Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Yuqorida bir qancha jinoyatlarga berilgan ta’riflardan kelib chiqib


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Yuqorida bir qancha jinoyatlarga berilgan ta’riflardan kelib chiqib 
uning quyidagi xususiyatlarni ko‘rsatish mumkin: 
1
Малков В.П Множенность преступлений и её формы по уголовному праву Казань 1982 г Стр-12 
2
Панько К.А Вопросы общей тиорий рецидива в уголовном праве . Воронеж !988 Стр-68 
3
П.С ДагельМножественност преступлений М.1968г Стр-68 
4
Г.Т. Кешиледзе Ответственност при совокупности преступлений по уголовному праву Автореферат 
канд. Юрд наук Толин 1960 й., 3-бет. 
5
А.М Якевлевлар Совокупност преступлений М. !960 Стр-34 


289
1) shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq mustaqil jinoyatlarning 
sodir etilgan bo‘lishi lozim; 
2) har bir jinoyat sud hukmida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Agar 
shaxs jinoyat sodir etgan bo‘lsa, lekin jinoiy ish dastlabki tergov va sud 
tomonidan qonunda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra tugatilgan bo‘lsa (O‘zR 
JPKning 83,84-moddalari), bu shaxs ilgari jinoyat sodir etgan 
hisoblanmaydi; 
3) jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi 
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinmagan bo‘lishi (64-modda), 
ilgari chiqarilgan hukmning ijro etish muddati o‘tib ketmagan bo‘lishi (69-
modda), sudlanganlik muddatining o‘tib ketmaganligi yoki amnistiya akti 
yoxud afv etish orqali jazodan ozod qilinmagan bo‘lishi kerak; 
4) har bir jinoyat tugallangan yoki tugallanmagan bo‘lishi lozim. 
Bu xususiyatlarning jami bir qancha jinoyatlar sodir etishni tavsiflash 
uchun zarur va shartdir. Mazkur belgilardan birining mavjud emasligi bir 
qancha jinoyat sodir etishning mavjud emasligini ifodalaydi. Ijtimoiy 
munosabatlar tizimida bir qancha jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik 
darajasining yuqoriligi uning obyektga ko‘p miqdorda zarar yetkazishi 
hisobiga vujudga keladi (masalan, ikki marta o‘g‘irlik, ikkita odam 
o‘ldirish, ikkita bezorilik jinoyatini sodir etish). Shuningdek, bir qancha 
jinoyat sodir etish orqali ikki yoki undan ortiq obyektga zarar yetkazish
masalan, o‘g‘rilik va nomusga tegish jinoyatlarini sodir etish mumkin. 
Bir qancha jinoyat sodir etish shaxs kamida ikkita jinoyatni sodir 
etganida vujudga keladi. Ularning miqdori bundan ham ko‘p bo‘lishi 
mumkin, biroq ularda kamida ikkita jinoyat mavjud bo‘ladi. Ikkita 
jinoyatning biri ma’muriy va intizomiy huquqbuzarlik bo‘lgan hollarda esa 
mazkur hodisa bir qancha jinoyat sodir etish deb baholanmaydi. 
Shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatning sodir etilishi 
uning ijtimoiy xavfliligini ham oshiradi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling