Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
individual oldindani olish
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
individual oldindani olish deyiladi. Bu o‘rinda shaxsning o‘z aybini tan
olganligi, jazoni o‘taganligi azob chekkanligi, sharoitning o‘zgarganligi yoki shaxsning tuzalganligi katta ahamiyatga egadir. Individual oldindani olishnig samaradorligi shundaki, u mahkumning jazoni o‘tashi natijasida ichki ruhiyatida vujudga kelgan o‘zgarishni ifodalaydi. Bu maqsadga turli darajada erishtiruvchi jazolar bor. Masalan, o‘lim jazosini qo‘llash orqali bu maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoyatlarning individual oldindani olishda katta samara berib, bu holat jazoni o‘tash jarayonida ro‘y beradi. Ozodilikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo, ya’ni ijtimoiy nazoratni kuchaytirgan holda qo‘llanuvchi shartli hukm qilish ham individual oldindani olish maqsadiga erishishga xizmat qiladi. Jinoyatchilikning umumiy oldindani olish tushunchasi haqida turli fikrlar bildirilgan. Ba’zi hollarda bu tushunchaga keng ma’noda qaralib, bu nuqtai nazar umumiy ogohlantirish barcha fuqarolarga, jamiyatning barcha a’zolariga qaratilgan degan talqinga asoslanadi. Jazoning jinoyat sodir etgan aniq bir shaxsga nisbatan qo‘llanilishi, jinoyat huquqiy ta’qiqning buzilishi qanday oqibatga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bir vaqtning o‘zida umumiy oldindani olish jinoyat qonunchiligini buzish mumkin emasligi va jinoiy javobgarlikning muqarrarligiga ishontirish, aybdorning jazolanishi jamiyat a’zolariga tushintirish orqali tarbiyaviy funksiyani ham bajaradi. Uncha xavfli bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan, ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lmagan shaxslarga qisqa muddatli ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari kabi jazolarni qo‘llash orqali ham jazoning maqsadiga erishish mumkin. Jinoyat qonuni muammolarini yechishda, jazoning maqsadi haqidagi jamoatchilikning fikri katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jamoatchilik fikri jinoiy javobgarlikni va qonundagi 331 sanksiyalarni qat’ilashtirish zarurligini ko‘rsatib, bir vaqtning o‘zida ozodlikdan mahrum qilish jazosidan ko‘zlangan maqsadlarga erishish darajasi yuqori emas va jazoni ozodlikdan mahrum qilish joylarida o‘tagan shaxsni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish va qayta tarbiyalash qiyin, degan fikr bildirilgan. Jazoning maqsadlaridan yana biri mahkumning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilishdan iborat. Shaxsga jinoyat sodir qilganlik uchun u yoki bu turdagi jazo qo‘llanilganda, uning huquqi cheklanadi va xulqi nazorat ostiga olinadi. Ayniqsa, qamoq va ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan mahkum qattiq nazorat ostiga olinadi va o‘z jinoiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Davlat jinoiy jazoni qo‘llash bilan jinoyatchini o‘z fuqarolaridan izolatsiya qiladi va himoya qiladi, uni jinoyat sodir etish imkoniyatidan mahrum qiladi. Ma’lum darajada bu maxsus ogohlantirish choralari doirasiga kiradi. Ushbu maqsadning qonunda mustaqil ajratib ko‘rsatilganligi to‘g‘ri bo‘lgan. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling