Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Muayyan huquqdan mahrum etish
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
3. Muayyan huquqdan mahrum etish.
Muayyan huquqdan mahrum etish jazosining mazmuni aybdorga muayyan mansabni egallash, u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishni ta’qiqlashdan iborat. Bu jazo turi ushbu jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsning bevosita muayyan huquqi bilan bog‘liq bo‘lsagina qo‘llaniladi. Jinoyat qonunining ushbu moddasida jazolash xususiyatiga ko‘ra bir turdagi ikkita jazo birlashtirilgan: muayyan mansabni egallash va muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishdan mahrum etish. Muayyan mansabni egallash huquqidan mahrum qilish deganda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida korxona muassasa va tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallash muayyan mansab bilan bog‘liq biron-bir funksiyani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan mansabni (masalan, moddiy javobgarlik xususiyatiga ega bo‘lgan mansablar) egallashini ta’qiqlash tushuniladi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksida davlat yoki mahalliy hokimiyat organlarida shaxsning muayyan mansabni egallashini yoki kasbiy yoxud boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishni ta’qiqlash muayyan huquqdan mahrum qilish deb tushuntirilgan. O‘zR Jinoyat kodeksida muayyan faoliyat bilan shugillanishni ta’qiqlash deganda, aybdorning doimiy tarzda shug‘ullanadigan kasbiy faoliyatini, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan 344 mahrum etish tushuniladi (masalan, savdo faoliyati, tarjimonlik faoliyatlari bilan shug‘ullanishni ta’qiqlash). Rossiya jinoyat qonunida professional va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishni ta’qiqlash tushunchalari mavjud. Professianal faoliyat deganda, muayyan bilim, malaka yoki tayyorgarlikni talab etadigan faoliyat bilan doimiy shug‘ullanish tushuniladi. Masalan, o‘qituvchilik, har qanday muassasada tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullanish, buxgalterlik, advokatlik, yurist-maslahatchi kabi faoliyat turlari. Boshqa faoliyat deganda, doimiy ravishda amalga oshiriladigan (masalan, ovchilik) faoliyati tushuniladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi davlat yoki jamoat mulkini talon-taroj qilgan, poraxo‘rlik jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilganida ko‘proq samarali hisoblanadi. Sudning ayblov hukmida mahkum uchun ta’qiqlangan faoliyat turi va egallashi mumkin bo‘lmagan mansab ko‘rsatiladi. Qonunda mahkumning muayyan mansabni egallashi yoki yoxud bu faoliyat bilan shug‘ullanishini ta’qiqlash muddatlari belgilangan. Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bog‘liq jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo sifatida tayinlanganda bir yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Masalan, savdogar va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyati uchun (189-modda) besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin. Qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganida bir yildan uch yilgacha bo‘lgan muddat belgilanadi. Bunday holda sud tomonidan ushbu jazo kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday jazoga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin. Muayyan huquqdan mahrum qilishning qo‘llanishi jazoning ogohlantirish funksiyasini amalga oshiradi, mahkum boshqa mansab yoki faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat sodir etish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Agar muayyan huquqdan mahrum qilish Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasida asosiy jazo sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llanishi mumkin emas. Muayyan huquqdan mahrum etish faqat aybdor jinoyat sodir etish vaqtida ushbu huquqqa ega bo‘lgan holdagina qo‘llaniladi. Agar u ushbu huquqqa jinoyat sodir etgandan so‘ng ega bo‘lgan bo‘lsa, sud bu jazo turini qo‘llashi mumkin emas. Muayyan huquqdan mahrum etish jazosi qo‘llanilganida bu jazoga mahkum qilingan shaxsni o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tizimda ishlashi mumkinligini istisno etilmaydi. Qonunda faqat aniq bir mansabni 345 egallashni (masalan mulkiy boyliklarni tasarruf qilish) yoki aniq bir faoliyat bilan shug‘ullanish ta’qiqlanishi nazarda tutiladi. Qonunga ko‘ra aybdor bir vaqtning o‘zida u yoki bu mansabni egallashi yoki biron bir faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilishi mumkin emas. Bu jazo turini qo‘llashda faoliyat turi aybdorning asosiy moddiy ta’minot manbai ekanligiga e’tibor berish lozim. Agar bu faoliyat aybdorning asosiy moddiy ta’minot manbai bo‘lsa (masalan ovchilik faoliyati), unga nisbatan bu jazoni qo‘llash kerak emas. Bu jazo turini qo‘llashda mahrum qilinayotgan faoliyat turi aybdorning yagona kasbi bo‘lgan hollarda muayyan huquqdan mahrum qilishning maqsadga muvofiq ekanligini hisobga olish lozim. Bunday jazoni tayinlash vaqtida hukmning qaror qismida mansabning nomi yoki faoliyat turi aniq ko‘rsatilishi kerak. Hukm chiqarilayotgan vaqtga kelib sudlanuvchining jinoyat sodir etish bilan bog‘liq bo‘lgan mansabni egallamayotganligi yoki faoliyat bilan shug‘ullanmayotganligi ushbu qo‘shimcha jazoni qo‘llash uchun to‘sqinlik qilmaydi. Bu jazo turi qo‘llanilayotgan moddaning sanksiyasida asosiy jazolardan biri sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa ham asosiy jazo tariqasida qo‘llanishi mumkin. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish yoki qamoq jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlagan bo‘lsa, asosiy jazoning butun muddatiga va undan so‘ng hukmda belgilangan muddatgacha davom etadi. Boshqa asosiy jazolarga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Shaxs shartli hukm qilinganda, muddatning o‘tishi hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlanadi. Agar asosiy jazo tariqasida ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, qamoq, axloq tuzatish ishlari kabi jazolardan biri tayinlangan bo‘lsa, hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hukmda ko‘rsatilgan muddatdan boshlab hisoblanadi. Muayyan mansabni egallash yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishni ta’qiqlanishi sud tomonidan belgilangan mudddatning o‘tishi bilan bekor bo‘ladi. Jinoyat kodeksi 78-moddasi birinchi qismi «v» bandiga ko‘ra muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi uchun sudlanganlik holati jazo muddati tugagandan so‘ng bir yil o‘tgach tugallanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling