Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Ma’naviy jafo keltiruvchi jazolarga


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Ma’naviy jafo keltiruvchi jazolarga xizmat bo‘yicha cheklash, 
harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish jazosi kiradi.
Mahkumning ozodligini cheklovchi jazolarga qamoq, intizomiy 
qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish jazolari kiradi.
Bundan tashqari o‘z mazmuni va qo‘llanish xususiyatiga ko‘ra 
mehnat, axloq tuzatish bilan bog‘liq va bu bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar 
mavjud. Mehnat, axloq tuzatish bilan bog‘liq jazolarga ozodlikdan 
mahrum qilish axloq tuzatish ishlari, kabi jazolar kiradi.
Jinoyat kodeksida o‘lim jazosi ham belgilangan.
Jinoyat qonunida belgilangan jazo choralari tizimi qat’i bo‘lib, sud 
sudlanuvchiga nisbatan qonunda belgilangan jazo chorasidan boshqa biror-
bir jazo chorasini qo‘llay olmaydi. Jinoyat kodeksida belgilangan jazo 
tizimi, jazolash siyosatiga to‘la mos kelib, o‘zida jinoyat huquqi 
prinsiplarini to‘liq ifodalaydi. Amaldagi jinoyat qonuni o‘z xususiyati va 
mazmuniga ko‘ra turli jazo choralarini belgilab, jinoyatchilikka qarshi 
kurashda samaradorligini oshirishga hizmat qiladi. 
2. Jarima jazosi. 
Jarimaning jinoiy jazo sifatida jazo tizimiga kiritilganligi, avvalo, 
uning hozirgi davrda muhim jazo choralaridan biri ekanligidan dalolat 
beradi. Shu bilan birga jarimani qo‘llash sud organlariga ijtimoiy xavfi 
katta bo‘lmagan qilmishlarga jazo tayinlashda imkon qadar jazo va 
javobarlikning differensiyasi hamda individualizatsiya qilishga yordam 
beradi.
Jinoyat kodeksida jarima, aybdordan davlat daromadiga pul 
undirilishi, deb tushuntirilgan. Jinoyat kodeksi 44-moddasida jarimaning 
miqdori eng kam oylik ish haqining besh barobaridan olti yuz 
barobarigacha miqdorda belgilanadi.
Jarima davlatning majburlov chorasi sifatida aybdorga iqtisodiy ta’sir 
ko‘rsatish orqali jinoyat sodir etgan shaxsning mulkiy huquqlarini 
cheklashdan iboratdir. Shuning uchun ham jarima jazo tizimida 
ko‘rsatilgan jazo choralarining eng yengili hisoblanadi.
1959-yilgi Jinoyat kodeksida jazoning miqdorinii belgilash vakolati 
sudga berilgan edi. Yangi Jinoyat kodeksida jarimaning maksimal va 


342
minimal chegaralari belgilab qo‘yildi. Jarima jazosi asosiy jazo sifatida 
tayinlanadi. 1959- yilgi Jinoyat kodeksida jarima asosiy va qo‘shimcha 
jazo sifatida tayinlanishi mumkinligi belgilangan edi.
Olib borilgan tadqiqot natijalari ushbu jazo turining ta’sirchan 
ekanligini ko‘rsatadi. Respublikamizda iqtisodiyotning bozor 
munosabatlariga o‘tganligi va mulkchilikning turli shakllari teng deb e’lon 
qilingan sharoitda jarimaning jinoiy jazo sifatidagi roli juda kattadir.
Agar jarima tegishli modda muqobil jazo chorasi sifatida 
sanksiyasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, uni tayinlash orqali aybdorning mulkiy 
manfaatlariga ta’sir ko‘rsatilib, jazoning maqsadiga (tarbiyalash va 
mahkum tomonidan yangi jinoyat sodir etilishini oldindani olish) erishish 
mumkin bo‘lgan taqdirdagina jarima qo‘llaniladi. 
Jinoyat qonuniga ko‘ra jarima faqat pul miqdorida belgilanadi. 
Davlatning ushbu majburlov chorasini qo‘llash haqidagi sud hukmida 
jarimaning aniq miqdori ko‘rsatilishi lozim. Bunda jarimaning miqdori 
hukm chiqarilayotgan vaqtdagisiga qarab emas, balki jinoyat sodir etilgan 
vaqtdagi eng kam oylik ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi.
Jinoyat kodeksida jarima jazosining minimal va maksimal miqdorlari 
belgilangan bo‘lib, sud ushbu doiradagina jazo tayinlashi mumkin. Agar 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi sanksiyasida jarima 
jazosining minimal miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 44-
moddasida belgilangan minimal miqdordan kam miqdorda jarima 
belgilanishi mumkin emas.
Jarima jazosi miqdorini belgilashda jinoyatning og‘irlik darajasi va 
sudlanuvchining moddiy ahvoli hisobga olinadi. Sudlanuvchining moddiy 
ahvolini baholashda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim: 
1) qonun 
bilan 
ta’qiqlanmagan 
har qanday manbaadan oladigan 
daromadlari. Bunday daromadlarga ish haqi, mulkiy daromadlar
tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlar kiradi; 
2) sudlanuvchiga mulk huquqi asosida, xo‘jalik yurituv asosida, 
operativ boshqaruv asosida, shuningdek, ijaraga olish asosida tegishli 
bo‘lgan mol-mulk
3) uning qaramog‘idagi shaxslar, masalan, voyaga yetmagan 
farzandlarining mavjudligi;
4) sudlanuvchining mulki bo‘yicha uchinchi shaxslar oldidagi 
majburiyati. Sudlanuvchining aliment to‘lashi, zararni qoplashi, soliq 
to‘lashi va boshqa holatlar.
Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar qat’i bo‘lmay sud jarima jazosini 
tayinlashda boshqa holatlarni ham hisobga olishi mumkin.


343
Jarima uch oy ichida to‘lanishi lozim. Aks holda sud aybdorning 
jazoni ijro etishdan bosh tortganligi masalasi ko‘rib chiqilishi kerak. Sud 
quyidagilarni jarimani ijro etishdan bosh tortish deb topishi mumkin: 
1) jarimani to‘lash mumkin bo‘lmagan holatlar sud tomonidan 
uzrli deb topilmagan bo‘lsa; 
2) O‘zbekiston Respublikasi «Sud va boshqa organlarning 
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra qo‘llanilgan majburiy 
ijro etish jinoyat sodir etgan shaxsning daromadlari va boshqa mulklarini 
yashirishi sababli mumkin bo‘lmasa.
Jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlash fakti aniqlangan holatda, hukm 
chiqargan sud jarima jazosini axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha 
cheklash yoki qamoqdagi jazolarning biri bilan almashtirishi mumkin. 
Jarima jazosining biron bir qismini boshqa turdagi jazo bilan 
almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jazoning ijro etilmagan qismi to‘liq 
miqdorda boshqa jazo bilan almashtiriladi. Jarima jazosini ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling