290
bo‘lgan (davomli) jinoyat takroran jinoyat sodir etilgan deb topilmaydi.
Qonun mazmuniga ko‘ra bunday jinoyatlar davomli jinoyat deb topiladi.
Davomli jinoyatlar quyidagi belgilarga ega:
1) bir-biriga o‘xshash bo‘lgan jinoyatlardan iboratligi;
2) barcha harakatlarning bitta obyektga zarar yetkazishga
qaratilganligi;
3) ularning yagona maqsad assosida birlashganligi
va shuning uchun
ham yagona bir jinoyat tarkibini tashkil qilishi;
4) qasdning yagonaligi;
5) davomli jinoyatlarning faqat qasddan
va harakat bilan sodir
etilishi.
Jinoyat kodeksining 32- moddasi 4-qismiga ko‘ra, uzoqqa
cho‘zilgan
jinoyat deganda, vazifalarni uzoq vaqt bajarmasdan, bir jinoyatning
uzluksiz tarkibini tashkil qilgan jinoyat tushuniladi.
Bu jinoyatda qilmish
yagona bo‘lib, uzoq vaqtga cho‘zilgan. Bu jinoyat harakat yoki
harakatsizlik orqali sodir etilishi mumkin. Harakatsizlik orqali bu jinoyat
shaxsning huquqiy majburiyatlarini bajarmasligi orqali, harakat
bilan esa
qonun bilan ta’qiqlangan vositalarni saqlash orqali sodir etiladi. Uzoqqa
cho‘zilgan jinoyatlar aybning qasd va ehtiyotsizlik shakllari orqali sodir
etilishi mumkin.
Bundan tashqari
yuridik adabiyotlarda sistematik va
tarkibli jinoyat
tushunchasi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: