Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Jazo tizimi yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan jazo turlari
yig‘indisidir. Yangi Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tizimida avvalgi jinoyat qonunidagi bir qancha jazolar: badarg‘a, surgun, vazifasidan bo‘shatish, yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash, jamoat izzasi kabi jazolar o‘rin olmagan. Buning sababi yuqoridagi jazolarining amalda ijobiy natija bermaganligidadir. Jinoyat huquqida jazo tizimi umumiy prinsiplar asosida tizimlashtirilgan. Unda qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, odillilik va insonparvarlik prinsiplari mustahkamlangan. Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan jazo tizimining quyidagi elimentlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: 1) davlat nomidan qo‘llanilishi orqali sudlanuvchini tarbiyalashga, jinoiy faoliyatining oldindani olishga, shuningdek, umumiy maxsus prevensiyaga erishish mumkin bo‘lgan jazo tizimini tashkil qiluvchi elementlar sifatida faqat alohida davlat majburlov choralari ko‘rsatiladi; 2) jazo tizimi elementlari o‘zaro bog‘liq va biri-birini to‘ldiradi. Jazo tizimining bu belgisi jazo samaradorligiga erishish uchun har tomonlama yondashishni bildiradi, ya’ni belgilangan maqsadga erishish biron bir jazo chorasini qo‘llashga emas, balki sudlanuvchiga kompleks ta’sir choralarining qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir. Bu belgi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasi normalarida alternativ jazo choralarining 339 belgilanishi yoki qo‘shimcha jazo chorasini qo‘llanishida namoyon bo‘ladi; 3) jinoyat qonunida belgilangan davlat majburlov choralari qat’i bo‘lib, uning kengaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jinoyat kodeksida ko‘rsatilmagan jazo choralarining aybdorga qo‘llanishi mumkin emas. Jinoyat kodeksidagi jazo tizimiga kiritilmagan jazo chorasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi sanksiyasiga ham kiritilishi mumkin emas; 4) jazo tizimiga kiritilgan jazo turlari og‘irlik darajasiga qarab joylashtirilgan bo‘lib, yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan. Jamiyatda va davlatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va rivojlanish darajasi jazo tizimiga ta’sir qiladi; jazo turlari o‘zgaradi, ba’zi jazolar o‘z ahamiyatini yo‘qotib, jinoyat qonunidan chiqariladi, yangi turlari esa qonunga kiritiladi. 1994-yilgi Jinoyat kodeksida, jamiyat va davlatimizda so‘nggi yillarda ro‘y bergan o‘zgarishlar e’tiborga olinib, jazo turlari quyidagicha joylashtirilgan: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling