Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchidan, tashkilotchining jinoiy faoliyatni amalga oshirish 
maqsadi asosida tashkil etilgan guruh o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, 
umumiy jinoiy maqsad va manfaat, jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida 
vazifalarning taqsimlanganligi; 
ikkinchidan, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida maxsus 
usullardan foydalanish, guruhdagi qat’i tartib, doimiy nazorat va guruh 
a’zolari harakatini boshqarish, yuqori darajada kelishganlik va 
uyushganlik. 
Ishtirokchilikning eng xavfli shakli jinoiy uyushmadir. 
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan 
shug‘ullanishi uchun oldindandan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi 
(Jinoyat kodeksi 29-modda, 5-qism). 
Jinoiy uyushma ishtirokchilikning boshqa shakllaridan yuqori 
darajada uyushganligi, barqarorligi, texnik vositalar bilan ta’minlanganlik 
darajasiga ko‘ra, a’zolarining birgalikdagi keskin harakati kabilar bilan 
farq qiladi.
Jinoiy uyushmaning xavfliligi u tomonidan sodir etiladigan 
jinoyatning xususiyati va og‘irlik darajasi bilan belgilanadi.
Jinoiy uyushma ancha murakkab tashkiliy tuzilmadir. Undagi har bir 
uyushgan guruh o‘ziga maxsus ajratilgan vazifalarnigina bajaradi. Shu 
belgi jinoiy uyushmani uyushgan guruhdan ajratib turadi. 
Jinoiy uyushmaning asosiy belgilaridan yana biri uning ikki yoki 
undan ortiq uyushgan guruhdan tashkil topganligidadir. Mantiqiy jihatdan 
ham jinoiy uyushma yoki bir necha guruh birlashganida a’zolar 
ko‘pchilikni tashkil etganligi sababli u ikki kishidan tashkil topishi 
mumkin emas.
Jinoiy uyushma a’zolari o‘rtasida jinoiy maqsadga erishish uchun 


281
vazifalar taqsimlanadi. Jinoiy uyushma o‘zida jinoiy guruhlarni o‘zining 
tarkibiy bo‘g‘ini sifatida birlashtiradi.
Jinoiy uyushmaning tarkibiy bo‘g‘ini deganda, rahbarni hisoblaganda 
ikki yoki undan ortiq shaxsni jinoiy uyushma maqsadini amalga oshirish 
maqsadida muayyan yo‘nalishda faoliyat yurituvchi (masalan, jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish) guruh tushuniladi. Bunda har bir guruh o‘z faoliyatini 
jinoiy uyushma maqsadini amalga oshirish uchun alohida-alohida amalga 
oshiradi. Buni aniqlash uchun har bir guruh faoliyati jinoiy uyushma 
maqsadlarini amalga oshirishga, uni qo‘llab quvvatlashga qaratilganligi, 
barcha guruhlar faoliyati yagona tashkiliy boshqaruv asosida 
boshqarilganligiga e’tibor berish lozim. Yagona tashkiliy boshqaruv, bitta 
tashkilotchidan, shuningdek,, bir guruh tashkilotchilardan iborat bo‘lishi 
mumkin.
Jinoyat qonunida birinchi marta (Jinoyat kodeksi 242-moddasida) 
jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoxud uning 
bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek,, ularning 
mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat uchun 
javobgarlik belgilanadi va uyushma tuzilganidan boshlab jinoyat 
tugallangan deb hisoblanadi. 
Agar Jinoyat kodeksi 212-moddasida javobgarlik belgilangan 
jinoyatning subyekti bo‘la olmaydigan shaxs jinoiy guruhga kirib qolgan 
bo‘lsa, guruh a’zolari qanday jinoyatni sodir qilish uchun uyushgan 
bo‘lsalar, o‘sha jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish deb, agar bevosita 
qatnashgan bo‘lsa, o‘sha jinoyatda ayblanib javobgarlikka tortiladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling