Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Tarkibli jinoyat shunday jinoyatki (murakkab tarkibli)
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Tarkibli jinoyat shunday jinoyatki (murakkab tarkibli), u ikkita
mustaqil jinoiy harakatdan tashkil topadi, lekin ichki birligi va o‘zaro bog‘liqligi tufayli yagona jinoyat tarkibini tashkil etadi. Masalan, nomusga tegish jinoyati ikkita bir xil bo‘lmagan harakatdan: jismoniy zo‘rlik yoki qo‘rqitish va jinsiy yaqinlik qilishdan iborat. Zo‘rlik yoki qo‘rqitishsiz ikkinchi harakat ham sodir etilmaydi. Murakkab tarkibli jinoyatlarga bir harakat orqali sodir etiladigan, lekin ikki yoki undan ortiq oqibatlarni keltirib chiqaradigan jinoyatlar ham kiradi. Masalan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish odam o‘limiga sabab bo‘lsa jinoyat hisoblanadi (104-modda). 2. Takroran jinoyat sodir etish tushunchasi Takroran jinoyat sodir qilish bir qancha jinoyatlar tizimida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yilda qabul qilingan yangi Jinoyat kodeksida ilk bor mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirliginiing bergan ma’lumotlariga ko‘ra takroran 291 jinoyat sodir etish turli davrlarda barcha jinoyatlarning 25-30 % ni tashkil etgan. Takroran sodir etilgan jinoyatlar jamiyat uchun xavfli harakatlardan bo‘lib, takroran jinoyat sodir qilish jinoyat huquqi instituti sifatida chuqur tarixga ega. Takroran jinoyat sodir etish va uni sodir etganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi dastlabki manbalar Rim huquqida uchraydi. Qadimgi Fransiya, Germaniya va boshqa davlatlar qonunchiligida ham bu ma’lumotlar bor. Katolik Cherkov huquqida esa takroriy jinoyat «tuzalib, qayta ochilgan va tuzalishi juda qiyin bo‘lgan yara»ga o‘xshatilgan. Musulmon huquqida ham takroran jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, Qur’onda va sunnada bunday harakatlar sodir etganlarga og‘ir jazo tayinlash nazarda tutilgan. Unga ko‘ra takroran jinoyat sodir etish deganda, bir qilmishni ikki yoki bir necha marta sodir etilishi tushunilgan. Bunda shaxsning birinchi jinoyati uchun jazoga tortilganligining ahamiyati bo‘lmay, bir jinoyatni jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etganligi muhim bo‘lgan, xususan, shaxs o‘g‘rilik jinoyatini birinchi marta sodir etganida qo‘li kesilgan bo‘lsa, ikkinchi marta qattiqroq jazo chorasini, chap oyog‘i to‘pig‘idan kesilib, qaynatilgan yog‘ga botirilishiga sabab bo‘lgan, shundan so‘ng ham tuzalish yo‘liga kirmasa, qozi tomonidan tavba muddati belgilab hibs etilgan 1 . Sobiq ittifoq davridagi Jinoyat qonunchiligida ham takroran jinoyat sodir etganlik uchun jazo choralari belgilangan. 1926 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 36 ga yaqin moddalarida takroran jinoyat sodir etish, jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan. 1959 yilgi Jinoyat kodeksining 125- moddasi eslatmasida, 125, 126 va 129- moddalarda nazarda tutilgan takroran jinoyat sodir etish deganda, shu moddada yoki kodeksning bir qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini ilgari ham sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan harakat tushunilgan 2 . Amaldagi 1994 yil qabul qilingan Jinoyat kodeksining 32-moddasi 1- qismiga ko‘ra kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, «Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Bu yerda shaxs tomonidan turli vaqtlarda bir xil jinoyatlarni sodir 1 Хидая «Комментарии мусульманского права» Том II Перевод с англиского под. ред. К. И. Гродекова 2 Уз. ССР Жиноят кодексига шархлар. Т. «Узбекиистон» 1998 йил. 283-бет 292 etilganligini tushunish lozim. Takroran jinoyat sodir etish faqat shaxsning bunday jinoyat turini vujudga keltirgan, huquqiy mohiyatga ega bo‘lgan birorta ham jinoyat uchun jazoga mahkum etilmagan hollarda vujudga keladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling