Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchidan, jazo sodir etilgan jinoyat va aybdorning shaxsiga 
muvofiq bo‘lishi, jabrlanuvchi va uning yaqinlari oldida, davlat va boshqa 
organlar hamda jamiyat oldida adolatni tiklashi, jinoyatning og‘irliligiga 
muvofiq kelishini anglatadi;
1
Бекариа Ч.О. О преступлениях и наказаниях. М, 1995г, Стр-373 
2
Таганцев Н. С Русское уголовное право М, 1994, Том-2, Стр-97 
3
Беляев Н.А Цели наказания и средства их достижения Л, 1963 г, Стр-25 


329
ikkinchidan
jazoning maqsadi mahkumni tarbiyalashga 
qaratilgandir.
Ba’zi mualliflar jinoyat huquqiy jazo chorasini qayta tarbiyalash 
jarayoni bilan bog‘lamaslik lozim deb hisoblaydilar. Ammo qonun 
chiqaruvchi jazoning maqsadi mahkumni tarbiyalash, deb belgilaydi.
Jinoyatning maxsus oldindani olish –jazo chorasini qo‘llash orqali 
mahkumning ruhiy holati va xulqini o‘zgartirish, uning ongidagi jinoyat 
sodir qilishga ta’sir etgan salbiy xislatlarni tugatish hamda shaxslarni 
qonunlar va axloq normalarini hurmat qilish, halol turmush kechirish va 
mehnat qilish ruhida tarbiyalashdir. 
N.A. Struchkov mahkumni tarbiyalash deganda birinchidan, jinoyat 
sodir etgan shaxsga nisbatan ta’sir ko‘rsatish natijasi, ikkinchidan, maxsus 
tarbiyalash jarayoni, ya’ni jazoni ijro etish jarayonida qo‘llanadigan va 
majburan mehnat qilish chorasini qo‘llashni tushunadi
1

N.A Belyayev «Tarbiyalash – bu jazoni ijro etishdan oldindan hal 
qilinishi lozim bo‘lgan muhim masaladir. Jinoyatchining tarbiyalanishi, 
unga nisbatan qo‘llanilgan jazoning ta’sir etishi natijasida unda bo‘ladigan 
o‘zgarishlar bo‘lib, u jamiyatning faol a’zosiga aylanmasa-da, jamiyat 
uchun xavfli bo‘lmasligi», deb tushuntiradi. 
Sud jinoyatchini tuzatish va qayta tarbiyalash maqsadlarini ko‘zda 
tutib, jazo belgilaganda, har bir shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini 
e’tiborga olib, maqsadga muvofiq jazo chorasini tanlashi zarur.
Ba’zan aybdorga jarima jazosini tayinlash, axloq tuzatish ishiga jalb 
qilish orqali jinoiy jazoning maqsadiga erishish ham mumkin. Ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi esa, ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan 
jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Qonunda takroran jinoyat sodir etganlik uchun og‘irroq jazo 
belgilanishi ham jinoyatlarning oldindani olishga qaratilgan muhim 
choralardan biridir.
Mahkumni tuzatish va qayta tarbiyalash ozodlikdan mahrum qilingan 
yoki boshqa jazo chorasi qo‘llanilgan mahkumlar bilan olib boriladigan 
tarbiyaviy ishlarga ham bog‘liqdir. Bu tarbiyaviy choralardan muhimi — 
mahkumlarni mehnatga jalb qilish, ular bilan siyosiy-tarbiyaviy ishlarni 
olib borish, ularning umumiy madaniy saviyalarini oshirish va boshqa 
tadbirlardan iboratdir.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash muassasalaridagi maxsus 
tartib ham bunda katta ahamiyatga ega. Mahkumni tuzatish va qayta 
1
Стручков Н.А. Уголовное ответственност и ее реализация борбы с претупностью. Саратов. 1978. 
Стр-64


330
tarbiyalashda davlat organlari bilan birga jamoat tashkilotlari va mahnat 
jamoasining o‘rni ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Yangi jinoyat qonuni modelini yaratishda jinoiy jazoning 
maqsadlaridan biri, jinoyatning umumiy va maxsus oldindani olish qilib 
belgilandi. Jinoyatni umumiy oldindani olishda – sudlangan shaxs orqali 
boshqa shaxslarni ogohlantiriladi. Maxsus oldindani olish esa  shaxsni 
qayta tarbiyalashga qaratilgandir.
Jazoning maqsadiga erishish mexanizmi uning jazolash xususiyati va 
mahkum tomonidan uni o‘talishida ifodalanadi. Agar jazoni qo‘llash 
natijasida mahkum tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldi olinsa,

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling