Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
4. Xizmat bo‘yicha cheklash.
Xizmat bo‘yicha cheklash jazosi Jinoyat kodeksiga yangi kiritilgan jazo choralaridan biri hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 47-moddasiga muvofiq xizmat bo‘yicha cheklash — ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi, praporshik, michman va harbiy xizmatni kontrakt asosida o‘tayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, oylik ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha bo‘lgan miqdori davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iborat jazo chorasidir. Xizmat bo‘yicha cheklash faqat asosiy jazo sifatida tayinlanilishi mumkin. Bundan tashqari, qonunda ushbu jazo chorasini qo‘llashni cheklovchi qator shartlar belgilangan: birinchidan, bu jazo chorasi faqat yuqorida qayd etilgan harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanishi mumkin; ikkinchidan, bu jazo faqat harbiy jinoyatlarga yoki Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasida ko‘rsatilgan hollarda boshqa qilmishlarga nisbatan ham tadbiq etiladi. Jinoyat qonuni harbiy xizmat bo‘yicha cheklashda ikkita asosiy jazoni nazarda tutadi (47-modda, 2-qism): 1) sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida mahkumning mansabi ko‘tarilishi mumkin emas (masalan, rota komandiri, batalyon komandiri bo‘la olmaydi); 351 2) uning harbiy yoki maxsus unvoni oshirilmaydi. Masalan, kapitan unvonidagi harbiy mayor unvonini ololmaydi. Chunki jazoni o‘tash muddati harbiy unvonni oshirish uchun zarur bo‘lgan muddatga qo‘shilmaydi. Qonunda belgilangan xizmat bo‘yicha cheklash jazosining qo‘llanishi, qonunda belgilangan cheklovlardan tashqari boshqa cheklovlar(harbiy xizmatchiga tegishli bo‘lgan maxsus huquqlar, uning xizmat kvartirasiga bo‘lgan huquqi, yashash sharoitini yaxshilashga bo‘lgan imtiyozlar)ni nazarda tutmaydi. Jinoyat kodeksi 47-moddasi 1-qismiga ko‘ra mahkumni oylik ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizgacha bo‘lgan miqdori davlat foydasiga ushlab qolinadi. Xizmat bo‘yicha cheklash Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Jazoni o‘tash muddati uning navbatdagi harbiy yoki maxsus unvonni olish uchun zarur bo‘lgan xizmat muddatiga qo‘shilmaydi. Shuningdek,, mazkur muddat pensiya tayinlash uchun ham zarur bo‘lgan xizmat stajiga ham qo‘shilmaydi. Ijtimoiy xafvi katta bo‘lmagan yoki og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga xizmat bo‘yicha cheklash jazosini tayinlashi mumkin. Shunday qilib ushbu jazo turining huquqiy oqibatlari quyidagilardan iborat: 1) mahkumning mansabi, harbiy yoki maxsus unvonini oshirilishini cheklaydi; 2) ushbu muddatning ko‘p yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvonni olish uchun zarur bo‘lgan muddatga qo‘shilmaydi; 3) mahkum daromadining bir qismi davlat hisobiga o‘tkazilishi orqali unga moddiy jafo yetkaziladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling