shaxslarga nisbatangina qo‘llaniladi. Mahkum jazonining ijrosidan
qochganda ham jazo mahkumning oila a’zolariga yoki yaqin
qarindoshlariga nisbatan qo‘llanishi mumkin emas. Aybdor shaxsga jazo
qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy to‘lovlar uning oila a’zolari yoki
yaqin qarindoshlaridan undirilmaydi.
4) Jinoy jazoning mazmuni shaxsni ozodlikdan mahrum qilishda
yoki huquq va erkinliklarini cheklashda ifodalanadi. Shaxsni jinoiy
javobgarlikka tortish oqibatida u ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Masalan, ozodlikdan mahrum qilish va qamoq jazolari qo‘llanilganda
mahkum jamiyatdan ajratiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi
qo‘llanilganda shaxsning erkin kasb tanlash huquqi, muayyan lavozimni
egallashi cheklanadi.
5) Jinoiy jazoning davlat xususiyatiga ega ekanligi. Bu shundan
iboratki, shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish, jazo, uning aniq
turi va miqdorini belgilash faqat maxsus davlat organi, alohida hokimiyat
– sudga taalluqli bo‘lib, davlatning boshqa organlari yoki jamoat
tashkilotlari uni qo‘llay olmaydi. Sud hukmi davlat nomidan chiqarilib,
qonuniy kuchga kirgan sud hukmi barcha davlat, jamoat muassasalari,
ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari, mansabdor shaxslar va
fuqarolar uchun majburiy bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida
so‘zsiz ijro etilishi lozim. Bularning hammasi jazoning davlat xususiyatiga
ega ekanligini ifodalaydi.
6) Sudlanganlik shaxsning faqat jinoiy jazoga tortilganligi
tufayli kelib chiqadi. Jazo tayinlangan, hukm qonuniy kuchga kirgan
kundan boshlab shaxs sudlangan hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod
qilingan shaxs sudlanmagan hisoblanadi. Sudlanganlik muddatining
tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi bilan uning barcha huquqiy
oqibatlari bekor bo‘ladi. Sudlanganlik muddatining tugashi shartli hukm
qilinganlarga nisbatan, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga
jo‘natish, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilgan
shaxslarga nisbatan vujudga keladi. Sudlangan shaxs jazoni o‘tagandan
so‘ng rasmiy hujjatlar to‘ldirganida sudlanganligini yozishga majbur
bo‘ladi.
Ba’zi jinoyatlari uchun sudlangan shaxsning ma’lum vazifalarda yoki
ayrim joylarda ishlash huquqi cheklanadi.
Boshqa ta’sir choralari qo‘llanilganda (ma’muriy, intizomiy, moddiy)
shaxslar sudlangan hisoblanmaydi.
325
7) Jazo — bu jinoyat sodir etgan shaxsni sodir etgan qilmishi
Do'stlaringiz bilan baham: |