat bilan shug‘illanish uchun jinoyatning obyektiv tomoni amalga 
oshirilgunga qadar bo‘lgan kelishuv tushuniladi.
Bir guruh shaxslar tomonidan oldindandan til biriktirib jinoyat 
sodir etish uchun Jinoyat kodeksida aniq bir jinoyatning zaruriy yoki 
kvalifikatsiya belgisi, shuningdek, og‘irlashtiruvchi holat sifatida 
javobgarlik nazarda tutilgan.
Murakkab ishtirokchilikni xususiyatlovchi belgilardan biri jinoyat 
obyektiv tomonini belgilovchi belgilar barcha ishtirokchilar tomonidan 
emas, balki, bir kishi yoki ularning ba’zi birlari tomonidan sodir etilishidir. 
Qolgan ishtirokchilar jinoyat obyektiv tomonini amalga oshirishda 
bevosita ishtirok etmaydilar. Murakkab ishtirokchilik oddiy 
ishtirokchilikdan vazifalarning ishtirokchiliar o‘rtasida taqsimlanganligi 
bilan farqlanadi: biri jinoyatni tashkil qiladi, biri obyektiv tomonini 
bajaradi yoki jinoyat sodir qilishga dalolat qiladi yohud sodir etilishiga 
yordam beradi.
Murakkab ishtirokchilikning asosiy belgilaridan yana biri-


277
ishtirokchilarning oldindandan til biriktirganligi hisoblanadi.
Ishtirokchilikning ushbu shaklda oldindandan til biriktirish uning 
obyektiv tomonini bajarishgacha bo‘lgan vaqt ichida yuz bergan bo‘lishi 
kerak. Ishtirokchilikning bu shaklida jinoyat ishtirokchilari jinoyatni 
amalga oshirish yuzasidan qilinadigan harakatlar va jinoyat natijasi 
to‘g‘risida o‘zaro kelishib oladilar. Ushbu shaklda jinoyatnnng obyektiv 
tomonini faqat bajaruvchi sodir qiladi, boshqalari esa unga yordam 
beradilar. 
Ishtirokchlikning bu shakli uchun asosiy element bo‘lib ikki yoki 
undan ortiq shaxsning jinoyat sodir etish boshlangunga qadar shuningdek,, 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan qilmishning hech 
bo‘lmaganda bir kishi tomonidan sodir etish boshlanguncha til 
biriktirilganligi hisoblanadi.
Oldindandan til biriktirib jinoyat sodir etish Jinoyat kodeksi 56-
moddasining «m» bandiga ko‘ra jazoni og’irlashtiruvchi holat hisoblanadi. 
Oldindandan til biriktirib jinoyat sodir qilish Jinoyat kodeksi Maxsus 
qismining ko‘pgina moddalarida kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi 
sifatida ko‘zda tutilgan. Masalan, 164-modda 2-qism «b», 165-modda 2-
qism «v», 166-modda 2-qism «v», 167-modda 2-qism «b», 168-modda 2-
qism «b» bandlari. 
Agar ishtirokchilar oldindandan til biriktirib va har biri jinoyatning 
obyektiv tomonini bajarsa, ularning harakati Jinoyat kodeksi 28-moddasi 
2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. 
Agar oldindandan kelishuv har bir ishtirokchi orasida vazifalar 
taqsimlanishi bilan amalga oshirilsa, lekin harakatni faqat bajaruvchi qilsa, 
ularning harakati ishtirokchilarning turlarini belgilaydigan Jinoyat 
kodeksining 28-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Agar Jinoyat kodeksi Maxsus qismi normasida guruh tomonidan 
sodir etilgan jinoyat uchun oldindandan til biriktirish og‘irlashtiruvchi 
holat sifatida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, sud jazoni Jinoyat kodeksi 56-
moddasiga ko‘ra tayinlaydi. 
Amaldagi Jinoyat kodeksi Maxsus qismida ishtirokchilikning ayrim 
shakllari kvalifikatsiya qilinuvchi yoki zaruriy belgi sifatida ko‘rsatilgan. 
Kvalifikatsiya qilinuvchi holat sifatida bunday ishtirokchilik shakllarining 
bir qancha turlari berilgan: bir guruh shaxslar, bir guruh shaxslar 
tomonidan oldindandan til biriktirgan holda, shuningdek, til biriktirmay 
jinoyat sodir etish. 
Agar Maxsus qism normasida «oldindandan til biriktirib yoki bir 
guruh shaxslar tomonidan» (Jinoyat kodeksi 244-modda, 3-qism «a» 


278
bandi) degan tartib belgilangan bo‘lsa, bunda bir guruh shaxslar tomonidan 
oldindandan til biriktirib yoki til biriktirmagan holda jinoyat sodir 
etilishini tushunish lozim. Agar qonun Maxsus qism normasi «oldindandan 
til biriktirib» degan ta’rif bilan cheklangan bo‘lsa kvalifikatsiya 
qilinadigan holatlarni belgilashda, uni jinoiy guruh yoki jinoiy uyushma 
sifatida talqin qilinmaydi.
Qonunda jinoyat tarkibida kvalifikatsiya qilinuvchi holat sifatida bir 
guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa (JK 97-
modda, 2-qismi, «p» bandi, 104-modda, 2-qism, «k» bandi, 118-modda, 2-
qism, «v» bandi) jinoiy javobgarlik uchun oldindandan til biriktirganlik 
ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Bu holatda jinoyat sodir etgan shaxslarning 
harakati ushbu jinoyatni sodir etishga qaratilganligini aniqlash lozim. Agar 
bu jinoyat ularning umumiy qasdidan tashqarida sodir etilgan bo‘lsa, 
ushbu band bilan kvalifikatsiya qilinmasdan, moddaning boshqa tegishli 
qismlari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish 
uchun oldindandan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi. 
Uyushgan guruh ishtirokchilikning oddiy va murakkab 
ishtirokchilikka nisbatan xavfliroq bo‘lgan shaklidir. Uyushgan guruhni 
xususiyatlovchi belgilardan biri bu uning barqaror ekanligidir. Bunda 
tashkilotchi jinoiy rejani tuzadi, ishtirokchilar o‘rtasida vazifalarni 
taqsimlaydi, ular faoliyatini yo‘naltiradi va guruhdagi tartibni 
mustahkamlaydi. Uyushgan guruhda ikki yoki undan ortiq shaxs odatda bir 
nechta jinoyat qilish uchun birlashadi. Uyushgan guruhning asosiy belgisi 
oldindandan til biriktirish yoki oldindandan jinoiy harakat bilan 
shug‘ullanish uchun uyushishi va guruh a’zolari orasida vazifalarning aniq 
taqsimlanishi, rejaning aniqligi, texnik ta’minot va barqarorlikdan 
iboratdir. Aynan barqarorlik ushbu guruhni boshqa guruhlardan ajratib 
turadi. Ular orasidagi barqarorlik guruh rahbari guruh a’zolari bilan aloqa 
qilib, ularning harakatini nazorat qilib, boshqarib turishida namoyon 
bo‘ladi. 
Sud-tergov amaliyotini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, uyushgan 
guruh a’zolari orasida vazifalar aniq tartibda taqsimlanadi. Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismining qator moddalarida uyushgan guruhning jinoiy harakati 
o‘sha jinoyatni og‘irlashtiruvchi holati sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa 
(masalan, 164-modda 4-qism «v», 166-modda 4-qism «v», 176-modda 3-
qism «b», 177-modda 3-1qism «b» bandlari va boshqalar), Jinoyat 
kodeksining 56-moddasiga havola qilingan holda jazo tayinlanmaydi. 
Uyushgan guruh faqat jinoiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun 


279
tashkil etiladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling