Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

NOTA BENE! 
Jinoyatning ideal jami deganda, Jinoyat kodeksi Maxsus qisimining 
turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni 
bir vaqtning o‘zida bitta jinoiy harakat bilan sodir qilishga aytiladi. 
Jinoyatlarning ideal jami jinoyat huquqi nazariyasida bir obyektli va 
turli obyektli ideal jamiga bo‘linadi. Bir obyektli ideal jami deganda, 
tajovuz obyekti bir xil bo‘lgan hollarga aytiladi. Bir obyektli ideal jami o‘z 
navbatda yuridik adabiyotlarda bir turdagi va har xil turdagi ayb shakliga 
ega bo‘lgan ideal jamiga bo‘linadi.
1
1
В. П. Малков “Совокупность преступлений”. // Казань 1974 г., Стр-162. 


305
Har xil obyektli jinoyatlarning ideal jami amaliyotda ko‘p tarqalgan 
bo‘lib, u shaxsning bir harakati orqali qonun bilan qo‘riqlanadigan turli xil 
ijtimoiy munosabatlarga – obyektlarga tajovuz qilishda namoyon bo‘ladi. 
Turli obyektli ideal jamida aybning bir shakli mavjud bo‘lishi xosdir. 
Lekin shu bilan birgalikda amaliyotda har xil ayb shakliga ega bo‘lgan 
ideal jami ham uchrab turadi. 
O‘z navbatida ta’kidlash kerakki, amaliyotda har xil ayb shakliga ega 
bo‘lgan jinoyatlarning ideal jami bilan murakkab aybli jinoyatlarni 
farqlash borasida birmuncha xatoliklar uchrab turadi. 
Murakkab aybli jinoyatlar (Jinoyat kodeksining 23-moddasi) bu bir 
tarkibli jinoyatlar bo‘lib, o‘zining belgilari, xususiyatlariga ko‘ra 
jinoyatlarning ideal jamidan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining 23-moddasida: «Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi 
natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz 
bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog‘lagan 
bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi», deyiladi. 
Jinoyat kodeksida shunday normalar mavjudki, ularda ijtimoiy xavfli 
harakat aybning qasd shaklida sodir etilgan bo‘lishi mumkin, kelib chiqqan 
oqibatlar esa ehtiyotsizlik orqasida yuz berishi mumkin. Masalan, qasddan 
badanga shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, (JKning 
104-moddasi 3-qismi «d» bandi). Bu jinoyatni sodir etishda shaxs qasddan 
badanga og‘ir shikast yetkazadi, o‘limga nisbatan esa ehtiyotsizlikdan 
munosabatda bo‘ladi, chunki aybdor sog‘liqqa tajovuz qilganda uni 
o‘ldirish niyati yo‘q, bo‘lgan. Umuman bu jinoyat aybning qasd shaklida 
sodir etilgan jinoyat deb qaraladi. 
Moddiy tarkibli ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan har bir muayyan 
holda shaxsning aybini, qilmishga nisbatan emas, yuz bergan oqibatga 
nisbatan belgilash lozim. Shuning uchun agar oqibat yuz bersa, unda 
shaxsning ehtiyotsizlikdan kelib chiqqan oqibatning yuz berishida aybi 
bo‘lmasa, uni yuz bergan oqibatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish 
mumkin emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, murakkab aybli 
jinoyatlarda ehtiyotsizlik faqat kvalifikatsiya qilinadigan oqibatlarga 
nisbatan bo‘lishi mumkin, lekin yuqorida ta’kidlanganidek, ular umuman 
qasddan qilingan jinoyat deb hisobanadi. 
Demak, murakkab aybli jinoyatlardan Jinoyat kodeksining ikki yoki 
undan ortiq moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadigan bir qancha jinoyatlar 
sodir qilishning farqini aniqlash, qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va 
adolatli jazo tayinlashning muhim shartidir. 


306
Endi jinoyatlarning ideal jami turlariga yana qaytsak, V.P.Malkov 
yuqoridagilardan tashqari jinoyatlarning ideal jamining bir turdagi va har 
xil turdagi ideal jamiga bo‘ladi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatlarning 
ideal jamini bunday turlarga bo‘linishi, o‘z navbatida ko‘pgina, mualliflar 
tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, A.M.Yakovlev dastlab, bir 
turdagi jinoyatlar deganda, Jinoyat qonunining aynan bitta moddasida 
nazarda tutilgan jinoyatlarni nazarda tutadi,
1
qolgan barcha jinoyatlarni esa 
u har xil turdagi jinoyatlar guruhiga kiritadi. Bir turdagi va har xil turdagi 
jinoyatlarga berilgan ushbu ta’rif asosida A.M.Yakovlev bir turdagi ideal 
jami mavjud bo‘lishi mumkin emas, degan xulosaga keladi.
2
Ushbu fikrni 
bolgar kriminalisti D.P.Mixaylov ham qo‘llab -quvvatlaydi. 
A.S. Nikiforovning fikricha, shaxsning bir harakati orqali aynan bitta 
jinoyat tarkibi belgilariga mos keladigan bir necha jinoyatlar sodir 
etilganda ham jinoyatlarning ideal jami mavjud bo‘ladi.
3
A.M.Yakovlevning fikriga qo‘shilgan holda, jinoyatlarning ideal 
jami aynan bir turdagi jinoyatlardan tashkil topmasligi, jinoyat qonunining 
aynan bitta moddasida nazarda tutilgan qilmishlarga mos tushmasligini 
ta’kidlash mumkin. Ushbu holatlar ko‘proq, takroran jinoyat sodir etishni 
(Jinoyat kodeksining 32-moddasi) tashkil etadi. Chunki, takroran jinoyat 
sodir etishning muhim belgilaridan biri uni tashkil etuvchi jinoyatlarning 
biri-biriga o‘xshash bo‘lishligi, ya’ni Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 
aynan bitta moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘lishligidir. 
Ushbu hollarda garchi jinoyatlar bir vaqtning o‘zida sodir qilinsa 
ham jinoyatlarning aynan o‘xshash bir turda ekanligi uni takroran jinoyat 
sodir etish deb baholashga asos bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining «Poraxo‘rlik ishlari 
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorida «Mansabdor shaxsning bir 
vaqtning o‘zida bir necha shaxsdan poralarni olishi, basharti pora 
beruvchilarning har biri uchun alohida qilmish sodir etilsa, takroran pora 
olish deb tavsiflanishi lozim»,
4
deyiladi.
Yuqoridagiday holatlarda shaxs aynan bir jinoyat tarkibining 
belgilariga mos keladigan harakatlarni bir vaqtning o‘zida bajaradi, lekin 
uning qilmishi jinoyatlarning jami sifatida baholanmaydi. Shu jihatdan 
A.S.Nikiforovnining fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. 
Ma’lumki, sodir etilgan qilmishni ideal jami tariqasida kvalifikatsiya 
qilishda sud-tergov amaliyotida ma’lum bir qiyinchiliklar uchrab, Plenum 
1
А.М Яковлев Совокупност преступлений. 1960 г., 29-30-бетлар 
2
Ў
ша ерда, 52-53-
бетлар. 
3
Ўша ерда,52-53-бетлар
.
4
Ўзбекистон Республикаси Олий Суд Пленуми Қарорининг тўплами Тошкент «Шарқ» 74 –бет. 


307
qarorlarida ushbu masala o‘z aksini topgan. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1996 -yil 20- dekabridagi «Qasddan 
odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g’risida»gi qarorning 
21-bandida shunday deyiladi: «Aybdorning hokimiyat yoki xizmat 
vakolati doirasidan chetga chiqib, sodir etgan qasddan odam o‘ldirish 
harakatlari odam o‘ldirish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar 
va Jinoyat kodeksi 206-moddasining tegishli qismlari bilan tasnif qilinishi 
kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. 
Ushbu qarorning 22-bandida esa «ozodlikdan mahrum etish jazosini 
o‘tayotgan shaxs tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish 
muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari bilan bog‘liq, holda 
qasddan odam o‘ldirishni Jinoyat kodeksining 220-moddasining 
dispozitsyasi jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishni qamrab olmasligi 
sababli, Jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirish va ozodlikdan 
mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqargan 
harakatlari uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi moddalari bilan tavsif 
qilinishi kerak»ligi ko‘rsatib o‘tilgan. 
Shuni aytish lozimki, shaxsning qilmishida jinoyatlar ideal jamining 
mavjudligi yoki yo‘qligi tegishli jinoyat tarkibining qanday belgilarni 
o‘zida mujassamlashtirishiga bog‘liqdir. Muayyan jinoyat tarkibiga 
qo‘shimcha qandaydir belgilarning kiritilishi yoki ularni chiqarilishi 
qilmishda jinoyatlarning ideal jami mavjudligi yoki yo‘qligini namoyon 
qilishi mumkin. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarini tuzishda 
jinoyat tarkibining belgilari qanchalik to‘la aks ettirilsa, amaliyotda 
qilmishni ideal jami tariqasida kvalifikatsiya qilish uchun ehtiyoj 
nazarimizda shuncha kam bo‘ladi. 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta 
moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoiy 
qilmishni turli vaqtlarda sodir etib, agarda ulardan birortasi uchun ham 
shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlarning real jami deyiladi
1

Jinoyatlar majmui masalasini tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, 
jinoyatlarning real jami, ideal jamiga qaraganda ko‘proq tarqalgan 
jinoyatlardan bo‘lib hisobanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra 91,6 hollarda 
jinoyatlarni real jami tariqasida sodir etish tashkil etsa, 8,4 foizini ideal 
jami tariqasida jinoyat sodir etish tashkil etadi. 
Yuridik adabiyotlarda bildirilgan fikrlarga ko‘ra, real jami uchun 
uning tarkibiga kiruvchi jinoyatlarni turli vaqtlarda sodir etilishi 
1
Жиноят ҳуқуқи (Умумий қисм) Тошкент «Адолат» 1998й 172-бет 


308
xususiyatli bo‘lib jinoyatlarning real jami o‘z navbatida bir turdagi va turli 
turdagi real jamiga bo‘linadi. Jinoyatlarning turli vaqtlarda sodir etilishi, 
qilmishni real jami ekanligini aniqlashda qiyinchiliklar tug’dirmaydi. 
Chunki, ushbu holda har bir qilmish mustaqil ravishda kvalifikatsiya 
qilinadi. 
Jinoyatlarning real jamini turli va bir turdagi jinoiy qilmishlar tashkil 
etishi mumkin. Ya’ni real jamida, subyekt aynan bir turdagi va turli 
ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishi mumkin. Shuning bilan birgalikda, 
shaxsning qilmishi real jami tariqasida nafaqat tamom bo‘lgan jinoyatlar 
mavjud bo‘lganda, balki ulardan biri jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki 
suiqasd, boshqasi tamom bo‘lgan jinoyat bo‘lganda ham tashkil etadi. 
A.M. Yakovlev jinoyatlarning real jamini quyidagi turlarga bo‘ladi: 
a) bir-biri bilan aniq holatlarga ko‘ra bog‘liq, jinoyatlarning real 
jami; 
b) jinoyatlar faqat bir shaxs tomonidan sodir etilganligi tufayli bir-
biri bilan bog‘liq jinoyatlarning real jami. Olimning ushbu fikri boshqa 
olimlar tomonidan ham ma’qullangan bo‘lib, albatta ular amaliy 
ahamiyatga ega. 
V.P. Malkov o‘zining tadqiqotlarida yagona murakkab jinoyatlarni, 
jinoyatlar majmuidan farqlash uchun aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarga 
e’tibor berib ularni ko‘rsatib o‘tadi: 
a) bir jinoiy qilmish boshqa jinoyatni sodir etilishiga sharoit bo‘lib 
hisoblanadigan yoki sharoit yaratadigan real jami; 
b) bir jinoyat boshqa jinoyatni sodir etilishida jinoyatning usuli va 
vositasi bo‘lib hisoblanadigan real jami; 
v) sodir etilgan jinoyatlar sodir etish usuli, sharoiti, vositalari 
jihatidan o‘zaro munosabatda bo‘lmay, vaqt birligi va tajovuz joyi birligi 
bilan xususiyatlanadigan jinoyatlarning real jami. 
g) tajovuz motivining bir turda ekanligi bilan xususiyatlanadigan 
jinoyatning real jamidir. 
Yuridik adabiyotlarda yuqoridagilardan tashqari jinoyatlar majmuini 
uni tashkil qiluvchi ikki yoki undan ko‘p jinoyatlarning ichki bog‘liqligiga 
qarab, turlarga bo‘lish ham uchraydi. Jumladan, A.S.Nikiforov bir-biri 
bilan ichki mohiyati jihatdan bog‘lanib ketgan bir xil jinoyatlarni turli 
vaqtlarda sodir qilishdan iborat bo‘lgan jinoyatlar jami va bir-biri bilan 
ichki bog‘liqlikka ega bo‘lmagan turli jinoyatlarni turli vaqtlarda sodir 
qilishdan iborat bo‘lgan jinoyatlar 


309
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, jinoyatlarning ideal 
va real jamiga bo‘linishining huquqiy ahamiyati garchi adabiyotlarda 
boshqa fikrlar bildirilgan bo‘lsa-da juda katta
1

Jinoyatlarning ideal va real jami sodir qilinish vaqti va huquqiy 
oqibatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bular quyidagilarda ifodalanadi: 
1) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 56-moddasining (jazoni 
og‘irlashtruvchi holatlar) «n» bandida ko‘rsatilishicha, ilgari qasddan 
jinoyat sodir etgan shaxsning takroran jinoyat sodir etishi, jazoni 
og‘irlashtiruvchi holat hisoblanmaydi. 
2) Agar aybdorning bir harakati bilan Jinoyat kodeksi ikkita moddasi 
bilan kvalifikatsiya qilnishi lozim bo‘lgan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan 
jinoyat sodir qilingan bo‘lsa, aybdor Jinoyat kodeksining 66-moddasiga 
binoan (aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi 
munosabati bilan) javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Bunday 
jinoyatlar real jami tariqasida sodir qilinsa, javobgarlikdan ozod qilishning 
bu turini qo‘llash mumkin bo‘lmaydi. 
3) Jinoyatlarning ideal jamida shaxsga nisbatan, agar bunda qonunda 
ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 71-moddasi 
tartibida jazodan ozod qilinishi mumkin. Real jami tariqasida sodir 
qilingan jinoyatlarga nisbatan esa ushbu moddani qo‘llash mumkin 
bo‘lmaydi. Shuningdek,, jinoyatlarning real jami tariqasida bir qancha 
jinoyatlar sodir qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonunida ko‘zda 
tutilgan boshqa imtiyozlarni qo‘llash mumkin bo‘lmaydi. Qonunda ana 
shunday holat belgilanishining asosiy sababi jinoyatlarning ideal jami 
tariqasida jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan real jami tariqasida jinoyat 
sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoriroqdir. Shaxsning 
oldindan bitta jinoyatni sodir qilib, yana yangi jinoyat sodir etishi, jinoiy 
faoliyatini davom ettirganligi uning ijtimoiy xavfli ekanligidan dalolat 
beradi. Boshqacha teng sharoitlarda shaxsning ongida va ruhiy holatida 
nizoli va muammoli vaziyatlarni hal qilish vositasi sifatida jinoyat sodir 
qilishga tayyorgarligi ildiz otib ketganligini namoyon qiladi. 
Demak, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, jinoyatlarning real va 
ideal jamiga bo‘linishining ham amaliy ham nazariy ahamiyati juda 
kattadir. Jinoyatlar jami tushunchasini jinoyat qonunining mustaqil instituti 
sifatida ajratib ko‘rsatilishi uchun barcha asoslar mavjuddir.
1
А.С. Никифоров Совокупност преступлений Стр--10 


310
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Jinoyat 
kodeksi tuzilishiga ko‘ra, 1959 -yilgi kodeksdan farq qilib, Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismining deyarli ko‘pchilik moddalari qismlarga, har bir qismlari 
yana bandlarga bo‘linadi. Shunga muvofiq ravishda Maxsus qism bitta 
moddasi bitta qismini turli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlar turli 
vaqtlarda sodir qilinsa-da, jinoyatlar jami mavjud bo‘lmaydi, ya’ni, 
masalan, shaxs ancha miqdorda o‘zganing mulkini yashirin ravishda 
o‘g’irlagan, ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng bir guruh shaxslar tomonidan 
oldindandan til biriktirib, sodir qilgan bo‘lsa, jinoyatlar majmuini tashkil 
etmaydi. Jinoyat kodeksining 33-moddasi mazmuniga ko‘ra, jinoyatlar 
majmuni tashkil qilish uchun Maxsus qism turli moddalarida yoki bitta 
moddaning turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir qilinishi 
kerak. Ushbu holda jinoyatlar jami deb emas, balki jinoyat takroran sodir 
qilingan, deb hisobanadi. 
Agar aybdorning birinchi jinoyati yuzasidan tergov harakatlari olib 
borilayotgan yoki sudda ko‘rilayotgan yoxud hukm chiqarish oldidan 
yangi jinoyat sodir qilgan yoki hukm chiqarilganidan keyin yangi jinoyat 
sodir qilgan bo‘lsa, jinoyatlar jamini tashkil etadimi? degan savol tug’iladi. 
Bu masalada Professor A.S.Nikiforov: «Agar oldindangi jinoyati uchun 
hukm chiqarilgunga qadar yangi jinoyat sodir qilingan bo‘lsa, jinoyatlar 
jami deb hisobanishi kerak» degan fikr yuildiradi
1

Aksincha, yangi jinoyat oldindangi jinoyati uchun hukm 
chiqarilgandan so‘ng sodir qilinsa, u jinoyatlar majmui deb emas, balki 
retsediv jinoyat deb topilishi va bir necha hukm yuzasidan jazo 
tayinlanishi lozim bo‘ladi. 
Yu.Yushkov va G.M.Kaforovlar bu masalada A.S.Nikiforovning 
fikriga qo‘shilmay, «Shaxs faqat ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganidan 
keyingina mahkum hisobanadi. Shuning uchun bir necha hukmlar 
yuzasidan jazo tayinlash tartibi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgandan 
so‘ng sodir qilingan jinoyatlarga nisbatan tadbiq etilishi kerak. Hukm 
qonuniy kuchga kirmasdan yangi jinoyat sodir qilingan bo‘lsa, jinoyatlar 
jazolar jami tariqasida jazo tayinlanishi kerak», deb yozadilar
2
.
N.A.Sturuchkov, N.V.Kudryavsevlar ham bu masalani hukm 
chiqarilgan vaqtdan hisoblash kerakligi haqida fikr bildiradilar. 
Ayrim mualliflar jinoyatlar jami deb hisobash uchun jinoyat tarkibi 
har xil bo‘lgan jinoyatlarni sodir qilish tushunilishi kerak, deb yozadilar. 
1
А.С. Никифоров Совокупност преступлений Стр--180 
2
Ю.Юшков. Прaвовые последствие законной силы приговора Сов.Юстиция 1970 


311
Ammo amaliyotda har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Jinoyat tarkibi 
bir xil bo‘lgan qilmishlar ham jinoyatlar majmuini tashkil qilaveradi. 
Masalan, shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida 
ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, keyin ko‘p miqdordagi mulkni talon-taroj 
qilish jinoyatini sodir qilgan bo‘lsa, jinoyatlar jamini tashkil qilaveradi. 
Ushbu hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Jinoyat 
uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g’risidagi» qarorida «Shaxs tomonidan 
ayni bir moddaning turli qismlarida nazarda tutilgan harakatlar sodir 
etganlik uchun jinoyatlar majmuini belgilashda javobgarlik shu moddaning 
og‘irroq jazo nazarida tutilgan qismi bo‘yicha yuzaga keladi», deyilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 33-moddasi 2-qismida 
«Agar shaxs sodir etgan qilmishida ushbu kodeks Maxsus qismi ayni bir 
moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari 
mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha 
javobgarlikka tortiladi», deyiladi. Qonundagi bu tushuntirishni noto‘g’ri 
tushungan ayrim sudlar jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikatsiya qilib 
jazo tayinlash kerak bo‘lgan qilmishlarga ham tadbiq qilmoqdalar. 
Jinoyat kodeksi 33-moddasining 1-qismida ideal yoki real jami 
tariqasida kamida Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ikkita moddasi bilan 
kvalifikatsiya qilinadigan jinoyatlar nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu 
moddaning 2-qismida faqat bitta modda bilan kvalifikatsiya qilish va jazo 
tayinlash mumkin bo‘lgan jinoyat haqida so‘z ketmoqda. Jinoyatlar 
majmuining ma’nosini yanada aniqlashtirish maqsadida shu moddaning 2-
qismiga ana shu tushuncha kiritilib, agar bitta jinoiy qilmishda Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasining turli qismlarida nazarda 
tutilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilish belgilari mavjud bo‘lsa, jinoyatlar 
jamini tashkil qilmasligini, bunday holda o‘sha moddaning og‘irroq jazo 
belgilangan qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish zarurligi ta’kidlangan. 
Masalan, aybdor o‘ta xavfli retsidivist bo‘lgani holda o‘ta 
shafqatsizlik bilan Jinoyat kodeksi 104-moddasining 1-qismida nazarda 
tutilgan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir qilgan. Ushbu 
jinoyat bitta jinoiy qilmish, ammo 104-moddaning 3-qismida nazarda 
tutilgan kvalifikatsiya qilish beligilari bor. Ana shunday hollarda eng og‘ir 
kvalifikatsiya qilish belgisi orqali javobgarlikka tortish zarur bo‘ladi. 
Jinoyat kodeksi 33-moddasi 2-qismini tahlil qilishdan aynan ana shu 
yuqorida aytilgan ma’no kelib chiqadi. «Agar shaxs sodir etgan qilmishda» 
deb, qonun bu tushunchani ko‘plikda emas, birlikda bermoqda. Demak, 
faqat bir harakat bilan sodir etilgan bitta jinoyat nazarda tutilmoqda. 


312

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling